• Asboblar palitrasi tavsifi.
  • Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz




    Download 28.04 Kb.
    bet3/7
    Sana28.09.2023
    Hajmi28.04 Kb.
    #85271
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat te-fayllar.org
    3-3, 1-laboratoriya (1) RAIMOV OG\'ABEK., 1-mustaqil ishi bekzod 11111, 1508776658 69449, Independent work 1, xalqimiz o’zining milliy-ma’naiy ruhiyati - копия (18), Moliya fanidan test 3-kurs, Самостоятельная, ТИМ 2021мажмуа тайёр янги 2021, Suvxanova Zeyneb botanika (1)[2], 15seminar, ABDULLAYEV ALISHER XUDAYBERDI O‘G‘LI QAYD VARAQA (2)efwe, Akramov Asrorjon, 915
    Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz: 
    Marker – qizil rang bilan ajratilgan to‘g‘ri burchak bo‘lib, ishchi sohada tasvirlangan
    joriy kadrni bildiradi.


    To‘g‘ri burchakli tur yacheykalari (kadrlar shkalasi) – kadrlarni bildiradi.


    Yacheykalarning birortasi bosilsa, marker avtomatik tarzda o‘sha yacheykaga ko‘chadi va
    ishchi sohada o‘sha kadr tasvirlanadi.
    Qatlamlar – kadrlar chizg‘ichidan chapda qatlamlar joylashgan. Ular ostida qatlamni
    qo‘shish yoki olib tashlash imkonini beruvchi tugmalar joylashgan. Har bir qatlamni
    ko‘rinmas qilish yoki tahrirlashni man qilish ham mumkin.
    Kadrlar shkalasi – oddiy va kalit kadrlarni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin
    bo‘lgan maydon. Agar siz birorta kadrda sichqonchaning o‘ng tugmasini bossangiz,
    kontekst menyu chiqadi. Unda siz amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan harakatlar
    ro‘yxati chiqadi. Kadrlar shkalasida quyidagi axborotlar tasvirlangan:
    -Kalit kadrlar qora aylanachalar bilan belgilangan;
    -Harakatlar bilan bog‘liq kadrlarda aylanachalar ustida «a» harfi qo‘yilgan;
    -Belgilangan kadrlarda qizil bayroqcha va belgi nomi qo‘yilgan.
    Rang kadr tipi haqida bildiradi. Kalit kadrlarni (KEYFRAME) takrorlovchi kadr kul
    rang rangiga bo‘yalgan. Binafsha rang yoki yashil rangli kadrlar Flashda qayta ishlangan
    kadrlardir. Oq rangli kadrlar bo‘sh kadrlardir.
    Asboblar palitrasi tavsifi. 
    Arrow Tool – ko‘rsatkich asbob. Saxna ob`ektlarini tanlash uchun mo‘ljallangan.
    Subseletion Tool – egri chiziqlarni tahrirlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, egri
    chiziqlarga yangi uzellar qo‘shish va mavjud uzellarni tahrirlash imkoniyatini beradi.
    Line Tool – to‘g‘ri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan.
    Lasso Tool – murakkab ob`ektlarni belgilash uchun mo‘ljallangan. Ikkita ishlash
    muhitiga ega-sexrli tayokcha (rangi o‘xshash sohalarni belgilash) va poligonal belgilash.
    Bu ishlash muhitlarini asboblar palitrasining option bo‘limidan tanlash mumkin.
    Pen Tool – egri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan.
    Text Tool – matn yozuvlarini yaratish uchun mo‘ljallangan.
    Oval Tool – aylana va ellipslarni chizish uchun mo‘ljallangan.
    Rectangle Tool – to‘g‘ri burchaklarni chizish uchun mo‘ljallangan. Asboblar
    palitrasining option bo‘limida to‘g‘ri burchakning burchaklari darajasini tanlash mumkin.
    Pencil Tool – ixtiyoriy turdagi egri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. Asboblar
    palitrasining option bo‘limida egri chiziqlarning silliqlikdarajasini tanlash mumkin.
    Brush Tool – egri chiziqlarni maxsus shaklli mo‘yqalam bilan chizish uchun
    mo‘ljallangan. Asboblar palitrasining option bo‘limida mo‘yqalamning shakli va
    o‘lchamini tanlash mumkin.
    Free Transform Tool – ob`ektlarni transformatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.
    (geometrik o‘lchamlarni o‘zgartirish, aylantirish, siljitish)
    Fill Transform Tool – gradientni transformatsiyalash.
    Ink Bottle Tool – ob`ektlar konturi parametlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.



    Paint Bucket Tool – ob`ektlarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan. Ko‘pincha bu asbob


    Color Mixer palitrasi bilan ishlatiladi.
    Eyedropper Tool – pipetka asbobi. Bo‘yash yoki kontur rangidan namuna olib,
    boshqa ob’yektga ishlatish uchun mo‘ljallangan.
    Eraser Tool – ob`ekt qismlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
    Hand Tool va Zoom Tool – ishchi sohaning joylashishini va masshtabini o‘zgartirish
    uchun mo‘ljallangan.

    Download 28.04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 28.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz

    Download 28.04 Kb.