• Ekologik xuquqning maqsadi va vazifalari. XXI asrga kelib atrof muhit holatiga
  • O’zbekistonda Ekologik xuquqning maqsadi-davlatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning ekologik xavfsiz muhitda yashash xuquqini ta‘minlash uchun tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy
  • Tabiatni xuquqiy muhofaza qilish tarixi. H
  • Ekologik huquqning o’ziga xos hususiyatlari.
  • 1-ma`ruza: Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi




    Download 3,3 Mb.
    bet2/4
    Sana17.09.2024
    Hajmi3,3 Mb.
    #271369
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-ma`ruza

    Ekologik xuquq barcha tabiiy resurslarga doir ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy me‘yorlar orqali tartibga solishni o’zining predmeti qilib oladi.

    U kishilarning tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof- muhit holatini sog’lomlashtirish, tabiiy tizimlarni tiklashga doir xulq-atvor qoidalari va me‘yorlarini yozma ravishda o’rnatadi, amalga tatbiq qiladi va uning muhofazasini ta‘minlaydi. Boshqa hech qaysi bir ekologik yo’nalishdagi fan tarmoqlari bunday vazifani o’z oldiga qo’ymaydi. Masalan, Bioekologiya faqatgina o’simlik va hayvonot dunyosining o’zaro va ularni o’rab turuvchan atrof tabiiy muhiti bilan bo’ladigan munosabatni yoki o’zaro aloqadorlik qonuniyatini tadqiq qiladi. Unda inson faqatgina omil sifatida ishtirok etadi, xolos. Shunday qilib, Bioekologiya o’rganish ob‘ektining «markazida» tirik organizmlar- o’simlik va hayvonot dunyosi turadi.


    Ekologik xuquq boshqa ekologik fan tarmoqlari bilan bog’langan joyi bormi? Bor bo’lsa, ular nimalardan iborat, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Ha, bor albatta. Masalan, hozirgi zamon fan va texnikasida yuzaga kelayotgan inqilobiy o’zgarishlar biosfera (tirik organizmlar yashaydigan qobiq)dagi barcha jarayon va xodisalarni o’zgartirib yubormoqda. Hoh u ijobiy, hoh u salbiy ko’rinishda bo’lsin, oddiy mikroorganizmlardan tortib to yirik sut emizuvchilarning soni, ko’payishi, rivojlanishi inson faoliyatiga kundan- kunga ko’proq bog’lanib qolmoqda. Shuning uchun ham inson faoliyatini ekologik jihatdan boshqarish boshqa turdagi ekologik munosabat va aloqadorlikning mohiyatini belgilab beradi. Boshqarishning zamonaviy usullaridan biri esa xuquqiy tartibga solishdir. Agarda biz ekologik xuquq me‘yorlarini o’z vaqtida qabul qilib, ularni hayotga real tatbiq qilgan taqdirimizdagina, bioekologik, geoekologik va energiya almashinuvini me‘yorl holda kechuvini ta‘minlay olamiz. Bu esa barcha turdagi tirik organizmlarning yashash muhiti-
    «uyi»ni saqlab qolish demakdir.
    Endi biz Ekologik xuquqning xuquq soxalari tizimidagi o’rnini ko’rib chiqamiz. Hammamizga ma‘lumki, xuquqning asosiy maqsadi- ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy jihatdan tartibga solish. Tartibga solish funktsiyasi o’ziga xuquqning qo’riqlash va tarbiyalash funktsiyasini ham qamrab oladi. Ijtimoiy munosabat deb shaxs-jamiyat-davlat o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlarga aytamiz. Ushbu munosabat esa iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy, ma‘rifiy, mulkiy, shaxsiy, nomulkiy kabi o’nlab xarakterlarga ega bo’ladi. Aynan shu xarakterlar xuquq soxalarini ajratib olishga xizmat qiladi. Masalan, siyosiy xarakterda- xalqaro xuquq, inson xuquqi va h.k.; iqtisodiy xarakterda-moliya xuquqi, bank xuquqi, tadbirkorlik xuquqi va h.k.; ekologik xarakterda-ekologik xuquq, xalqaro ekologik xuquq va h.k.


    Ekologik xuquq ekologik xarakterdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan xuquq soxasi xisoblanadi.

    U Yer xuquqi, Suv xuquqi, Yer osti boyliklari xuquqi, O’rmon xuquqi kabi mustaqil xuquq soxalaridan farqli tabiiy unsurlarga (er, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va xayvonot dunyosi, o’rmonlar) mustaqil tabiiy ob‘ekt sifatida qaramaydi. Tabiiy unsurlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning yagona ekologik tizimlarda turishi nuqtai nazaridan qaraydi. Shuning uchun ham Ekologik xuquq tabiiy ob‘ektlarga nisbatan qaratilgan barcha ijtimoiy munosabatlarni tizimli tartibga solishni nazarda tutadi. Lekin ushbu maqsadga erishishni boshqa xuquq soxalari-Yer xuquqi, Suv xuquqi, O’rmon xuquqi, Yer osti boyliklari xuquqi, Jinoyat xuquqi, Fuqarolik xuquqi kabi fanlar bilan bog’langan va ulardan foydalangan tarzda amalga oshiradi. Misol tariqasida, Jinoyat xuquqida ekologik qonun me‘yorlarini buzganlik uchun alohida jinoiy jazo sanktsiyalari belgilangan bo’lib, ular orqali Ekologik xuquq o’ zining «qo’riqlash» (oldini olish) funktsiyasini amalga oshiradi. Yer xuquqi orqali esa u o’ta muhim ekologik ahamiyatga ega bo’lgan hududlarni alohida bir yer toifasiga-alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga ajratib oladi va ularda alohida bir xuquqiy holatni o’rnatadi.



      1. Ekologik xuquqning maqsadi va vazifalari. XXI asrga kelib atrof muhit holatiga salbiy ta‘sir etuvchilar-insonlarning turmush faoliyatini har tomonlama qayta ko’rib

    chiqishni taqoza etadi. Aks holda ushbu insonlarning noekologik turmush tarzi o’zining hayoti uchun zamin bo’lishi muqarrar.


    O’zbekistonda Ekologik xuquqning maqsadi-davlatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning ekologik xavfsiz muhitda yashash xuquqini ta‘minlash uchun tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni xuquqiy tartibga solish.
    Kishilar turmush tarzini ekologik xavfsizlikka tomon yo’naltirish uchun uning barcha iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy, xuquqiy faoliyatini ekologiyalashtirish talab etiladi. Optimist alarmizmchilarning kontseptsiyasiga qo’shilgan holda, faqatgina xuquqiy- demokratik davlat qurish va bozor iqtisodiyotini chinakamiga shakllantirish ekologik inqirozlarning oldini oladi, deyish mumkin. Unga qo’shimcha tarzda Oliy Majlisning II chaqiriq 9-sessiyasida Prezident I.A.Karimov tomonidan alohida ta‘kidlab o’tilgan fuqarolik jamiyatini barcha davlatlarda o’rnatish va ekologik xavfsizlikni ta‘minlash tomon qo’yilgan katta qadam bo’ladi. Ushbu talablarni, avvalambor, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning ekologik –xuquqiy asosini yaratish, aholining xuquqiy ongi va madaniyatini ko’tarish, ekologik qonunchilikni hayotga keng tatbiq qilish orqali amalga oshirish mumkin.

    Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun Ekologik xuquq quyidagi vazifalarni bajarishni nazarda tutadi:



        • aholining ekologik-xuquqiy ongi va madaniyatini ko’tarish;

        • milliy ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning xuquqiy asosini yaratish;

        • demokratik printsiplarga mos ravishda ekologik qonunchilikni takomillashtirish;

        • ekologik-xuquqiy boshqaruvni yo’lga qo’yish;

        • xuquqni muhofaza qilish organlarining ekologik faoliyatlarini aniqlash va kengaytirish hamda mukammal ekologik-xuquqiy nazorat tizimini yaratish;

        • ekologik-xuquqiy mexanizmni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish;

        • ekologik xarakatlarni rag’batlantirish va ekologik xuquqbuzarlarga nisbatan javobgarlikni yuridik jixatdan rivojlantirish;

        • har bir tabiiy ob‘ekt va komplekslardan oqilona foydalanishning xuquqiy rejimini ekologik talablarga moslab borish;

        • ekologik jixatdan nobop yoki buzilgan hududlarga aholini ijtimoiy muhofaza qiladigan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini o’rnatish;

        • ilg’or mamlakatlarning ijobiy hamda rivojlanmagan mamlakatlarning salbiy ekologik- xuquqiy tajribasini o’rganish;

        • global ekologik tizimda atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro xuquqiy va yagona kurraviy mexanizmini yaratish hamda uni milliy qonunchilikda keng ifoda etish;

        • xalq, millat, elat va jamoalarning yagona inson sayyorasini xavfsiz holda saqlash javobgarligining xuquqiy bazasini yaratish;

        • xalqaro miqyosida ekologik monitoring, nazorat, ekspertiza, ekologik protsessual masalalarni tezkorlik bilan hal qiluvchi organlarni yaratish va ularning faoliyatlarini ta‘minlash.

    Yuqorida sanab o’tilgan Ekologik xuquqning vazifalari real sharoit va holatga mos ravishda takomillashib borishi lozim. Lekin qo’yilgan maqsad yagona va o’zgarmasdir. Chunki hamma narsa inson va uning farovonligi uchun xizmat qilishi lozim. Farovon hayot faqatgina toza va xavfsiz atrof-muhitdagina amalga oshishini biz hammamiz Orol va Orol bo’yi misolida yaqqol tasavvur eta olamiz. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55, 100-moddalarida aynan ushbu maqsad xuquqiy jixatdan bevosita ifoda etilgandir.

      1. Tabiatni xuquqiy muhofaza qilish tarixi. Har bir fanning rivojlanish tarixi bo’lgani kabi jamiyatdagi ekologik munosabatlarning ham rivojlanish tarixi yoki taraqqiyot bosqichlari bor. Garchand ular ekologik munosabat yoki Ekologik xuquq deb nomlangan bo’lsa-da, lekin maqsad, aynan atrof tabiiy muhitni xuquqiy jixatdan muhofaza qilishga qaratilgan edi.

    Tabiatni xuquqiy muhofaza qilish tarixini ko’pgina olim va mutaxassislar turlicha ifodalaydilar. Bir gurux o’zbek xuquqshunos olimlari tomonidan chop etilgan «Ekologik xuquq» darsligida O’zbekiston hududida ekologik-xuquqiy munosabatlar tarixini yaqin ikki asrga, taraqqiyot bosqichlarini esa keskin ravishda o’zgargan ijtimoiy-siyosiy xolatga bog’laydilar: sotsialistik tuzumgacha (1917-1924 yillargacha); sotsialistik tuzumda (1924- 1990 yillarda); mustaqillik davri (1991 yildan buyon).
    Rossiyalik olimlar ekologik-xuquqiy munosabat tarixiga turlicha yondashadilar. Masalan, professor V.V.Petrov tabiatni xuquqiy muhofaza qilishning tarixiy bosqichlarini ekologik munosabatlar qaysi bir xuquq soxalarining predmetiga kirganligiga qarab ajratadi: fuqaroviy-xuquqiy; yer-xuquqiy; yer va resurslar xuquqi; ekologik-xuquqiy.
    V.V.Vedenin esa tabiatni xuquqiy muhofazalashning tarixi bosqichlarini Ekologik xuquqning maqsadi va vazifalariga ko’ra ajratadi: konservatsion; tabiiy resurslar; ekologik..
    Yuqorida keltirilgan tabiatni xuquqiy muhofaza qilishning tarixiy bosqichlarini ajratishga turlicha yondashish tabiiy hol. Albatta, ular tarixiy bosqichlarni xuquqiy o’zgarishlar davrida bog’laydilar. Biz ham shunday qilishimiz mumkin edi. Lekin O’zbekiston hududidagi davlat va xuquq tarixi nuqtai nazaridan ekologik munosabatlar rivojlanish bosqichlariga qarash boshqa ilmiy asoslar zaminida tasniflashni talab etadi. Sababi, O’rta Osiyo davlatchilik tarixida yuz bergan X1X-XX asrdagi siyosiy-ijtimoiy o’zgarishlar doimo ham jamiyatning ekologik dunyoqarashlarini keskin ravishda va tubdan o’zgartirgani yo’q. Chunki chor Rossiyasining ham, sovet tuzumining ham maqsadi bitta edi- Turkiston o’lkasini tabiiy xom ashyo bazasi sifatida ushlab turish. Mustaqil O’zbekistonning rivojlanishida ham aynan tabiiy resurslardan atroflicha foydalanish niyati yo’q emas edi. Undan tashqari, tabiatni xuquqiy muhofaza qilish tarixi O’rta Osiyoda juda uzoq davlatchilik tarixiga borib taqaladi. Buni aslo inkor etib bo’lmaydi.
    Bizning fikrimizcha, O’zbekiston hududida tabiatni xuquqiy muhofaza qilishning tarixiy bosqichlarini keskin chegaralash kerak emas, aksincha, ularni ajratishda insonlarni tabiatga nisbatan qanday munosabat shaklida va davlatning ekologik siyosatiga bog’liqligi asosiy tasniflash mezoni bo’lishi maqsadga muvofiqdir:

    1. bosqich. Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shaklidagi davri. Bu bosqich hozirgi O’zbekiston hududida yuzaga kelgan davlatchilik tarixidan boshlanib, to XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Oddiy- iqtisodiy munosabat shaklidagi davrida ham yuridik kuchga ega bo’lgan, aynan tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan xuquqiy me‘yorlar amal qilgan. Masalan, zardushtiylarning qadimgi Avesto kitobining Vandidod qismida atrof-muhitni muhofaza qilishning xuquqiy me‘yorlari o’rnatilgan. Unda insonlar suv, tuproq, olov, umuman tabiat in‘om etgan barcha narsalarni pok va bus-butun asrashga burchli ekanligi, yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishilarga nisbatan 400 qamchi jazosi belgilanganligi aytilgan. Lekin Avestoda jazo sanktsiyasi tabiiy ob‘ektlarni qirish yoki kamaytirishga ham qaratilgan edi. Suvni iflos qilgan yoki ov itini o’ldirgan kishi 10 ming ruxiyatni tetiklashtiradigan o’simlik bargini yig’ishi, 1000 echkemar va xuddi shu miqdorda suv qo’ng’izi yoki kasallik tarqatuvchi pashshalarni o’ldirishi orqali gunoxini yuvishi lozim bo’lgan.

    Islom xuquqi, ya‘ni fikx ilmining xuquqiy manbalari, xususan, Qur‘oni karim va xadislarda xayvonlarni boqish, sug’orish va parvarish qilish har bir mumin musulmonning burchi qilib ko’rsatilgan. Kimki ushbu majburiyatni bajarmasa, u gonoxkor sanalib, jamoat tomonidan tanbexga uchragan va ularga do’zax azobida qiynalish javobgarligi o’rnatilgan. Ushbu xuquqiy manbalarga asoslanigan tarzda qoraxoniylar sulolasidan bo’lmish Abul Fazl Abbos 1041 yil 29 dekabr «Vorux farmoni»da ilk bor ekologik ko’rinishdagi manba yaratgan. Uning farmonida quyidagi ekologik me‘yorlar bitilgan: «Har bir ovchi tirikchilik manbai bo’lgan ovga faqat bitta yoy o’qi bilan chiqishga majburdir. Bir o’q bilan ovlanadigan hayvon unga nasibadur. Nasibadan ortig’i esa unga makruxdir
    (xaromdir). Hayvonlarni bolalash paytida ovlamoq mumkin emas, jonivorning urg’ochisi, parrandaning modasini ov qilmoq mashnu‘dir…..», deyilgan.
    Xulosa qilib aytganda, jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat shakliga xos bo’lgan davrda ekologik munosabatlar umumiy tarzda ifodalangan va ko’pincha yuqori qatlam-shox, hokim va ulamolarning mulkini muhofazalashga qaratilgan. Undagi xuquqiy me‘yorlar mahalliy ahamiyat kasb etib, tabiiy ob‘ektlar «foydali» yoki «foydasiz» ga ajratilgan. Yagona ekologik tizimga xos xuquq va majburiyatlar hamda javobgarlik sanktsiyalari o’rnatilmagan. Bunday ekologik munosabat davri Yevropa xuquq me‘yorlarini O’rta Osiyoga kirib kelish davrigacha xukm surgan.

    1. –bosqich. Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakliga xos bo’lgan davr. Bu bosqich XIX asrning 70-yillaridan XX asrning 90-yillarigacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. O’quvchi bu davr keskin siyosiy-ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni o’zida mujassamlagan davr-ku, degan e‘tirozlarni bildirishi mumkin. Lekin chor Rossiyasi tomonidan Turkiston o’lkasining bosib olinishi, 1917 yildan so’ng sotsialistik tuzumning o’rnatilishi va Konstitutsiyaviy me‘yorlarning qabul qilinishi, 1960-80 yillarda bir qator ekologik qonunlarning yuzaga kelishi, Xorazm va Qo’qon xonligi, Buxoro amirligi, so’ngra Turkiston avtonom respublikasi va O’zbekiston SSRdagi davlatlarning ekologik kontseptsiyasi hamda ularning ekologik siyosatlariga aytarli amaliy ta‘sir etmadi. CHunki chor Rossiyasi davrida ham, Sovet tuzumida ham O’rta Osiyo arzon tabiiy xom ashyo o’lkasi bo’lib qolavergan. Albatta, bu davrda xuquq tizimi xalqaro andozalarga moslashtirildi, yangi turdagi va yo’nalishdagi ixtisoslashtirilgan qonunlar qabul qilindi, lekin tabiat va jamiyat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli qanday bo’lsa shunday qoldi, ya‘ni aytarlicha o’zgargani yo’q. Paxta yakkahokimligi, uran, volfram, molibden, tilla konlarining pala-partish ishlatilishi, rekultivatsiya va melioratsiya choralarini keng miqyosda olib bormaslik-Orol va Orol bo’yi, Uchquduq-Kokpotos, Uzun-Sariosiyo, Mirzacho’l-Jizzax cho’li, Navoiy-Gazli ekologik inqirozli hududlarni yuzaga keltirdi. Ushbu tarixiy davr bizlarga saboq bo’lishi hamda jamiyat va tabiat o’rtasida iqtisodiy munosabat shaklining qayta yuzaga kelishiga aslo yo’l qo’ymasligimizga chaqiradi.

    2. –bosqich. Iqtisodiydan iqtisodiy-ekologik munosabat shakliga o’tishga xos bo’lgan davr. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi uning ekologik kontseptsiyasi va ekologik siyosatining yangilanish davri. Bu bosqich aslida Ekologik xuquq jihatidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan Yer to’g’risidagi qonundan boshlandi. Unda respublikamiz yer kengligi o’zbek xalqining xoxish-irodasiga qarab tasarruf qilinishi, egallanishi va undan foydalanishining ilk suveren xuquqi belgilandi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil Konstitutsiyasi bilan bir paytda 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuni davlatimizning atrof tabiiy muhitga bo’lgan dunyoqarashini belgiladi. Keyingi 13 yillikda qabul qilingan o’nlab ixtisoslashtirilgan va yuzlab umumlashtirilgan ekologik qonun va qonun osti xujjatlarning qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Orol bo’yi hududida yiliga 20-30 ming gektar suvi qochgan sho’rli yerlarning fitomelioratsiya qilinishi (o’simlik dunyosi bilan qoplanishi), Orol bo’yi Tursunzoda alyumin zavodidan chiqayotgan chiqitlarning xalqaro me‘yorlar orqali tartibga solinishi, toza ekologik maxsulot chiqarishning xuquqiy jixatdan qo’llab-quvvatlanishi, davlatning ekologik boshqaruv va nazorat tizimining yuzaga kelishi buning amaliy misoli bo’la oladi.

    Hozirgi bosqichda asosiy ekologik muammolardan biri ekologik-xuquqiy mexanizmning to’la shakllanmaganligidadir. 3-bosqich davri endi boshlanyapti. Ushbu davr jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munsoabat shaklidan iqtisodiy-ekologik munosabat shakliga o’tish davri bo’lmog’i kerak. Zero, endilikda o’zbek xalqining azaliy orzusi – o’z tabiiy boyliklariga nisbatan egalik xuquqi yuzaga keldi. Inson xuquqi va davlat xavfsizligi elementlaridan biri bo’lgan ekologik xavfsizlikni ta‘minlash kelajakda o’zimizga bog’liqdir.

      1. Ekologik huquqning o’ziga xos hususiyatlari. Ekologik huquq mustaqil huquq sohasi sifatida o’ziga xos hususiyatlarga ega. Ular quyidagi xususiyatlardan iborat:
    1   2   3   4




    Download 3,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma`ruza: Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi

    Download 3,3 Mb.