1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Gipermatnli axborot tizimi. Web-brouzerlar. Reja




Download 395.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi395.27 Kb.
#74439
1   2   3
Bog'liq
avtomatlashtirilgan sistemalarni qurish asoslari, Document 93, Бошқариш объектларни динамик баҳолашнинг, 1-маъруза, Nurmanov A. GT 2-mi, 5.71.01.01 Feldsher Akusherkik, Eng ulug\', eng aziz 1-4-sinflar, Individual psixalogik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari Rej, 5-Laboratoriya ishi., fizika nazariya lms, Zafarbek, bulutli-texnologiyalarning-afzalliklari-va-kamchiliklari, Suxrob-axborot xafsizligi MUSTAQL ISH, Xotirani diagnostika qilish metodlari
Web – brouzerlar. 
HTML - hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturiy ta’minot kerak bo‘lib, ular html 
- kodini dinamik qayta ishlash va web - sahifani ekranda aks ettirishga mo‘ljallanadi. 
Brouzer - web uzellarning tashkil etuvchi elementlarini ko‘rish uchun hamda html - 
hujjatlarni namoyon etish uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturdir.
Brouzer gipermatn belgilash tilining interpretatoriga ega bo‘lib, u html - kodni web-
sahifa ochilish jarayonida kompilyatsiya qiladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim 
etuvchi imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‘lish mumkin. Turli brouzerlardagi 
HTML interpretatorlar bir xil ishlamaydi. Shuning uchun ba’zi bir html - hujjatlar 
brouzerlarda turlicha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Brouzerlarning html - kodlarni qayta 
ishlash algoritmlarini statistik taxlil qilish mumkin. Bu esa html - kodlarni turli 
brouzerlarda aks etish vaqtidagi mos kelmasligiga sabab bo‘lgan xatoliklarni bartaraf 
etish imkonini beradi. Web - brouzerlar - bu dunyoning har xil burchaklaridagi web - 
serverlar bilan tanishib chiqish imkonini beradigan, kompyuterga joylashtirilgan dasturiy 
ta’minotdir. Brouzerlar Internet bo‘ylab uzatiladigan matn va HTML teglami 
interpretatsiya qila oladi va ulami ekranda to‘g‘ri aks ettiradi. Brouzerlar 
kompyuterlarning turidan qat’iy nazar bir hil xizmat qiladi. Ular HTML ni yaxshi 
tushunadi va interpretatsiya qila oladi. Brouzerlarni foydalanuvchilarga taqdim etuvchi 
imkoniyatlariga asosan bir necha sinflarga bo‘lish mumkin. Zamonaviy brouzerlarning 
ko‘pgina qismini grafik elementlarni aks ettiruvchi sinfga taaluqli deb ko‘rsatish 
mumkin. (1.2-rasm). 
Hozirgi paytda eng ommabop brouzerlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Netscape Communication (ilgari Netscape Navigator) va Microsoft Internet Explorer. 
Netscape va Microsoft o‘rtasidagi raqobat umuman olganda web texnologiyaning tez 


rivojlanishiga ko‘maklashdi. Internet foydalanuvchilari orasida eng ko‘p tarqalgan ushbu 
brouzerlar Microsoft Windows tizimida ishlashga mo‘ljallangan. Netscape 
Communication - bu dunyodagi eng ommabop va eng ko‘p ishlatiladigan brouzer 
hisoblanadi. Netscape kompaniyasi foydalanishda nihoyatda yengil dasturni kashf qilib 
va ulardan pulsiz foydalanish imkonini yaratib Internet va WWW da katta qadam qo‘ydi. 
Netscapening eng asosiy raqibi Microsoft 
kompaniyasining 
Internet 
Explorer 
brouzeri hisoblanadi. Bu brouzer Netscape 
tomonidan 
kiritilgan 
ko‘plab 
yangiliklardan va o‘zida mavjud ilg‘or 
texnologiyalardan foydalanadi. Shu bilan 
birga Internet Explorer HTML ni barcha 
darajalarini ham quvvatlaydi.Opera - bu 
Oslodagi Opera Software Norvegiya 
kompaniyasi 
tomonidan 
yaratilgan 
kichikkina va oddiygina brouzer. Bu brouzer juda kam vaqt ichida yuklanadi va disk 
hajmiga minimal talablar qo‘yadi. Operaning afzalligi HTML standartlariga to‘liq mos 
kelishi hisoblanadi. Ancha obro‘li brouzerlar o‘tkazib yuboradigan teglarni yozishdagi 
noaniqliklar (masalan, yopuvchi teglarni qoldirib ketish, noto‘g‘ri o‘rnatish va h.k.) bu 
brouzerda to‘g‘ri aks etmaydi. Opera foydalanishning tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinlarda 
turmasada, ko‘pchilik ishlab chiquvchilar kodning to‘g‘riligiga amin bo‘lish uchun o‘z 
saytlarini Operada tekshirishni davom ettirmoqdalar. 
Lunix - bu faqat matnni ko‘rishni ta’minlaydigan bepul tarqatiladigan brouzer
sizga webdan tez va ishonchli erkin foydalanishni taklif etadi. U web-sahifani bazaviy 
funktsional tasniflar bo‘yicha tekshirish uchun yaroqli bo‘lgan standart sifatida mashhur 
bo‘ldi. Oddiyligiga qaramay, bu brouzer eskirmaydi. Lunix har doim takomillashtiriladi 
va zamonaviylashtiriladi. Accent (http://www.acctntsuft.com) brouzeri o‘nlab har xil 
tillardagi web-sahifalarni yaratish va ko‘rib chiqish uchun sharoit tug‘dirib beradi. Butun 
dunyodagi barcha tashrif buyuruvchilarni axborotlar bilan tanishib chiqish uchun 
imkoniyat yaratish - bu eng yaxshi tanlovdir. Mosaic webning grafik manipulyatsiyasi 
uchun loyiha sifatida ishlab chiqilgan brouzer.
Amaya (
http: //www.w3 .org(pub/www/Amaya/) 
- bu HTML ning oxirgi va eng qiziqarli 
imkoniyatlarini hamisha quvvatlab turadigan eksperimental brouzer. Agar siz UNIXga 
ega bo‘lsangiz bu yaxshi tanlovdir, lekin foydalanuvchilar Windows yoki Macintoshga 
kira olmaydilar. 

Download 395.27 Kb.
1   2   3




Download 395.27 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Gipermatnli axborot tizimi. Web-brouzerlar. Reja

Download 395.27 Kb.
Pdf ko'rish