|
Mehnat muhofazasi soxasidagi nazorat organlari
|
bet | 9/47 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #144059 |
Bog'liq MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi2. Mehnat muhofazasi soxasidagi nazorat organlari
Davlat nazorat organlari:
1. Ijtimoiy masalalar bo‘yicha Davlat Mehnat qumitasi – Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
2. Davlat tog‘ texnik nazorati-bu bosim ostida ishlayotgan qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish va qoidalariga rioya qilish, ko‘taruvchi qurilmalar, gaz qurilmalari ishi, portlash ishlarini o‘tqazish ustidan nazoratdir.
3. Davlat energonazorat – elektr qurilmadan foydalanishda, iste’molchilar elektr quvvatidan foydalanish qoidalariga amal qilishining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
4. Santexnazorat – Respublika sog‘liqni saqlash Vazirligi sanepidemstansiyasining bosh sanitariya-epidemiologiya Boshqarmasi yuqumli kasalliklar va kasb xastaliklarining oldini olish, mehnatkashlarning maishiy mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilashni ta’minlovchi sanitariya-gigienik tadbirlar o‘tqazish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
5. Yong‘in nazorati – yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga amal qilish ustidan nazoratidir.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilish texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlari ijrosi ustidan oliy nazorat bosh prokuror va adliya organlariga yuklatiladi.
Nazorat savollari:
“O‘TY” AJ da “Mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi” qachon qayta tashkil etildi?
5-MA’RUZA
KASB KASALLIGINING OLDINI OLISH VA SHAXSIY GIGIYENA
Reja:
Kasb kasalligining kelib chiqish sabablari.
Zararli changlarni inson sog'lig'iga ta'siri hamda ulardan himoyalanish yo'llari.
Zararli gazlar va ulardan himoyalanish yo'llari.
Ishlab chiqarish chiqindilari va zaharli moddalar.
|
| |