• 3-MA’RUZA TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA MEHNAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USULLARI Reja
  • 1. Temir yo‘l transportida mehnat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari
  • 1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari




    Download 0,65 Mb.
    bet5/47
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #144059
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

    Nazorat savollari:

    1. “Mehnat muhofazasi” kursi nechi bo‘limdan iborat?

    2. “Mehnat muhofazasi” kursi qaysi fanlar bilan chambarchas bog‘liq?

    3. “Mehnatni muhofazasi” fanining maqsadi nima?

    4. “Mehnat muhofazasi” fanining vazifalari nimalardan iborat?

    5. Mehnat muxofazasi haqidagi qonun ma’muriyatga qanaqa vazifalarni yuklaydi?

    6. Ishlab chiqarish sanitariyasini tushuntirib bering?

    7. SHikastlanish bu nima?

    8. Kasb kasalligi haqida gapirib bering



    3-MA’RUZA
    TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA MEHNAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USULLARI


    Reja:
    1. Temir yo‘l transportida mehnat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari;
    2. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik.


    Tayanch so‘z va iboralar
    Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi muhandis, jamoa shartnomasi, mehnat muhofazasi hizmati, ma’muriy javobgarlik, jinoiy javobgarlik, moddiy javobgarlik.


    1. Temir yo‘l transportida mehnat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari
    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da tegishli dasturlar asosida mehnat muxofazasini ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, kompaniya boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosan, kompaniyada mehnat muxofazasi va texnik xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, sohaga oid ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish, ishlab chiqarish tarmoqlarida, hududiy tuzilmalarda mehnat muxofazasini yanada kuchaytirish maqsadida 2012 yilning 2 aprelidan boshlab mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi qayta tashkil etildi. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi muhandislari joylarda maxsus jihozlagan xonalarda faoliyat olib borishlari, kerakli inventar va kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishlari belgilab berildi.
    Bundan tashqari, aprel oyi kompaniyada Mehnat muxofazasi oyligi deb e’lon qilindi. Ishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, kompaniya xodimlarining hayoti va sog‘ligini muxofaza qilish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan oylik davomida joylarda bir qator tushuntirish ishlari, mas’ul xodimlar bilimini attestatsiyadan o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Oylik davomida kompaniya tasarrufidagi barcha korxona va tashkilotlarda davra suhbatlari o‘tkaziladi. Oylik davomida olib borilgan choratadbirlar xususida hisobot tayyorlanib, mehnat muxofazasi bilan bog‘liq muammolar va ularning echimiga aloqador masalalar atroflicha o‘rganiladi.
    Mehnat haqidagi qoidalar majmuasida yangi texnologik jarayonlarni, mashina – uskunalarni loyihalashda va korxonalarni qayta ta’mirlashda mehnat muhofazasi talablari bajarilishiga alohida e’tibor beriladi.
    Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan korxonalarni ishga tushirish uchun ruxsat berilmaydi. Sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlari yaratilmagan sex, bo‘lim yoki korxonaning ishga tushirilishi taqiqlanadi. Yangi va qayta ta’mirlangan ishlab chiqarish ob’ektlarini foydalanishga topshirish, davlat sanitariyasi hamda texnik nazorati va korxonaning kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ruxsat berilmagunga qadar taqiqlanadi.
    Mehnat muhofazasi qonunchiligida quyidagilar ko‘rsatilgandir:
    - korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish qoidalari, uni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash;
    - xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, shu bilan birga kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarish jarohatlaridan saqlanish shaxsiy vositalari, zararli ish sharoitlari uchun tovon to‘lash;
    - ayollarning, yoshlarning va mehnat imkoniyatlari cheklanganlarning mehnatini muhofaza qilish qoida va me’yorlari;
    - mehnat muhofazasi sohasida davlat va jamoat nazorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar;
    - mehnat muhofazasi qonunlari buzilganda qo‘llaniladigan javobgarlik.
    Har yili korxona ma’muriyati bilan jamoa orasida mehnat sharoitini yaxshilash, ish haqi, dam olish vaqti va boshqa huquq masalalari haqida shartnoma tuziladi.
    Jamoa shartnomasining bajarilishini korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi ma’muriyat bilan birga bir yilda ikki-uch marta tekshirib turadi. Tekshirish natijalari ishchi va hizmatchilarning umumiy majlisida muhokama qilinadi.
    Mehnatni muhofaza qilish haqidagi qonunda O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar ham mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish huquqiga egadirlar, deyiladi.
    Unda inson hayoti va sog‘lig‘i ishlab chiqarish natijalaridan yuqori qo‘yiladi. Ishlovchilar hayotiga xavf tug‘dirayotgan shunday ob’ektlar darhol to‘xtatib qo‘yiladi.
    Har bir korxona har yili jamoa shartnomasiga muvofiq, mehnat muhofazasiga ma’lum miqdorda mablag‘ ajratadi. Zararli va xavfli ish sharoitlari mavjud bo‘lgan korxona yoki sexlarda har bir ishchini bepul maxsus poyafzal, korjoma va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
    Ishlovchilar soni ellik kishidan ortiq bo‘lgan barcha korxonalarda mehnat muhofazasi hizmati (muhandis lavozimi) joriy qilinadi. Barcha yangi ishga kirayotganlarni va boshqa ishdan o‘tkazilganlarni xavfsiz ish usullariga va dastlabki yordam usullariga o‘qitiladi. Xavfli ish joylariga ishga olinayotgan hollarda ularni maxsus o‘qitish, imtixon olish va bilimlarini sinab turish ko‘zda tutiladi. SHu bilan birga, ish faoliyatini qisman va butunlay yo‘qotgan xodimga jamoa shartnomasida ko‘rsatilganidek birvarakayiga beriladigan nafaqa jabrlanuvchining kamida o‘rtacha bir yillik maoshi miqdorida bo‘lishi kerak. O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarda bu qiymat jabrlanuvchining kamida 6-10 yillik maoshi miqdorida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari

    Download 0,65 Mb.