• 5. Ishlab chiqarishdagi xavfli omil
  • 6. Ishlab chiqarishdagi zararli omil
  • SHikastlanish
  • SHaxsiy himoyalanish vositalari
  • 1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari




    Download 0,65 Mb.
    bet4/47
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #144059
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

    2. Mehnat muxofazasiga oid atamalar
    1. Mehnat qonunchiligi asoslari - O‘z. R. si konstitutsiyasiga va mehnat qonunchiligiga asoslanadi.
    2. Ishlab chiqarish sanitariyasi – ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sirini oldini oladigan chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi.
    3. Texnika xavfsizligiishovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini, uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari sistemasi.
    4. Yong‘in xavfsizligi – obektda yong‘in paydo bo‘lish xavfini oldini olish, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilishdan iborat.
    5. Ishlab chiqarishdagi xavfli omil – ishlab chiqarishda ishlovchilarga muayyan sharoitlarda ta’sir etganda shikastlanishga yoki sog‘liqning keskin yomonlashuviga ta’sir etadigan omil. Bunga misol qilib, harakatlanayotgan mashina, traktor, yuk ko‘tarish vositalari bilan ko‘tariladigan yuk, mashina va mexanizmlarning muhofazalanmagan aylanuvchan va qaytma-ilgarilanma harakat qiluvchi qismlar (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali uzatma) ning harakati xavfli omillar qatoriga kiradi.
    6. Ishlab chiqarishdagi zararli omil – ishchilarga ish vaqtida ta’sir etib kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
    Zararli omillarga neft mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi bug‘lari, pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chang, shovqin, vibratsiya (tebranish) ish joyida namlikning ortishi yoki kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari) va boshqalar kiradi.
    7. Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli hamda xavfli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi.
    8. SHikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta’sirlar natijasida inson organlari yoki teri qoplami fiziologik bir butunligining buzilishi.
    9. Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta’sir etadigan omillar majmui.
    10. SHaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan vositalar. SHaxsiy himoyalanish vositalariga – ish kiyim, poyafzal, gaz niqoblar, respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko‘zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
    11. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
    12. Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta’siri natijasida kelib chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan zaharlanish) kasallikdir.
    13. Ish jarayonida havo tarkibidagi zararli moddalarning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi (YQBK) – 8 soatli yoki boshqa ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud sog‘lig‘ida o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydigan miqdor.
    14. Mehnat predmeti yordamida tashqi muhit ta’siri natijasida ishchi bilan amalga oshadigan mehnat jarayoni – odam-mashina ishlab chiqarish muhitini tashkil etadi.
    15. Odam-mashina sistemasi shunday tushuniladiki, ular mashina, odam-operator yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi, qaysiki, u mehnat faoliyatini, ish joyida amalga oshiradi. Bu sistemada mashina deb texnik vositalar yig‘indisiga aytiladi, bulardan odam o‘z ish faoliyati va mehnat jarayonida foydalanadi.
    Ishchilarni jaroxatlanishdan saqlash maqsadida odam sistemasi mashinaning har xil ko‘rsatkichlarga qarab optimallashtiriladi, ya’ni ergonomik talablar va ko‘rsatkichlar, ergonomik xususiyatlar ta’sir etadi. SHaxsning ergonomik xususiyatlari antropometrik, fiziologik, psixofiziologik va gigienik xususiyatlar bilan belgilanadi.



    Download 0,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari

    Download 0,65 Mb.