«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun»ning qo‘llanish sohasi va davlat siyosati




Download 0,65 Mb.
bet8/47
Sana23.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#144059
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi

1. «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun»ning qo‘llanish sohasi va davlat siyosati
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun» bozor iqtisodiyotiga o‘tgan O‘zbekiston Respublikasida mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarda turgan barcha ishlovchilar, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (litsey va kollejlar) talabalari va umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilari, korxonalarda ishlashga jalb etiladagan harbiy xizmatchilar, muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar, sud xukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, ahloq tuzatish mehnat muassasalari korxonalarida yoki xukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
• korxona ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustivorligi;
• mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qa’tiy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish soxasida yagona tartib qoidalarni belgilab qo‘yish:
• mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
• korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
• mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
• oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayerlash;
• xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni ximoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
• ishlovchilarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;
• ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash.



Download 0,65 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun»ning qo‘llanish sohasi va davlat siyosati

Download 0,65 Mb.