Vokal san'ati an'anaviy xonandalik yunalishi!




Download 33,36 Kb.
bet1/10
Sana28.05.2024
Hajmi33,36 Kb.
#256219
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy Shahzod Nazarov




Vokal san'ati an'anaviy xonandalik yunalishi!
4-kurs 120-guruh talabasi
Nazarov Shahzodning
Hayot faoliyati xafvsizligi fanidan
Amaliy
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Qishloq xo’jaligida mehnat muxofazasi
Korxonalar ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarining asosiy vazifalari
mehnat haqidagi qonunlar majmui hamda «Xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari» bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb
kasalliklarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muhofazasi
bo’yicha ishlarni amalga oshirish tadbirlariga umumiy rahbarlik hamda bu ishga
javobgarlik xo’jalik rahbari, uning o’rinbosari - bosh mutaxassis zimmasiga
yuklatiladi.
Rahbar - ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarining oldini
oluvchi tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirishga, mablag’ bilan ta’minlashga,
shartnoma bitimlari talablarini bajarishga, mehnat va dam olish tartibi, ayollar va
o’smirlarni talab darajasidagi ish bilan ta’minlashga, kasaba uyushmasi texnik
nazoratchilari va jamoatchi nazoratchilar hamda mahalliy kasaba uyushmasi
qo’mitasi komissiyasining mehnat muhofazasiga doir buyruqlarini bajarishga,
ishlar va kasblarning ayrim turlari uchun xavfsizlik yo’llari bo’yicha
yo’riqnomalarni tasdiqlashga, ishchi - xizmatchilarni o’z vaqtida amaldagi
me’yorlarga muvofiq korjoma, maxsus poyabzal, yakka tartibdagi himoyavositalari va maxsus oziq-ovqatlar bilan ta’minlashga majbur.
Bosh mutaxassis ( bosh agronom, bosh zootexnik, bosh muhandis, bosh
texnolog) - hamma bo’linmalar boshliqlarining xavfsizlik yo’llari hamda ishlab
chiqarish sanitariyasiga doir me’yorlar va qoidalarni bajarishlarini muntazam
ravishda nazorat qilib borish, xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha yo’riqnomalar
ishlab chiqish, o’quv-o’rganish ishlarini nazorat qilish, xodimlarni davriy tibbiy
ko’rikdan o’tishlarini, ishlab chiqarishda xavfsiz faoliyat usullarini ommaviy
tadbiq qilinishini, mehnat xavfsizligiga oid ko’rgazmali qurollar va
ogohlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish, kasaba uyushmasi
tashkiloti bilan birgalikda ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligiga oid
ishlarning holatini tekshirish, belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishda ro’y
bergan shikastlanish to’g’risidagi hisobotlarni tahlil qilish va yuqori turgan
tashkilotlarga hisobotini berish, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga ajratilgan
mablag’larning sarflanishini nazorat qiladi.
Bosh mexanik, energetik - barcha turdagi inshootlar va turli uskunalarni,
bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni, elektr qurilmalarni o’z vaqtida texnik
tekshiruvdan o’tkazish va reja asosida xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil
etilishi hamda o’z vaqtida o’tkazilishiga, shuningdek, ta’mirlash ishlarining xavfsiz
bajarilishi va uni nazorat qilishga mas’ul.
Mehnat muhofazasi muhandisi - mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo’llari va
ishlab chiqarish sanitariyasiga doir ishlarni tashkil qilishga hamda barcha me’yoriy
hujjatlar ishlab chiqishga va amalga joriy qilinishini nazorat qilishga javobgar
shaxsdir.
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo ’jalik organlari
kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo ’mitasi bilan kelishib o ’zlari
tasdiqlaydigan nizomga muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib
boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus
tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi
(lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo ’lgan
korxonalarda esa bundan tashqari yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi
(lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq
korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish
rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba
uyushmasi qo ’mitasi
bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o ’z maqomiga ko ’ra
korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo
’ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish,
tarmoq bo ’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida
bajarilishi shart bo ’lgan ko ’rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza
qilish to ’g ’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida
korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlarining
mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo ’lmagan ishlarni bajarishga
jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona
faoliyati to ’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Xavfsizlik masalalari bo’yicha muhandis bevosita korxonaning boshlig’i va
bosh muhandisga bo’ysunadi. U o’z ishini mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi,
mehnat muhofazasi bo’yicha komissiya, shuningdek, mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi sanoat-texnik nazoratchilari bilan hamkorlikda amalga
oshiradi.


Download 33,36 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 33,36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vokal san'ati an'anaviy xonandalik yunalishi!

Download 33,36 Kb.