|
-Mavzu: Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va uni bajarishning umumiy qoidalari
|
bet | 4/10 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 33,36 Kb. | | #256219 |
Bog'liq Amaliy Shahzod Nazarov4-Mavzu: Birinchi tibbiy yordamning ahamiyati va uni bajarishning umumiy qoidalari.
Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish
Shamollatish qurilmalari ishlab chiqarish binolarida yuzaga keladigan ortiqcha issiqlik, namlik, chang, gazlar va bug‘larni haydab chiqarish hamda xona mikroiqlim holatini davlat standartlari talablari asosida me’yorlashtirish uchun xizmat qiladi.
Havo almashinish usuliga ko‘rа shamollatish qurilmalari umumiy almashinuvchi va mahalliy turlarga bo‘linadi.
Umumiy havo almashinish tizimida xona ichidagi iflos havo xonaning butun hajmi bo‘yicha bir vaqtda toza havo bilan al- mashtiriladi. Mahalliy havo almashinish tizimlarida esa iflos havo bevosita ushbu iflos havo (chang, gaz, bug‘ va b.) hosil bo‘ladigan joydan, уa’ni ish joyidan haydab chiqariladi.
Shamollatish qurilmalari ishlash usuliga ko‘га so‘ruvchi, haydovchi va so‘ruvchi-haydovchi turlarga bo‘linadi.
So‘ruvchi shamollatish qurilmalari iflos havoni faol haydab chiqarish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Haydovchi shamollatish qurilmalari esa so‘ruvchi qurilmalar mumkin bo‘lmagan xonalarda qo‘llaniladi. So‘ruvchi-haydovchi shamollatish qurilmalari esa intensiv havo almashinish talab etiladigan xonalarda ishlatiladi.
Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish
Sanitar me’yorlarga asosan barcha ishlab chiqarish binolarida tabiiy shamollatish qurilmalari bo‘lishi shart. Таbiiу havo almashinish xona ichi havosi bilan tashqi muhit havosining bosimlari hamda zichliklari orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Ushbu shamollatish qurilmalarining asosiy kamchiligi havo almashinish darajasini tashqi muhit havosining haroratiga, bosimiga hamda shamolning tezligi va уo‘nalishiga bog‘liqligidadir.
Таbiiу havo almashinish qurilmalari ishlash xususiyatiga ko‘ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi уo‘nalishini va miqdorini rostlovchi moslamalar o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday shamollatish tizimi tashkillashtirilgan deb ataladi.
|
| |