6-MAvzu:Mavzu:Kimyoviy va radiatsion xavfli holatlarda aholini xarakatlanish qoidalari.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
1) gеologik xavfli hodisalar: zilzilalar, еr ko`chishlari, tog` o`pirilishlari va boshqalar
2) gidromеtrologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sеllar, qor ko`chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqalar
3) Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar; alohida xavfli infеktsiyalar (o`lat, vabo. sarg`ayma, isitma) yuqumli kasalliklar, tеrlama, Bril kasalligi, zoonoz tinfеktsiyalar- Sibir yarasi, quturish, virusli infеktsiyalar- SPID;
Xavfli geologik favqulodda vaziyatlar Vazirlar Mahkamasining 455-sonli qaroriga ko’ra quyidagilardan iborat:
- zilzila, kuchki, tog’ o’pirilishi, yer sathining cho’kishi . Tabiiy ofatlar, favqulotda vaziyatlarning sodir bo’lishida xavfli geologik jarayon va hodisalar alohida ahamiyatga ega, shuning uchun ularning falokatli oqibatlardan aholini va xalq xo’jaligi ob’yektlarini muhofaza qilish uchun havfli geologik xodisalarning yuzaga kelish sabablari, fazoviy tarqalish qonuniyatlari o’rganiladi, baholaniladi, bashorat qilinadi, ularga qarshi har xil chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu muammoni bartaraf etishni huquqiy tomondan qanday amalga oshirish
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risidagi”
Qonunning 21,22,23 – moddalaridan bayon etilgan va bunday holatlarda qanday hujjatlar kerakliligi 3 – moddasida aniq ko’rsatib o’tilgan. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari 16 – moddasida qayd etilgan holda mahalliy davlat rahbar organlarining fuqaro muhofazasi borasidagi majburiyatlari 10 – moddasida bayon etilgan.
Yer yuzasida sodir bo’ladigan xavfli geologik jarayonlar asosan yerning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta’sirida bo’ladi. Bundan tashqari ilmiy- texnik va maxsus adabiyotlarda bayon etilgan ma’lumotlarga ko’ra geologik muhitga insonning xo’jalik, qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlar ham ta’sir etadi. Natijada ko’lami katta yoki kichik bo’lgan turli xildagi ofatlar vujudga keladi.
Shahar qurulishi, turar joy binolari, inshootlar qurilishida amaldagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilish, zilzila oqibatlarini kamaytirish muammosiga yetarli ahamiyat berish maqsadida Birlashgan Millatlar tashkiloti 1990-2000 yillar oralig’ini tabiiy favqulodda vaziyatlar bo’yicha xavf – xatarni kamaytirish xalqaro 10 yilligi deb elon qilingan. Shu davr ichida bir qator mamlakatlarning markaziy shaharlari “Tender” asosida xalqaro “RADIUS” loyihasini amalga oshirish huquqiga ega bo’ldilar. ”RADIUS”ni dastur bo’yicha to’la joriy etish imkoniyati berilgan beshta – mamlakat: Addis-Abeba (Efiopiya), Guayakliem (Ekvador), Tixyana (Meksika), Zigong (Xitoy) shaharlari qatoriga O’zbekiston respublikasi poytaxti Toshkent ham kirgan.
1. Zilzilaning kelib chiqish sabablari, tarqalishi va halokatli oqibatlari. Insoniyat tarixida yuzlarcha halokatli zilzilalar bo’lib o’tgani yozma manbalarda ma’lum. Yunonistondagi qadimgi Pompey xarobalari shundan dalolat beradi. Olimlar ummon tubidan ko’plab qadimiy shaharlarning xarobalarini topishgan. Hozirgi Issiqko’l qirg’oqlari bo’ylab ham ko’hna davr inshoatlari, saroylar va qasrlarning qoldiqlari hamon saqlanib, o’sha qadimiy yer silkinishlaridan guvohlik berib turibdi. Oxirgi 50 yil ichida bo’lib o’tgan kuchli zilzilalar ichida vayrongarchilik va qurbonlar miqyosiga ko’ra Chili, San-Fransisko, Tolio, Ashxabot va Spitak, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 - yilgi Ashxabot (100 ming odam halok bo’lgan, 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojeya Spitak zilzilasi nomini (unda 30 ming odam halok bo’lgan) oldi. U 1988 - yili 7 dekabr kuni sodir bo’ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o’zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo’ldi. 200 mingli Leninakan shahri zamonaviy binolarning yarimidan ko’pi quladi yoki tiklab bo’lmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli sanoat markazi bo’lgan Kirovakan shahri va katta qishloqlar talofat topdi.San-Fransiskoda 1906 - yil 18 - apreldagi yer qimirlashida 700 aholi halok bo’lgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. dollorni tashkil qilgan. Ikki kun yong’in mobaynida 500 ga yaqin kvartallar yonib hech narsa qolmagan hammasi bo’lib 350 ming kishi halokatga uchragan.
|