|
-Mavzu:Yong‘inni bartaraf etishning zamonaviy usullari va vositalari
|
bet | 8/10 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 33,36 Kb. | | #256219 |
Bog'liq Amaliy Shahzod Nazarov8-Mavzu:Yong‘inni bartaraf etishning zamonaviy usullari va vositalari.
Reja:
1. Ko'p qavatli binolarning yong'in xavfsizligi bo'yicha zomonaviy texnologiyalarini joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish
2. Yong'inni o'chirish va qutqaruv ishlarini tashkil etish
3. Ko'p qavatli yong'in xavfsizligi bo'yicha kelajakdagi yo'nalishlar
Ushbu referatda koʻp qavatli binolarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻin falokatlaridan amaliy himoyalanish usullari va tushunchalarini ishlab chiqish muhim, soʻngi besh yil davomida koʻp qavatli binolarni loyihalashdagi keskin oʻzgarishlarni hisobga olgan holda yangi innovatsion yongʻindan himoya qilish tizimlariga talablarini oʻrganish va muammolarni tahlil qilish , yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar yuzasidan zamonaviy yongʻin xavfsizligi tizimida qoʻllanilishi zarur boʻlgan metodlar va zamonaviy texnologik qurilmalar ulardan foydalanish shartlari va amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar xulosalar bilan tanishishingiz mumkin
Ushbu maqolada ko'p qavatli binolarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yong'in falokatlaridan amaliy himoyalanish usullari va tushunchalarini ishlab chiqish muhim, so 'ngi besh yil davomida ko p qavatli binolarni loyihalashdagi keskin o 'zgarishlarni hisobga olgan holda yangi innovatsion yong'indan himoya qilish tizimlariga talablarini o 'rganish va muammolarni tahlil qilish , yuzaga kelishi mumkin bo 'lgan muammolar yuzasidan zamonaviy yong'in xavfsizligi tizimida qo'llanilishi zarur bo'lgan metodlar va zamonaviy texnologik qurilmalar ulardan foydalanish shartlari va amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyalar xulosalar bilan tanishishingiz mumkin Kalit so'zlar: Yong'indan himoyalash, xavfsizlik tizimni qayta jihozlash, yong'in xavfsizligi, qurilish komponentlari, an'anaviy usullar, innovatsion texnologiyalar, HVAC, Drongo, Bronto Skylfitning, ZJBETTER, foydalanish yuzasidan tavsiyalar.
Ma'lumki bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatori respublikamiz hududida ham ko'p qavatli osmono'par binolar turli xil murakkab dizayn va t uzilish qismiga ega qurilish obyektlari soni ortib bormoqda. Bu esa o'z navbatida binolarning xavfsizlik tizimni Zamon talablariga javob beradigan darajaga olib qochish va yong'in xavfsizligi tizimida esa yangicha metod texnologiyalardan foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Aynan ko'p qavatli binolarda yong'inni bartaraf etish masalalari- qutqaruv ishlarining murakkabligini,tezkor yong'in bo'linmalari xodimlaridan ko'p qavatli binolarda yong'inlarning rivojlanish jarayonlari va xususiyatlari to'g'risida har tomonlama bilimga ega bo'lishni, yuqori kasbiy mahorat, jismoniy tayyorgarlik va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi.Bundan tashqari osmono'par binolarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yong'in xavfi va binolarning ekspluatatsion taktik xususiyatlarini bilish yong'inlarni minimal zarar bilan bartaraf etish, odamlarning hayoti va sog'lig'ini saqlab qolish uchun tezkor choralar ko'rish imkonini beradi.
Hozirgi kunda bino balandligi qoidalari normasining ortishi O'zbekistonning asosiy shaharlarida balandligi 80 metrdan ortiq bo'lgan binolar faol ravishda qurilayotganligi(eng yuqori ko'rsatkich hozirda "NEST ONE" 266,5 metr) binolardagi yuqori me'moriy va o'zgacha dizayn talablar shaharsozlik uchun nostandart binolar qurilishiga olib kelmoqda. Bu esa Yong'in xavfsizligi tizmi oldiga zamonaviy yong'inga qarshi tizimlar va jamoaviy qutqaruv vositalaridan, yong'inni o'chirishni tashkil etish va qutqaruv ishlarini olib borishda tezkor yong'in bo'linmalari uchun yangi yong'in va qutqaruv uskunalari va taktikalaridan foydalanish zarurati masalasini dolzarbligini belgilaydi.
Mavzuning yana bir dolzarbligi bu respublikamiz hududida yil davomida kuzatilayotgan yong'inlarning kelib chiqish sabablari ,yong'in kuzatilayotgan ob'yektlar va yong'in ko'lami xavfi yuzasidan taqdim etilgan statistik ko'rsatkichlarning asosiy qismi aynan ko'p qavatli turar joylar bilan bog'liqligini ko'rsatmoqda.
Ko'p qavatli binolardagi yong'inlar bir qator noqulayliklar tufayli halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin: qurilish inshootlari va ichki bezatishda yonuvchan materiallardan foydalanish; avtomatik yong'in signalizatsiyasi va yong'inni o'chirish tizimlarining noto'g'ri ishlashi; binolarda yong'inning vertikal va kuchli tutunning tez tarqalishiga, shuningdek pollar orasida,shiftlarda ,zinapoyalar , teshiklarning mavjudligi yong'inni o'chirish va qutqaruv ishlarini samarasiz tashkil etilishiga olib keladi.
Yong'inni o'chirish va qutqaruv ishlarini tashkil etishning umumiy tamoyillari Respublikamiz Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir qator hujjatlarida belgilangan, ammo bu materiallar hozirgi ko'p qavatli binolar yong'inning mumkin bo'lgan oqibatlarini ishonchli bashorat qilishga, to'g'ri hisoblashga imkon bermaydi. Yong'inni o'chirish va qutqaruv ishlarini samarali bajarish uchun zarur bo'lgan yong'indan himoya qilish kuchlari va vositalari, suv va boshqa yong'inga qarshi moddalarning sarfini hisoblash ham bir masala bo'lsa hozirgi axborot texnologiyalari yong'indan himoya qilish organlari faoliyatiga hali samarali joriy etilmayotgani, tezkor yong'in va qutqaruv bo'linmalarini boshqarishni avtomatlashtirish darajasi juda pastligicha qolayotgani ham yana bir muhim jihatlaridan biri.
Tadqiqot maqsadi.ko'p qavatli binolarda yong'inni o'chirish va qutqaruv ishlari jarayonlarini avtomatlashtirish muammosining tarkibiy tahlilini o'tkazish va yangi ma'lumotlarning mos keladigan tizim qobig'ida funktsional, matematik va simulyatsiya modellarini ishlab chiqishdan iborat.
O'zining tabiatiga ko'ra, ko'p qavatli binolar yong'in xavfsizligi noodatiy muammolarni keltirib chiqaradi. Dizaynerlar, quruvchilar, operatorlar va ushbu tuzilmalarning egalari uchun yong'in va uning ta'siridan oqilona darajadagi xavfsizlikni ta'minlash uchun bir qator fundamental muammolarni hal qilish kerak.
> Bino strukturasi uzoq vaqt yong'in ta'siriga chidamli bo'lishi kerak.
> Yong'in va uning oqibatlari vertikal ravishda tarqalib, ko'p sonli bino aholisiga ta'sir qiladi.
> Faol yong'in tizimlari kommunal xizmatlardan uzilishi mumkin va o'zini o'zi ta'minlashi kerak.
> Binoni to'liq evakuatsiya qilish juda qiyin. Yong'in zonasidan faqat tanlangan evakuatsiya bilan "O'z joyida himoya qilish" strategiyasi talab qilinadi.
> Evakuatsiya qilinishi kerak bo'lgan yo'lovchilar yerdan uzoqda va vertikal qochish vositalariga tayanishi kerak.
> Yong'inni o'chirish operatsiyalari ichki va ko'pincha yer osti manbalaridan uzoqda sodir bo'ladi.
Ushbu tadqiqotda mavzu yuzasidan barcha ilmiy elektron hamda yozma manbalar o'rganildi.Tadqiqotda quyda keltirilgan zamonaviy texnologiyalar ish prinsiplari samaradorligini o'rganildi.
Ko'p qavatli binolarda yong'in xavfsizlik tizimidagi zamonaviy texnologiyalar
"Drongo" deb nomlangan o't o'chirish mashinasi PSC flotining eng noodatiy bo'linmalaridan biridir. U murakkab yong'inlarni o'chirish, avariya sodir bo'lgan joyga xodimlar va texnikani yetkazish, yong'in sodir bo'lgan joyni yoritish uchun ishlatiladi.
|
| |