• Adabiyotlar
  • ELEKTR ZARYADI. KULON QONUNI Tajribalar ko‘rsatishicha, zaryadlangan va magnitlangan jismlar, shuningdek elektr toki oqayotgan jismlar orasida elektromagnit kuchlar
  • Elektrostatika. Elektr toki




    Download 387,21 Kb.
    bet1/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi387,21 Kb.
    #230570
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Fizika fanidan ma\'ruza-4


    4-Ma‘ruza
    ELEKTROSTATIKA. ELEKTR TOKI.


    1. Elektr o’zaro ta’sir

    Reja:

    1. Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydoni va uning kuchlanganligi

    2. Elektr induksiya vektori va oqimi, Ostrogradskiy-Gauss teoremasi.
    3. Elektr maydonida zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish. Zaryadlarning potensial
    maydoni va energiyasi.

    1. Elektronli va dipolli qutblanishlar. Qutblanish vektori.

    2. Elektroststik maydonda o‘tkazgichlar.

    3. O‘tkazgichlarning elektr sig‘imi. Kondensatorlar.

    Adabiyotlar: A-1-6, 7,8,9,10, Q-1-3, 11,12,14
    Tayanch iboralar: elektrostatik maydon, nuqtaviy zaryad, maydon kuchlanganligi elektr dipol, dipol momenti, qutbsiz vа qutbli molekulа, orientаtsion qutblаnish, deformаtsion qutblаnish, ionli qutblаnish, qutblаnish vektori, dielektrik qаbul qiluvchаnlik, bog‘lаngаn zаryadlаr, elektr induktsiya vektori, potentsiаl grаdienti, ekvipotentsiаl sirt, nuqtаviy zаryad potentsiаli, mаydon sirkulyatsiyasi
    ELEKTR ZARYADI. KULON QONUNI
    Tajribalar ko‘rsatishicha, zaryadlangan va magnitlangan jismlar, shuningdek elektr toki oqayotgan jismlar orasida elektromagnit kuchlar deb ataluvchi o‘zaro ta’sir kuchlari mavjuddir.
    Jismlar orasidagi bu o‘zaro ta’sir elektromagnit maydon deb ataluvchi o‘ziga xos vositachi materiya orqali uzatiladi.
    Elektromagnit maydon nazariyasining asoschisi Faradey bir jismning boshqasiga ta’siri ularni bir-biriga tekkazish orqali yoki elektromagnit maydon deb ataluvchi, oraliq muhit orqali uzatilishi mumkin, deb hisobladi.
    Maksvell esa, Faradeyning asosiy g‘oyalarini matematik shaklda ifodalab, elektromagnit to‘lqinlar mavjudligini ko‘rsatib berdi va ularning tarqalish tezligi yorug‘likning vakuumdagi tezligiga mos ekanligini isbotladi.
    Atom – molekulyar nazariyaga asosan, o‘zaro ta’sir kuchlari jismni tashkil etuvchi zaryadli zarrachalar orasidagi elektr o‘zaro ta’sir natijasidir. Bundan, elektromagnit maydon haqiqatan ham mavjudligi va u materiyaning bir ko‘rinishi ekanligi kelib chiqadi.
    Elektromagnit maydon energiya, impuls va boshqa fizikaviy xususiyatlarga egadir.
    Zaryadlangan A jism atrofidagi fazoda elektr maydon hosil bo‘ladi. Bu maydon unga kiritilgan boshqa biror bir zaryadlangan V jismga ko‘rsatayotgan ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, A jismning zaryadlari hosil qilgan maydon boshqa zaryadlangan jism joylashtirilmaganda ham fazoning har bir nuqtasida mavjuddir. Elektromagnit maydon mavjud bo‘lgan fazo - efir yoki вакуум deb ataladi.
    Elektron nazariyaning asosiy g‘oyasini zamonaviy fizika tilida quyidagicha ifodalash mumkin: har qanday modda musbat zaryadli atom yadrosidan va manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan.
    Elektr zaryadi ayrim elementar zarrachalarning muhim xususiyati hisoblanib, bu zarrachalarning zaryadi е – elementar zaryadga teng.
    Har qanday q zaryad bir qancha elementar zaryadlardan tashkil topganligi tufayli, u doimo e – ga karrali bo‘ladi.


    (6.1)
    (7.1) – ifodadan, zaryad diskret qiymatlarni qabul qilgani uchun u kvantlangan hisoblanadi.
    Har xil inersial sanoq tizimlarda o‘lchanadigan zaryad miqdori bir xil bo‘lgani uchun u relyativistik invariantdir. Boshqacha qilib aytganda, zaryad miqdori zaryad harakatda bo‘lsa ham, tinch holatda bo‘lsa ham bir xildir.
    Elektr zaryadlari paydo bo‘lishi va yo‘qolishi mumkin, ammo bu holda albatta har xil ishorali ikkita zaryad bo‘lishi shart.
    Shunday qilib, elektrdan ajratilgan tizimlarda zaryadlar yig‘indisi o‘zgarmas bo‘ladi va bu zaryadlarning saqlanish qonuni deb ataladi.


    Download 387,21 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 387,21 Kb.