|
- rasm. Konservativ kuch ta’sirida zaryadning ko‘chishi
|
bet | 5/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 387,21 Kb. | | #230570 |
Bog'liq Fizika fanidan ma\'ruza-43 - rasm. Konservativ kuch ta’sirida zaryadning ko‘chishi
Agarda n - ta nuqtaviy zaryadlar (q1, q2,…., qn) hosil qilgan maydonda q - nuqtaviy zaryad harakat qilsa, unga kuchlar ta’sir qiladi. Bu natijalovchi kuchning bajargan ishi А har bir kuch mustaqil bajargan ishlarning algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladi.
(6.19)
Yopiq kontur bo‘yicha q - zaryadni ko‘chirishda bajarilgan ish quyidagicha ifodalanadi
Yopiq konturda, maydonning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari ustma-ust tushgani uchun bajarilgan ish nolga teng bo‘ladi.
.
Shuning uchun
Maydon kuchlanganligi vektorining yopiq kontur bo‘yicha sirkulyatsiyasi nolga teng bo‘lgan maydon potensial maydon deb ataladi.
Agar qo‘zg‘almas nuqtaviy q0 - zaryadning maydonida q – zaryad 1(r1) - nuqtadan 2(r2) - nuqtaga ko‘chirilsa, uning energiyasi o‘zgarib boradi. Bu ish elektrostatik potensial maydonda bajarilgani uchun q - zaryadning potensial energiyasi o‘zgaradi.
(6.20)
Potensial maydonda bajarilgan ish q - zaryadning potensial energiyasining kamayishi hisobiga bajariladi:
(6.21)
Elektrostatik maydonning biror nuqtasidagi zaryadning potensial energiyasini umumiy holda quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
(6.22)
Bu ifodadan elektrostatik maydondagi q zaryadning potensial energiyasi maydonni hosil qilgan qo‘zg‘almas q0 zaryadga ham bog‘liq bo‘lgani uchun zaryadlarning o‘zaro potensial energiyasi ham deyiladi. Shunday qilib, ikki zaryadning o‘zaro potensial energiyasi zaryadlar ko‘paytmasiga to‘g‘ri va oralaridagi masofaga teskari proporsionaldir. q zaryadning W – potensial energiyasi, elektrostatik maydondagi uning holatiga bog‘liq bo‘lgani uchun, elektrostatik maydonning nuqtalari energetik nuqtai nazardan potensial deb ataluvchi skalyar kattalik bilan ifodalanadi.
Elektrostatik maydon biror nuqtasining potensiali deb, maydonning shu nuqtasiga kiritilgan bir birlik musbat sinov zaryadiga mos kelgan potensial energiyaga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi:
(6.23)
Shunday qilib, nuqtaviy zaryad hosil qilgan elektrostatik maydonning biror nuqtasidagi potensiali zaryad miqdoriga to‘g‘ri va masofaga teskari proporsionaldir.
Elektrostatik maydon potensiali, uning energetik tavsifi bo‘lgani uchun zaryadni ko‘chirishda elektrostatik maydon kuchining bajargan ishi, maydon potensiallar ayirmasi bilan o‘zaro bog‘lanishga ega bo‘lishi kerak.
(6.24)
Maydonning ikki nuqtasi orasidagi potensiallar ayirmasi quyidagiga tengdir:
(6.25)
Elektrostatik maydonning ikki nuqtasi orasidagi potensiallar ayirmasi deb, bir birlik musbat zaryadni 1-nuqtadan 2 – nuqtaga ko‘chirishda bajarilgan ishga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi.
Agar bajarilgan ish quyidagicha bo‘lsa
Elektr maydon kuchlanganligi potensial bilan quyidagicha ifodalanadi
(6.26)
Shunday qilib, elektrostatik maydonning kuchlanganligi deb kuch chiziqning uzunlik birligiga mos kelgan potensial ayirmasiga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi.
Elektrostatik maydonning kuchlanganligini boshqacha ko‘rinishda yozish mumkin:
(6.27)
yoki
(6.28)
Potensiallari bir xil bo‘lgan nuqtalarning geometrik o‘rniga ekvipotensial sirtlar deyiladi.
Ekvipotensial sirt uchun
(6.29)
Elektrostatik maydon – potensial maydondir, shuning uchun unga kiritilgan zaryadlar potensial energiyaga ega bo‘ladilar.
q1 va q2 nuqtaviy zaryadlarning potensial energiyalarini baholaymiz. Har bir zaryad, boshqa zaryad maydonida potensial energiyaga ega bo‘ladi.
, (6.30)
12 - q2 – zaryadning q1 zaryad turgan joyda hosil qilgan potensialidir,
21 - q1 – zaryadning q2 zaryad turgan joyda hosil qilgan potensialidir.
,
shuning uchun
|
| |