|
- rasm. Qutbli molekula dipoli
|
bet | 7/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 387,21 Kb. | | #230570 |
Bog'liq Fizika fanidan ma\'ruza-42 - rasm. Qutbli molekula dipoli
Bunday dielektrik molekulalari tashqi maydonsiz ham dipol momentiga ega bo‘lib, ular qutbli molekulalar deb ataladi (2 - rasm). Tashqi elektrostatik maydon bo‘lmaganda molekulalarning tartibsiz harakati tufayli dielektrik bo‘yicha molekulalarning umumiy dipol momentlari nolga teng bo‘ladi.
Agar bunday dielektrik tashqi elektrostatik maydonga qo‘yilsa, maydon kuchlari dipollarni maydon yo‘nalishiga qarab burishga harakat qiladi va noldan farqli umumiy dipol momenti paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, tashqi elektrostatik maydon ta’sirida ikkala turdagi dielektrikda ham noldan farqli dipol momentlari hosil bo‘ladi. Bu hodisa dielektriklarning qutblanishi deb ataladi.
Demak, qutblanish deb, tashqi elektrostatik maydon ta’sirida dipollarning maydon kuch chiziqlari tomon yo‘nalishini o‘zgartirish jarayoniga aytiladi.
Quyidagi qutblanish turlari mavjuddir:
1) elektronli qutblanish;
2) oriyentatsiyaviy yoki dipolli qutblanish.
Elektronli qutblanish deb, qutbsiz molekulalardan tashkil topgan dielektrik, tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, atomlar elektron qobiqlarining deformatsiyasi hisobiga induksiyaviy dipol momentlari hosil bo‘lishiga aytiladi.
Oriyentatsiyaviy yoki dipolli qutblanish qutbli molekulalardan tashkil topgan dielektrik tashqi elektrostatik maydonga kiritilganda, tartibsiz yo‘nalgan molekulalar dipol momentlarining maydon yo‘nalishiga qarab burilishiga aytiladi. Ammo, molekulalar issiqlik harakati natijasida faqat ayrim molekulalarning dipol momentlari maydon yo‘nalishi bo‘yicha joylashadi va u maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Qutbsiz molekulalari bo‘lgan dielektriklarning eng soddasi vodorod molekulasining atomidir. Tashqi elektrostatik maydon bo‘lmaganda , vodorod atomidagi bitta elektron yadro atrofida radiusli orbita bo‘ylab harakatlanadi (3 - rasm).
3 - rasm. Vodorod atomining dipoli
Bu holda elektronning yadroga tortilish kuchi Kulon qonuniga asosan:
dan iborat bo‘ladi, markazga intilma kuch esa
ga teng. Elektronning yadroga tortilish kuchi markazga intilma kuch bilan muvozanatda bo‘ladi:
(6.31)
bu yerda – orbita bo‘ylab harakatning burchak tezligidir.
Kuchlanganligi bo‘lgan elektrostatik maydonga atom kiritilsa, elektron orbitasi deformatsiyalanib, – vektorning yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga – masofaga siljiydi. Bunda markazga intilma kuch teng ta’sir etuvchi kuch F dan iborat bo‘lib, elektrostatik maydonning elektronga ta’sir kuchi va elektronning yadroga tortishish kuchi F2 dan iborat bo‘ladi (4 - rasm). Rasmdagi burchaklardan
|
| |