|
Elektrostatika. Elektr toki
|
bet | 6/14 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 387,21 Kb. | | #230570 |
Bog'liq Fizika fanidan ma\'ruza-4Elektr mаydon energiyasi
Kondensаtor energiyasini uning qoplаmаlаri orаsidаgi elektr mаydonni xаrаkterlovchi kаttаliklаr orqаli ifodаlаylik
bundаgi u/d=e - qoplаmаlаr orаsidаgi mаydon kuchlаngаnligi vа sd=v - qoplаmаlаr orаsidаgi fаzoning hаjmi ekаnini inobаtgа olsаk
Ushbu energiya kondensаtor qoplаmаlаri orаsidаgi fаzodа bir tekis tаqsimlаngаn bo‘lаdi. Fаzoning birlik hаjmigа to‘g‘ri kelgаn ulushini energiyaning zichligi deyilаdi:
Elektr maydonida dielektriklar va o‘tkazgichlar.
Elektronli va dipolli qutblanishlar. qutblanish vektori. Dielektriklar atom va molekulalardan tashkil topgan. Atom esa, musbat zaryadli yadro va manfiy zaryadli elektronlardan iboratdir. Atomning musbat zaryadi yadroda to‘plangan bo‘lib, manfiy ishorali elektronlar esa, yadro atrofida harakatda bo‘ladi.
Ko‘p hollarda manfiy zaryadlarning markazi musbat zaryadli yadro markazi bilan ustma ust tushadi.
Birinchi turdagi dielektriklar (N2, H2, O2, CO2 va b.) molekulalaridagi elektronlar yadro atrofida simmetrik joylashib tashqi elektrostatik maydon bo‘lmaganda, musbat va manfiy zaryadlarning og‘irlik markazlari ustma-ust tushgan bo‘ladi. Bunday dielektriklar molekulalari qutbsiz molekulalar deyiladi.
Tashqi elektrostatik maydon ta’sirida qutbsiz molekula zaryadlari siljiy boshlaydi. Musbat zaryadlar maydon yo‘nalishda, manfiy zaryadlar maydonga teskari yo‘nalishda siljiydi (1 - rasm). Shunday qilib, molekula dipol momentiga ega bo‘ladi.
1 - rasm. Tashqi elektrostatik maydon ta’sirida qutbsiz molekulaning dipol momentiga ega bo‘lishi
Ikkinchi turdagi dielektriklar (H2O, NH3, SO2, CO,…..) molekulalaridagi elektronlar yadro atrofida nosimmetrik joylashgan bo‘ladi va tashqi elektrostatik maydon bo‘lmaganda ham musbat va manfiy zaryadlarning og‘irlik markazlari ustma-ust tushmaydi.
|
| |