• 3- rasm. dq - zaryadning r masofadagi potensiali
  • KONDENSATORLAR
  • O‘TKAZGICHLARNING ELEKTR SIG‘IMI




    Download 387,21 Kb.
    bet10/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi387,21 Kb.
    #230570
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Fizika fanidan ma\'ruza-4

    O‘TKAZGICHLARNING ELEKTR SIG‘IMI
    Yakkalangan o‘tkazgich zaryadlansa, o‘tkazgich sirti shakliga qarab, har xil sirtqi zaryad zichligi ( bilan taqsimlanadi. Shuning uchun ham o‘tkazgich har bir nuqtasidagi sirtqi zaryadning zichligi o‘tkazgichdagi umumiy zaryad q ga proporsionaldir, ya’ni:
    (6.46)
    bu yerda k – o‘tkazgich sirtidagi tekshirilayotgan nuqtaning funksiyasi bo‘lib, o‘tkazgich sirtining shakli va o‘lchamiga bog‘liq.
    Zaryadlangan o‘tkazgich ekvipotensial sirtining - potensialini aniqlash uchun uning butun S sirti bo‘ylab zaryadini aniqlaymiz (3 - rasm).

    3- rasm. dq - zaryadning r masofadagi potensiali

    Bu sirtni, zaryadga ega bo‘lgan dS – elementar yuzachalarga ajratib, dq – ni nuqtaviy zaryad deb hisoblaymiz.


    Nuqtaviy dq zaryadning masofadagi maydon potensiali quyidagiga teng bo‘ladi.
    (6.47)
    yoki
    (6.48)
    Bu ifoda butun sirt bo‘yicha integrallansa, zaryadlangan o‘tkazgich sirtining potensiali ifodasiga ega bo‘lamiz:
    (6.49)

    O‘tkazgichning potensiali q zaryadga proporsional bo‘ladi. Shu zaryadning potensialga nisbati o‘zgarmas kattalikdir, u o‘tkazgichning zaryad to‘plash xususiyatini belgilaydi va o‘tkazgichning elektr sig‘imi deb ataladi.


    (6.50)
    Shunday qilib, yakkalangan o‘tkazgichning elektr sig‘imi deb, uning potensialini bir birlikka o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan zaryadga miqdor jihatdan teng fizik kattalikka aytiladi.
    Sharchaning elektr sig‘imi
    R radiusli yakkalangan shar q – zaryadga ega bo‘lsin (4- rasm).

    4 - rasm. R radiusli yakkalangan shar

    Uning – sirtidagi potensiali quyidagiga teng bo‘ladi:


    ,
    bu yerda
    (6.51)
    Shunday qilib, sharning С – elektr sig‘imi sharning radiusiga va muhitning dielektrik singdiruvchanligi ga proporsionaldir.
    (10.6) – ifodadan muhitning dielektrik singdiruvchanligini aniqlaymiz.
    (6.52)
    Elektr sig‘imi XB tizimida Farada bilan o‘lchanadi


    KONDENSATORLAR
    Elektr sig‘imining formulasi quyidagidan iborat bo‘lgani uchun
    ,
    sig‘im asosan, o‘tkazgichning shakli va o‘lchamlariga hamda muhitning dielektrik singdiruvchanligiga proporsionaldir.
    Amalda, nisbatan kichik o‘lchamlariga qaramay, yetarlicha zaryadlarni o‘zida yig‘a oladigan qurilmalar kondensatorlar deb ataladi.
    Kondensator ikkita parallel o‘tkazgich qatlamidan iborat bo‘lib, ularda qarama-qarshi ishorali zaryadlar to‘planadi. Ular orasida dielektrik moddasi bo‘ladi.
    Kondensator qoplamalari ikkita yassi plastinkadan, ikkita koaksial silindrdan yoki ikkita konsentrik sferadan iborat bo‘lishi mumkin va ular shakliga binoan yassi, silindrik yoki sferik kondensatorlar deb ataladi.
    Odatda kondensatordagi elektr maydon kuch chiziqlari bir qoplamada boshlanib, ikkinchisida tugaydi.
    Kondensator sig‘imi qoplamalardagi zaryad miqdoriga to‘g‘ri proporsional va qoplamalar orasidagi potensiallar farqiga teskari proporsionaldir.
    (10.8)


    Download 387,21 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 387,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘TKAZGICHLARNING ELEKTR SIG‘IMI

    Download 387,21 Kb.