1-Ma’ruza
“
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari.
Raqamli iqtisodiyot.
Reja:
Hozirgi jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy masalalari va yo’nalishlari.
O’zbekiston respublikasida AKT sohasidagi Davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari. AKTning rivojlanishi bo’yicha ijrodagi qonunlar, buyruqlar va qarorlar.
Ijtimoiy, moliyaviy sohalarda va boshqaruvda AKTning ro’li.
Tayanch iboralar:
Kommunikatsiya Axborot Tеxnologiyalari Apparat Konfiguratsiya Interfeys Telekommunikatsiya
Zamonaviy jamiyatda AKTni rivojlantirishning vazifa va yo’nalshlari.
XXI asr boshi jamiyatning barcha hayot
sohalarini axborotlashtirish, globallashtirsh va texnikalashtirish bilan xarakterlanadi, bu esa o’z
navbatida fan, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvning jahon miqyosidagi keyingi rivojlanish tamoyillarini belgilab beradi. Barcha davlatlarda iqtisodning rivojlanishi, turli sohalardagi kompaniyalarning
ish faoliyatining kengayishihi, axborotlarning yig’ish, uzatish, himoyalash kabi tizimlarini takomillashtirish talabi, ishlab chiqarishning samarasini oshirish harakatlari – bularning hammasi har bir davlatda turli sohalarni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologoyalarini qo’llash jarayonlarini bajarish talabani belgilovchi faktorlardir.
Ma’lumki, texnik sivilizatsiyaning rivojlanish masalasini hal etishda axborotlashtirishni kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib borishdan boshqa alternativ yo’l yo’q bo’lsa kerak. Axborot eng muhim va bebaho resurs bo’lgan axborotlashgan jamiyatda mamlakatning rivojlanish darajasi uni axborotlashtirish darajasi bilan baholanmoqda. Shuni ta’kidlash
mumkinki, hozirgi kunda axborot yurituvchi kuchning asosiy mahsuloti sifatida qaraladi, axborot texnologiyalari esa jamiyatning axborot resurslarini aktivlashtirish va samarali foydalanishning muhim vositasidir. Shuning uchun AKTni jadal rivojlantirish va takomillashtirish masalasi hozirgi kunda mamlakat va jahon miqyosida strategik jihatdan muhim masalaga aylandi. Hozirgi sharoitda har bir jamiyat va uning institutlarining zamonaviy AKT vositalari yordamida axborotni yig’ish,
ishlov berish, tahlil qilish, tizimlashtirish kabi qobiliyati ijtimoiy va texnologik progresning muhim dalilidir. Axborot texnologiyalari va
komminikatsiya vositalaridan
faol faoydalanish natijasida axborot-kommikatsiya texnologiyalari tushunchasi ishlatilmoqda.