|
Ijtimoiy, moliyaviy sohalarda va boshqaruvda AKTining roli
|
bet | 4/4 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 23,19 Kb. | | #157935 |
Bog'liq 1-Ma’ruza “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining p (1)
2013 yilda bo’lib o’tgan respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi majlisida mamlakat oldida milliy axborot texnologiyalarini tizimlarini rivojlantirishning kompleks dasturida belgilangan choralarni o’z vaqtida bajarish yahshi samaralarga olib keladi. Respublikada kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiya-larini rivojlantirishga doir muayyan vazifalar birinchi Prezidenti I.
Karimov tomonidan 2002 yil 30 mayda imzolangan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmonida belgilab berilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 6 iyun 200- sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida o’z aksini topgan. Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamo-naviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish, hamda ulardan foydalanish. Shuningdek, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish, hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo’lib, Farmonda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va ularning zamonaviy tizimlarini joriy etish birinchi galdagi eng muhim vazifalar sifatida e’tirof etilgan.
Nazorat savollari:
Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
Axborot-komunikasiya texnologiyalari eganda nimani tushunasiz?
Zamonaviy jamiyatda axborot-komunikasiya texnologiyalarining o’rni?
AKTni qo’llash mumkin bo’lgan sohalarni sanab bering?
|
| |