68
Tekis sirtga normal ta„sir ko‟rsatuvchi ravon taqsimlangan kuch bosim
deyiladi.
S
F
P
(11.1)
bu еrda: S – tekislik yuza; F – teng ta„sir kiluvchi bosim kuchi.
Bosim Xalqaro birliklar sistemasida Pa bilan o‟lchanadi. Undan tashqari bosim
o‟lchashda (n/m
2
), kPa, MPa, KGk/sm
2
, bar, kgk/m
2
(mm.suv.ust), mm.sim.ust. kabi
birliklardan keng foydalaniladi.
O‟lchashda absolyut ortiqcha atmosfera va vakuum bosim mavjud.
Absolyut
bosim – modda holatining parametri bo‟lib, atmosfera va ortiqcha bosimlar
yig‟indisidan iborat:
орт
атм
абс
P
P
P
(11.2)
bu еrda, P
атм
– аtmosfera, P
орт
– ortiqcha bosimlar.
Ortiqcha bosim absolyut va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
атм
абс
орт
P
P
P
(11.3)
Atmosfera bosimi – er atmosferasidagi xavo ustunining bosimi,
uning qiymati
barometrlar bilan o‟lchanadi, shuning uchun bu bosim ko‟pincha
barometrik bosim
ham deb ataladi.
.
абс
атм
в
P
P
P
(11.4)
Bosim o‟lchaydigan asboblar ishlash prinsipiga ko‟ra suyuqlikli, deformatsion
(prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionizatsion va issiqlik turlariga bo‟linadi.
O‟lchanayotgan kattalikning turiga ko‟ra bosim o‟lchaydigan asboblar
quyidagilardan iborat:
Manometr – mutloq va ortiqcha bosimni o‟lchaydigan asbob.
Barometr – atmosferada havoning barometrik bosimini o‟lchash
uchun
ishlatiladigan asbob.
Vakkumetr – siyraklanishni o‟lchash uchun ishlatiladigan asbob.
Manovakuummetr – ortiqcha bosim va vakkumni o‟lchaydigan asbob.
Naporomer (mikromanometr) – kichik miqdordagi ortiqcha bosimni
o‟lchaydigan asbob.
Tyagomer – kichik miqdordagi siyraklanishlarni o‟lchaydigan asbob.
Tyagonaporomer – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‟lchash uchun
ishlatiladigan asbob.
Differensial manometrlar – ikki bosim ayirmasini o‟lchaydigan asbob.
69
Ishlash prinsipi jihatidan bosimni o‟lchaydigan asboblar
quyidagi guruhlarga
bo‟linadi:
1) o‟lchanayotgan bosimni suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan
muvozanatlashga
asoslangan suyuqlikli asboblar;
2) yuk-porshenli monometrlar - bo‟larda o‟lchanadigan bosim porshenga
ko‟rsatiladigan tashki kuch
orqali muvozanatlanadi;
3) deformatsion manometrlar – ularda o‟lchanadigan bosim turli elastik
unsurlarning deformatsiyasi yoki ularning kuchi bo‟yicha aniqlanadi;
4) elektrik asboblarda bosim elektr kattalikka aylanadi.