80
12.1.Sarf va miqdor to‟g‟risida umumiy ma„lumotlar
Modda miqdori hisobi bilan bog‟liq o‟lchashlarda
muhim tushunchalar, bu
moddaning sarfi va miqdoridir.
Sarf, bu ma„lum moddaning miqdori vaqt birligida quvo‟rning o‟tkazgich
kesimidan o‟tishini ifodalaydi. Sarf ikki turga bo‟linadi: hajmiy sarf va massaviy sarf.
Hajmiy sarf Q
h
(м
3
/сек), (м
3
/соат) va boshqalar bilan o‟lchanadi.
Massaviy sarf Q
m
(kg/s), (kg/soat), (tonna/soat) va boshqalar bilan o‟lchanadi.
Massaviy sarf birliklari hajmiy sarf birliklariga qaraganda tuliqroq ma„lumot
berishi mumkin,
chunki moddaning hajmi ayniqsa, gazlarning
bosim va haroratiga
ko‟p darajada bog‟liq bo‟ladi.
Standartlarga binoan, moddaning sarfini o‟lchash uchun ishlatiladigan o‟lchash
asbobi sarf o‟lchagich, moddaning miqdorini o‟lchash uchun esa miqdor hisoblagich
atamasi qo‟llaniladi.
Sarf o‟lchagichlarning eng ko‟p tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
1) Bosim farqlari o‟zgaruvchan sarf o‟lchagichlar.
2) Bosim farqlari o‟zgarmas sarf o‟lchagichlar.
3) Tezlik bosimli sarf o‟lchagichlar.
4) O‟zgaruvchan satxli sarf o‟lchagichlar.
5) Induksion sarf o‟lchagichlar.
6) Ultratovushli sarf o‟lchagichlar.
7) Kalorimetrik sarf o‟lchagichlar.
8) Ionizatsion sarf o‟lchagichlar.
Miqdor hisoblagichlar o‟lchash usuliga ko‟ra quyidagi guruxlarga bo‟linadi:
1) Hajm hisoblagichlar.
2) Tezlik hisoblagichlar.
3) Vazn hisoblagichlar.
O‟lchanayotgan moddaning turiga ko‟ra sarf o‟lchagichlar mazut, bug‟, gaz va
xokazolarni o‟lchagichlarga bo‟linadi.