78
Yuk kolonkasi 9 ning markazida silliqlangan silindrik kanal bo‟lib, bu
kanalning ichida yuk tarelka 8 li siljuvchi porshen 6 joylashgan. Kolonkaning kanali
porshen 11 ga ega bo‟lgan press bilan ulangan. Bundan tashqari u tekshirilayotgan
manometr 10 bilan bog‟lovchi shtutserlar 5 ga ulangan. Kolonka va shtutser kanallari
ninasimon ventil 4 lar bilan ta„minlangan. Ventil 1
yordamida ishchi suyuqlik
tukiladi.
Ishni boshlashdan avval ventil 3 ochilib, sig‟im 2 dan asbobning gidravlik
tizimi ishchi suyuqlik bilan to‟ldiriladi. Tizimni to‟ldirish
bilan bir vaqtda maxovik
12 ni soat strelkasining yo‟nalishiga qarshi burab porshen 11 aylantiriladi. Porshen 11
oxirigacha aylantirilgan holda sig‟im 2 da ishchi suyuqlik qisman qolishi kerak.
Ishchi suyuqlik sifatida o‟rtacha qovushqoqlikka ega bo‟lgan mineral moy ishlatiladi.
Asbob tulganidan sung ventil 3 biriktiriladi. Keyin maxovik 12 moy bosimi
natijasida
kutarilgan yuk tarelkasi ko‟rsatkichi 7 to‟g‟risiga kelguncha buraladi. Porshenli
manometrning to‟zilishiga ko‟ra uning ishlash prinsipi
gidravlik tizimdagi
o‟lchanayotgan bosimning yuklar kuchini muvozanatlashiga asoslangan.
O‟lchanayotgan bosimning kattaligi haqida muvozanatlovchi yuklar kattaligiga ko‟ra
fikr yuritish mumkin. Porshen va silindr diametrlari bir-biriga moslangan va ularning
sirtlari o‟rtasidagi oraliq bir necha mikrondan oshmaydi. Ishqalanish kuchlarini
e„tiborga
olmagan holda, quyidagi muvozanat shartini yozish mumkin:
;
ef
ort
S
P
Gg
(11.31)
bu еrda
G – юк tarlekasi bilan porshenning og‟irlik kuchi, kg; g – erkin tushish tezlanishi,
m/s
2
;
ort
P
- silindr kanalidagi ortiqcha bosim, Pa;
ef
S - porshenning effektiv yuzasi, m
2
.
Kanal va porshen sirtlari urtasida kichik bo‟lsa ham oraliq borligi natijasida
moy porshen ustiga utib uni asta-sekin pastga tushiradi. Ishqalanish ta„sirini
kamaytirish uchun porshen qul bilan yoki maxsus qo‟rilma yordamida aylantiriladi.
79
Porshenli manometrlar eng aniq ishlaydigan aboblar qatoriga kirib, ular aniqlik
darajasiga ko‟ra ikki razryadga ajratiladi: 1 – razryadli porshenli
asboblarining hatosi
0,01…0,02% ni tashkil qiladi va faqat porshenli manometrlarni tekshirish uchun
ishlatiladi. 2-razryadli porshenli manometrlar 0,05%
aniqlikka ega va namunali
prujinali manometrlarni tekshirish uchun qo‟llaniladi.