84
(Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf
indikatori sifatida ham ishlatiladi.
Asbobning ishlash prinsipi o‟lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga
o‟tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga asoslangan.
Qalqovichning holati o‟zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning ichki devorlari
orasidagi o‟tish kesimi o‟zgaradi, natijada o‟tish
kesimidagi oqimning tezligi
o‟zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko‟ndalang kesimi yuzining birligidagi
massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo‟ladi. Berilgan muhitning har bir sarf
kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi. Rotametrlar bosim farqi
o‟zgaruvchan sarf o‟lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
rotametrlarning shaklallari teng bo‟linmali bo‟lib, uncha katta bo‟lmagan sarflarni
o‟lchashga imkon beradi; bosimning yo‟qotilishi kichik va u sarf kattaligiga bog‟liq
emas, rotametrlarning o‟lchash diapazoni katta:
1
10
min
max
Q
Q
Asbobning o‟lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan
iborat.
Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o‟zgaradi.
Pastdan yuqoriga o‟tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar
muvozanatlashguncha uni yuqori ko‟taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich
ma„lum balandlikda to‟xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‟rsatadi.
Qalqovichning ish
holatidagi, ya„ni o‟lchanayotgan muhitga batamom cho‟kkan paytdagi og‟irligi
)
(
j
j
МV
G
к
k
к
(12.12)
bu еrda
к
G -qalqovichning og‟irligi, kg;
k
V – qalqovich hajmi, m
3
;
к
j – qalqovich
tayyorlangan materialning solishtirma og‟irligi, kg/m
3
; J- o‟lchanayotgan muhitning solishtirma
og‟irligi, kg/m
3
.
Bu holda qalqovichning og‟irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning
og‟irligi yuqoriga yo‟nalgan kuch bilan muvozanatlashadi:
Muhitning o‟zgarmas oqimiga mos bo‟lgan
qalqovichning muvozanat
holatidagi og‟irlik va itaruvchi kuchi o‟rtasidagi tenglik quyidagicha:
V
q
(j
q
-j)
=(P
1
-P
2
)f
0
(12.13)
U holda ishqalanish kuchi e„tiborga olinmaydi; (12.13) tenglama asosida
qalqovichdagi bosimlar farqi:
0
2
1
)
(
f
j
j
V
Р
Р
Р
j
k
(12.14)
ΔP – bosimlar farqi, Pa.
(12.14) tenglama bosimlar farqi qalqovichning hajmi, kesim yuzaga, qalqovich va
muhitning solishtirma og‟irliklariga, ya„ni o‟lchash jarayonida o‟zgarmaydigan
85
kattaliklarga bog‟liqligini ko‟rsatadi. Demak, sarf o‟dchanayotgan
bosimlar farqi
o‟zgarmas. O‟lnayotgan muhitning rotametr devorlari va qalqovich orasidagi o‟tish
tezligi
f
P
P
g
2
1
2
(12.15)
bu еrda
- o‟tish tezligi, m/s; (12.15) tenglamadan
g
j
Р
Р
Р
2
2
2
1
(12.16)
(12.15) va (12.16) tenglamalarni tenglashtirsak, oraliq
oqim tezligiga ega bo‟lamiz
0
*
)
(
2
f
j
j
j
gV
j
k
(12.17)
Oqimning xalqa oralig‟idagi tezligi va uning
yuzasi ma„lum bo‟lgach o‟lchanayotgan
muhitning
hajmiy sarfini aniqlash mumkin:
0
*
)
(
2
f
j
j
j
gV
F
Q
j
k
k
(12.18)
bu еrda Q
q
– o‟lchanayotgan muhitning hajmiy sarfi,
m
3
/soat. Α – sarf koeffitsienti, bu eksperimental kattalik bo‟lib,
suyuqlikning qalqovichga ishqalanish ta„sirini muhit uyurmasi
hosil bo‟lgandagi bosim sarfini nazarda tutadi. Ildiz ostidagi
kattaliklar doimiy bo‟lgani uchun
ularni K koeffitsient bilan
almashtirish mumkin. Unda
K
F
Q
q
(12.19)
Bu bog‟lanish chiziqli bo‟lgani sababli rotametrning shkalasi teng bo‟linmali
bo‟ladi. Rotametrlarning α sarf koeffitsienti analitik usulda aniqlash qiyin bo‟lgan bir
qator kattaliklarga bog‟liq. Shuning uchun har bir rotametr eksperimental ravishda
darajalanadi. Sarf tenglamasiga kirgan barcha kattaliklar darajalanish shartlariga
muvofiq bo‟lgandagina shkalaning bu tarzda darajalanishi aniq bo‟ladi.
Qalqovichning ustki qismi qiya kesiklar tarzida ishlanadi, shu sababli qalqovich
vertikal o‟q atrofida aylanadi. Qalqovich naycha ichida
uning devorlariga tegmay
aylanadi, bunda uning sezgirligi oshadi.
Tajriba va sanoatda shisha va metall korpusli rotametrlar chiqariladi. Metall
korpusli rotametrlar shkalasiz o‟lchov asboblaridir.
12.2-rasmda shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi kursatilgan. Bu
asbob korpus 5 ga ustunlar 4 yordamida urnatilgan konussimon naycha 2 dan iborat.
Naycha ichida pastdan yuqoriga oqadigan suyuqlik yoki gaz oqimi ta„sirida vertikal
86
harakat qiluvchi qalqovich 1 bor. Asbobning shkalasi 3 bevosita naycha ustida
darajalanadi. Hisoblashlar qalqovichning ustki gorizontal tekisligi bo‟yicha olib
boriladi.
Shisha konik naychali rotametrlar suv bo‟yicha 3000 l/soat va havo bo‟yicha
40 m
3
/soat o‟lchov chegarasiga; 0,6 MPa (6 kgk/sm
2
) gacha ish bosimiga
mo‟ljalangan.
Shkalasiz rotametrlar ko‟rsatuvchi yoki qayd qiluvchi
ikkilamchi differensial-
transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ishchi bosim
ta„siridagi muhit sarfini o‟lchash uchun 1,6 va 6,4 Mpa (16 va 64 kgk/sm2) o‟lchash
chegarasi bilan chiqariladi. Bu asboblar kattaroq ortiqcha bosimlarga ham muljallab
chiqariladi. Bundan tashqari, doimiy 0…5 mA tokli chiqish signali bilan ishlaydigan
rotametrlar ham mavjud. Ularning suv bo‟yicha o‟lchash chegarasi 16000 l/soat.
Tarkibiga ikkilamchi asbob kirgan rotametrlarning aniqlik sinfi 2,5.