97
Sathi o‟lchanishi kerak bo‟lgan suyuqlik quyilgan idishga yakkalovchi
material bilan qoplangan elektrodga tushiriladi. Elektrod
idish devorlari bilan
birgalikda silindrik kondensatorni hosil qiladi, uning sig‟imi suyuqlik sathi tebranishi
bilan o‟zgaradi. Sig‟imning kattaligi elektron blok orqali o‟lchanadi va o‟lchash
asbobiga uzatiladi. Bu asbob sath o‟zining ma„lum qiymatiga erishganda
signalizatsiya chizmasida releli unsurdan yoki sathni o‟lchash chizmalarida
ko‟rsatuvchi asbobni tashkil qiladi.
Elektrik sig‟im, odatda, rezonans va ko‟prik chizmalari yordamida o‟lchanadi.
Rezonans usulida o‟lchanayotgan sig‟im induktivlik konturiga
parallel ulanadi va
rezonans konturini hosil qiladi. Rezonans konturi o‟zgartgichning ma„lum
boshlang‟ich
sig‟imidagi
ta„minlovchi
chastota
rezonansiga
rostlanadi.
O‟zgartgichning sig‟imi nazorat qilinayotgan muhit kerakli sathga erishgan yoki
erishmaganligini ko‟rsatadi. O‟zgartgichning sig‟imi o‟zgarishi natijasida uning
chastotasi o‟zgaradi va rezonans bo‟ziladi. Bu usul ko‟pchilik sig‟imli sath
signalizatorlarida ishlatiladi.
Ko‟prik usulida nazorat qilinayotgan sig‟im ko‟prikning bir еlkasiga ulanadi.
Sath o‟zgarishi bilan sig‟im o‟zgaradi va ko‟prikda balans vujudga keladi.
Nobalanslik signali kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan ko‟rsatuvchi
elektr asbobiga uzatiladi. Ko‟prik usuli ko‟pchilik sig‟imli sath o‟lchagichlarda
ishlatiladi. Rezervuardagi sathni o‟lchash chegaralari 0…5 m;
elektron blokdan
sathning distansion ko‟rsatkichigacha bo‟lgan eng katta masofa 1000 m;
rezervuardagi maksimal bosim 2,94
2
/
m
MP
(90
2
/
sm
kG
); yo‟l quyiladigan hato
±2,5%.
Omik sath o‟lchagichlar, asosan, signalizatsiya va elektr o‟tkazuvchi
suyuqliklarni (kislota, ishqor) ma„lum sathda ushlab turish uchun ishlatiladi. Omik
signalizatorlarning ishlash prinsipi ta„minlash manbai elektr zanjirining nazorat
qilinayotgan muhit orqali tutashishga asoslangan.
Bu muhit muayyan omik
qarshilikka ega bo‟lgan elektr zanjiridan iborat. Tajriba omik sath signalizatorlari
2*10-3
sm va undan yuqori o‟tkazuvchanlikka ega bo‟lgan muhitlarda ishlatilishi
mumkinligini ko‟rsatdi.
Signalizator o‟zgartgich va ta„minlash blokidan iborat.
Asbob bir-biridan
yakkalangan ikki elektrodni o‟z ichiga oladi. Ta„minlash blokida pasaytiruvchi
transformator bilan elektromagnit rele kiradi. Agar suyuqlik sathi elektrodlardan past
bo‟lsa, elektrodlar o‟rtasidagi elektr zanjir ulanmaydi. Suyuqlik sathi ko‟tarilganda
elektrodlar ulanib zanjir orqali tok o‟ta boshlaydi. Transformatorning ikkilamchi
cho‟lg‟amida kuchlanish induktivlanadi.
Elektromagnit rele g‟altagidan tok o‟tadi va kontaktlar signal lampasi zanjirini
ulaydi. Elektrodlar sifatida metall sterjen yoki naychalar va ko‟mir
elektrod
ishlatiladi.
Asbob 24 V gacha doimiy kuchlanish yoki 36 V gacha o‟zgaruvchan
kuchlanish bilan ta„minlanadi. Kuchlanishning kattaligi nazorat qilinayotgan
muhitning o‟tkazuvchanligiga, uning turi (doimiy yoki o‟zgaruvchan) esa muhitning
xususiyatlariga bog‟liq.
Asboblar ishchi muhitning 2000S gacha bo‟lgan haroratida ±10 mm hato bilan
ishlaydi.
98
Barcha elektrodli asboblarning kamchiligi ularni qovushqoq,
kristallanuvchi,
qattiq cho‟kmalar hosil qiluvchi muhitlarda ishlatib bo‟lmasligidan iborat.
Sig‟imli va omik elektr sath o‟lchagichlarda hamda signalizatorlarning turli
ishlatish sharoitlariga mo‟ljallangna katta nomenklaturasi ishlab chiqariladi. Ularning
ko‟pchiligi kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi.