Standart toraytuvchi qo‟rilmalar




Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/75
Sana06.12.2023
Hajmi1,96 Mb.
#112256
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
1-ìàúð¢çà Êèðèø

 
13.3. Standart toraytuvchi qo‟rilmalar 
 


91 
Sarfni o‟lchashga mo‟ljallangan toraytirish qurilmalarini hisoblash uslub va 
tartibi Davlat Standartlar qumitasi tomonidan tasdiqlangan maxsus normativ hujjatda 
«Suyuqlik, gaz va bug‟lar sarfini standart difmanometr hamda soplolar orqali 
o‟lchashning 50-213-80 qoidalari»da aniqlangan. Toraytirish qurilmalarini har 
tomonlama o‟rganish diafragma, soplo va Venturi soplolarini normallashtirishga, 
natijada esa bu asboblarni difmanometrlar komplektida qiya, vertikal, dumaloq 
quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‟larning sarfi hamda miqdorini o‟lchash uchun 
ishlatishga imkon tug‟ildi. 13.3-rasmda standart diafragma tasvirlangan. Bu 
diafragma maxsus darajalanishsiz hisoblanadi va diametri 50 mm hamda undan katta 
quvurlar uchun 0,05kiradigan tomoni konsentrik teshikli yupqa diskdan iborat. Uning chiqish tomoni 
30…450 li konussimon qilib charxlanadi. Diafragma quvur devorlariga nisbatan
konsentrik shaklda o‟rnatiladi. Diafragmani 
tayyorlashda uning materiali o‟lchanayotgan 
muhit xususiyatlariga ko‟ra tanlanadi. Tanlangan 
material diafragmaning shaklini va o‟tkirligini 
saqlaydigan bo‟lishi kerak. Odatda bu materiallar 
sifatida turli markadagi zanglamaydigan po‟latlar 
tanlanadi. Quvo‟rning diametri katta bo‟lganda, 
diafragma konussimon kengayishsiz ishlanishi 
mumkin. 
 
 
13.3-rasm. a) standart diafragma b) montaj chizmasi 
 
Standart diafragmalar kamerali (13.3-rasm, 
o‟qdan yuqori) va kamerasiz (13.3-rasm, o‟qdan 
past) bo‟lishi mumkin. DK tipidagi xalqa kamerali diafrashmalar Dsh - 50…500 mm 
shartli diametrli va Rsh =100 kgk/sm
2
(10 MPa) gacha shartli bosimli quvurlarda (DC 
355-67) ishlatiladi. Xalqa kamerali diafragmalar bosimlar farqini tanlash uchun qulay 
va aniq ishlaydi, lekin tayyorlanishi murakkab hamda metall ko‟p sarflanadi. Odatda, 
bunday diafragmalar asbobsozlik zavodlarida buyurtmalarga muvofiq tayyorlanadi. 
Kamerasiz diafragmalar Dsh=400…1600 mm shartli diametrli va Rsh=25 kgk/sm
2
(2,5 MPa) gacha shartli bosimga muvofiq Davlat standarti 4322-69 bo‟yicha 
tayyorlanadi. Diafragma quvur o‟tkazgich flaneslari orasiga o‟rnatiladi (13.3-rasm, b) 
Standart diafragma (1) xalqali kameralar 2 va 3 yordamida biriktiriladi. Kameralar 
quvur kesimi bilan oraliqlar hisobiga bog‟langan xalqa qistirmalar bilan 


92 
ta„minlangan. Kameralar maxsus parmalanishlar yo‟li bilan naychalar 4 bilan 
ulangan. 
13.4-rasmda ko‟rsatilgan standart soplolar qizdirilgan gaz, bug‟ hamda tajovuz 
suyuqliklar sarfini o‟lchash uchun ishlatiladi. Bu asboblar maxsus darajalanishsiz, 
diametri 50 mm va undan katta quvurlarda 0,05Oqimning kirishi tomonidagi teshik ravon dumaloqlangan, uning chiqishi tomonida 
silindrik nasadkaga aylanadigan qismi bor. Silindrik qismining chiqish qirrasi o‟tkir 
va to‟g‟ri turtburchak shaklida bo‟lishi kerak. Chiqish qirrasini mexanikaviy 
shikastlanishdan saqlash maqsadida soplo uchi charxlanadi. 
Soploning ichki silindrik qismi silliqlangan. Bosimlar farqi xuddi 
diafragmadagidek xalqali kameralar (13.4-rasm, o‟qdan baland) yoki alohida 
parmalanishlar (13.4-rasm, o‟qdan past) yordamida o‟lchanadi. Diafragmalarga 
qaraganda soplolar zanglashga chidamli, ifloslanmaydigan, o‟lchash aniqligi yuqori 
bo‟ladi. 
Mavjud Venturi quvuri orasida chiqish qismi standart soploniki kabi 
tayyorlangan quvurlar normallashtirilgan. 
Shuning uchun bunday toraytirish qurilmalari Venturi standart soplosi nomini 
olgan. Bu qurilma uzun yoki qisqa diffuzorli qilib tayyorlanishi mumkin. 
Uzun 
diffuzorli 
Venturi 
soplosining eng katta diametri quvur 
diametriga teng bo‟lishi mumkin 
(13.5-rasm, 
pastki 
qism), 
qisqa 
diffuzorli soploning diametri esa 
quvo‟rnikidan kichik (13.5-rasm ustki 
qism). Uzun soplolar kam ishlatiladi, 
chunki ularning narxi qimmat va 
bosim 
yo‟qotilishi 
qisqa 
soplolarnikiga nisbatan bir oz kam. 
Bosimlar farqi alohida teshiklar orqali 
asbobga uzatiladi. Bu teshiklarning 
soni aylana bo‟yicha 4…6 ta dan kam bo‟lmasligi kerak. 
Venturi soplosi diametri 50 mm va undan katta quvurdagi turli muhitlar sarfini 
o‟lchash uchun darajalanishsiz ishlatiladi, shu bilan birga 0,05≤m≤0,6 shart 
bajarilishi kerak. Bosimning yo‟qotilishi muhim ahamiyatga ega bo‟lgan hollarda 
Venturi soplosi ishlatiladi. Bosimning yo‟qotilishini kamaytirish uchun ayrim 
xollarda Venturi quvuri ishlatiladi. Bu quvurlar faqat zavodda tayyorlanadi. 
Ifloslangan gaz va suyuqliklar sarfini o‟lchash uchun maxsus segment diafragmalar 
hamda o‟tish teshigi ekssentrik joylashgan diafragmalar ishlatiladi. Bunday 
diafragmalarni tayyorlash uchun sarf koeffitsientini albatta hisobga olish kerak. Ular 
quvurlarga o‟rnatilgandan keyin ish sharoitida indivudual kalibrlanishi kerak. Davlat 
standarti 8140-72 ga muvofiq, mamalakatimizda chiqariladigan difmanometrlar 
quyidagi raqamlarga to‟g‟ri keladigan bosimlar farqi chegaralariga mo‟ljallangan: 
1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,3; 10; 16; 25; 63; 100; 160; 250; 400; 1000; 1600; 2500 kgk/m
2

shuningdek, 0,4; 0,63; 1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,3 kgk/sm
2
difmanometrning yuqori 
o‟lchash chegarasi berilgan maksimal sarfga mos bo‟lishi kerak. 


93 

Download 1,96 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish