Gidrostatik satx o‟lchagichlar




Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/75
Sana06.12.2023
Hajmi1,96 Mb.
#112256
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
1-ìàúð¢çà Êèðèø

14.3.Gidrostatik satx o‟lchagichlar 
Gidrostatik sath o‟lchagichlar ochiq rezervuar hamda bosim ostidagi ishlarda 
turli suyuqliklar (jumladan tajovuzkor, tez kristallanuvchi va qovushqoq moddalar) 
sathini o‟lchashda ishlatiladi. Bu asboblarda suyuqlik sathini o‟lchash suyuqlik ustuni 
hosil qiladigan bosimni o‟lchash bilan amalga oshiriladi, ya„ni 
g
H
P


(14.2) 
bu еrda P – suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim, Pa; H – suyuqlik sathi, m; 

- suyuqlik 
zichligi, kg/m
3
; g – og‟irlik kuchining tezlanishi, m/s
2

(14.2) tenglama bosimni o‟lchash asosida sath datchiklarini qurish 
mumkinligini ko‟rsatadi. Gaz yoki havoni uzluksiz haydaydigan pezometrik va 
suyuqlik ustunini bevosita o‟lchaydigan gidrostatik sath o‟lchagichlar mavjud. 
Pezometrik sath o‟lchagich asbob rezervuarga tushiriladigan naycha va bu naychaga 
ulangan hamda naycha ichidagi gaz bosimini o‟lchaydigan manometrdan iborat. 
Qisilgan havo kompressordan filtr va reduktor orqali beriladi. 
Reduktor havoni naycha orqali berishni rostlaydi. Havo berilishini nazorat 
qilish uchun vizual nazorat asbob yoki rotametr xizmat qiladi. Naychadagi havo 
bosimi rezervuarni to‟ldirayotgan suyuqlik sathiga proporsional. 


96 
Suyuqlik sathini o‟lchash paytida ma„lum sharoitlarda statik elektr toki paydo 
bo‟lishi mumkin. Shuning uchun tez alangalanuvchi va portlash xavfi bor 
suyuqliklarni nazorat qilishda siqilgan gaz sifatida karbonat angidrid, azot, tutunli 
gazlar yoki maxsus pezometrik sath o‟lchagichlar ishlatiladi. Bunday asboblar 
suyuqlikning doimiy zichligida ±1,5% aniqlik bilan o‟lchaydi. 
Idishdagi suyuqlik ustunining bosimini o‟lchaydigan har qanday tizimning 
difmanometri gidrostatiik sath o‟lchagichning boshqa turidir. Difmanometr orqali 
ochiq va yopiq rezervuarlardagi suyuqliklar sathini, ya„ni bosim ostidagi yoki 
siyraklanish sharoitidagi suyuqliklar sathini o‟lchash mumkin. Bunday asboblarning 
ishlash prinsipi ikki suyuqlik ustunining bosimlar farqini o‟lchashga, ya„ni 
rezervuardagi suyuqlik sathiga bog‟liq bo‟lgan o‟zgaruvchan suyuqlik bosimini va 
solishtirish o‟lchovi vazifasini bajaruvchi doimiy ustun bo‟yicha bosimni o‟lchashga 
asoslangan. Bosimlar farqi rezervuar tubidan pastga o‟rnatilgan difmanometr orqali 
o‟lchanadi.
Difmanometrning musbat va manfiy kameralari rezervuar bilan impuls naylar 
orqali bog‟langan. Sathni difmanometr orqali o‟lchashda albatta tenglashtiruvchi 
idish o‟rnatilgan. Bu idish rezervuardagi suyuqlik bilan ma„lum sathgacha 
to‟ldiriladi. Tenglashtiruvchi idishning vazifasi difmanometr tirsaklaridan birida 
suyuqlikning doimiy ustunini ta„minlashdan iborat. Difmanometrning ikkinchi 
tirsagidagi suyuqlik ustunining balandligi rezervuardagi sath o‟zgarishiga qarab 
o‟lchanadi. Rezervuardagi har bir sath o‟zgarishiga qarab o‟lchanadi. Rezervuardagi 
har bir sath qiymatiga bosimlarning muayyan pasayishi mos keladi. Bu hol bosim 
pasayishining kattaligiga qarab sath holati haqida fikr yuritishga imkon beradi. 
Tajovuzkorkor suyuqliklar sathini o‟lchashda difmanometr tajovuzkor muhit 
ta„siridan himoyalanadi. Bunday sath o‟lchagichlar etarli darajada aniq ishlaydi, lekin 
suyuqlik zichligining o‟zgarishini o‟lchovga ko‟rsatgan ta„sirini e„tiborga olish lozim 
va asbobni darajalashda buni nazarda to‟tish kerak. Sathni nazorat qilish uchun 
ko‟rsatishlarni masofaga pnevmatik yoki elektrik uzatishga ega bo‟lgan nayli, 
qalqovichli, membranli va boshqa turdagi difmanometrlar ishlatiladi. 

Download 1,96 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish