• Naychasimon prujinali asboblar
  • Deformatsion prujinali bosim o‟lchash asboblari




    Download 1,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/75
    Sana06.12.2023
    Hajmi1,96 Mb.
    #112256
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
    Bog'liq
    1-ìàúð¢çà Êèðèø

    11.3.Deformatsion prujinali bosim o‟lchash asboblari 
     
    Prujina, manometr, vakuummetr, tyagometr, naporomer, differensial manometr 
    va barometr asboblarning bosimini siyraklanishini va bosim o‟zgarishini o‟lchash 
    uchun keng qo‟llaniladi.
    Prujina asboblarning ishlash prinsipi turli elastik unsurlarning deformatsiyasi 
    miqdorini o‟lchashga asoslangan. Sezgir unso‟rning deformatsiyasi ta„sirida uzatish 
    mexanizmlari yordamida asbob shkalasi burchakli yoki chiziqli o‟zgaradi. Asbobda 
    qo‟llanilgan sezgir unsurning turiga ko‟ra naychasimon, membranali va silfonli 
    manometrlar mavjud. Prujina asboblar namunali va ishlovchi, ya„ni turli ishlab 
    chiqarish jarayonlaridagi bosim va siyraklanishni o‟lchash uchun ishlatiladi. 
    Naychasimon prujinali asboblar. Sezgir unsur sifatida naychasimon 
    manometrik prujina ishlatilgan deformatsion asboblar tajriba va ishlab chiqarish 
    amaliyotida keng tarkalgan. Ayniqsa bir uramli naychasimon prujina asbob – 
    manometr, vakuummetr, manovakuummetr va difmanometrlar juda ko‟p qo‟llaniladi. 
    Naychasimon prujinali asboblarning ishlash prinsipi o‟lchanayotgan bosimni bir 
    uramli yoki ko‟p uramli naychasimon prujinaning elastik deformatsiya kuchi bilan 
    muvozanatlashga asoslangan. 
    Aylana yoyi bo‟yicha bukilgan elliptik yoki yassi oval kesimli naychasimon bir 
    uramli prujina naycha ichidagi ortiqcha bosim yoki siyraklanishning o‟zgarishi 
    natijasida o‟zining bukilishini o‟zgartiradi (11.5-rasm). 
    Prujina burilishidagi burchak o‟zgarishi Δj ni quyidagi formuladan aniqlanadi: 
    Δj=
    J
    b
    b
    b




    (11.29) 
    bunda b – prujina ellipsining kichik yarim uqi. M.


    76 
    Naycha uchining siljish yo‟nalishini ko‟rsatuvchi τ burchak quyidagicha 
    ta„riflanadi: 
    J
    J
    J
    arctg
    sin
    cos
    1




    (11.30) 
    Naycha 
    ichidagi 
    ortiqcha 
    bosim 
    oshirilganda elliptik yoki yassi oval kesim 
    doiraviy kesimga yaqinlashadi, ya„ni ellips 
    yoki ovalning kichik o‟qi kattalashib, katta 
    o‟qi kichiklashadi va naycha teskari 
    yo‟nalishda buriladi. Naychada siyraklanish 
    hosil bo‟lganda u buriladi. Naycha tavsiflari 
    va erkin uchining siljish kattaligi bir qator 
    omillarga bog‟liq, ulardan eng muhimlari: 
    naycha o‟qlarining nisbati, devorlarining 
    qalinligi, materialning elastiklik moduli va 
    naycha yoyining egilish radiusidir. 
    11.6-rasmda 
    bir 
    o‟ramli prujinali 
    umumiy ishlab chiqarish manometrlarining 
    kinematik 
    chizmasi 
    keltirilgan. 
    Bosim 
    o‟zgarishi natijasida prujina 3 uchining siljishi tortqi 5 orqali o‟q 6 aylanayotgan 
    sektor 1 ga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribka 2 
    ning aylanishiga olib keladi. Tribkaning o‟qiga ko‟rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan. 
    Yuqori bosimli (98 mN/m
    2
    dan oshiq) manometrlarda doiraviy kesimli po‟lat 
    naychalar ishlatiladi. Naychaning bo‟sh uchida siljish uncha katta bo‟lmagan sababli, 
    ko‟pincha, ko‟p o‟ramli naychasimon prujinalar ishlatiladi. Ko‟p o‟ramli (gelikoidal) 
    naychasimon prujinali manometrlarning ishlovchi organi olti – tuqqiz o‟ramli yassi 
    naychadan hosil qilingan silindrik spiral shakliga ega. 
    11.7-rasm. Gelikoidal naychasimon prujinali manometrlar o‟ziyozar va 
    ko‟rsatishlarni masofaga uzatuvchi bo‟ladi. Bu manometrlarning tuzilishi 11.7-
    rasmda ko‟rsatilgan. Shtutser 2 ga ga ko‟rsatilgan (o‟lchanayotgan) bosim kapillyar 
    naycha 1 orqali gelikoidal prujina 5 ga ta„sir qiladi. Prujinaning bir uchi asbob 
    korpusiga biriktirilgan burchakli lineykaga, ikkinchisi esa o‟q 6 bilan ulangan. Bosim 
    ko‟tarilishi bilan prujinaning erkin uchi suriladi va o‟q 6 ni aylantiradi. O‟qning 
    aylanishi richag 7 va tortqi 10 orqali richag 4 ga uzatiladi hamda strelka 3 ni siljitadi. 
    Shunday qilib, bosimning o‟zgarishi uchiga pero 7 biriktirilgan strelka 3 ni 
    proporsional burchakka buradi. Pero ko‟rsatishlarni diagrammali qog‟oz 12 ga 
    yozadi. Qog‟oz soat mexanizmi va elektr yuritgich orqali strelka 3 ni u yoki bu 
    tomonga surish mumkin. 
    Naychasimon prujinali manometrlar ko‟rsatishlarni hisoblash, yozish, 
    signalizatsiya qilish va ko‟rsatishlarni masofaga uzatish mo‟ljallangan. 

    Download 1,96 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




    Download 1,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Deformatsion prujinali bosim o‟lchash asboblari

    Download 1,96 Mb.
    Pdf ko'rish