• Boshqaruv shinasi
  • 1. Masshtablashtirish Masshtablilik protsessorlarning soni va quvvatini, operativ va tashqi xotiralar hajmini va hisoblash tizimlarining boshqa resurslarini oshirishni o`zida aks ettiradi




    Download 1,02 Mb.
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,02 Mb.
    #124958
    Bog'liq
    7-12


    1. Masshtablashtirish - Masshtablilik protsessorlarning soni va quvvatini, operativ va tashqi xotiralar hajmini va hisoblash tizimlarining boshqa resurslarini oshirishni o`zida aks ettiradi. Masshtablilikni kompyuterning arxitekturasi va konstruksiyasi, bundan tashqari mos dasturiy vositalar ta`minlashi kerak.
    Har bir yangi protsessorning qo`shilishi haqiqatdan qulay narxda masshtablanuvchi tizimda bashorat qilingan unumdorlik va o`tkazuvchanlik imkoniyatining oshishini ta'minlab berishi kerak. Masshtablanuvchi tizimlarni yaratishning asosiy vazifalaridan biri, tizimni kengaytirish, narxini kamaytirish va rejalashni soddalashtirishdan iborat. Ideal holatda tizimga kompyuterni qo`shish uning unumdorligini chiziqli o`sishiga olib kelishi kerak.
    2. Dasturiy ta`minotning mosligi va mobillilik - Dasturiy moslik qoidasi birinchi marta IBM/360 tizimini ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng miqyosda qo`llanilgan. Ushbu tizimning bir qancha modellarida loyihalashning asosiy vazifasi - narxi va unumdorligidan qat'iy nazar tizimning barcha modeli uchun foydalanuvchilar nuqtai nazarida bir xil bo`lgan arxitekturani yaratishdan iborat bo'lgan. Bunday yondashuvning katta afzalligi shundaki, mavjud dasturiy ta`minotda bajarilayotgan ishlar yangi (qoida bo`yicha bir muncha yuqori unumdorli) modelga o`tganda mavjud ish holatini saqlash imkonini beradi. Shu vaqtdan boshlab amalda barcha kompyuter qurilmalarini ishlab chiqaruvchi firmalar ushbu qoida bilan qurollanib olishdi. Bu orqali kompyuter seriyalarining mosligini ta'minlay boshlashdi. Shundan bilinadiki, vaqt o'tishi bilan eng ilg'or arxitektura ham eskiradi va u arxitekturaga va hisoblash tizimlarni tashkil etish usullariga o`zgartirish kiritish zarur bo`lib qoladi.
    3. Xotira turlari haqaida tushunchalar

    Operativ xotira, Doimiy xotira, Kesh xotira, Vinchestr(Qattiq disk) CD va DVD disklar, Flesh xotiralar, va hkz.
    4. EDO va SDRAM xotira turlarining xarakteristikalari. Extended Data Out -bu FPM xotiralarning mukammalashgan turi bo`lib uni ba`zida Hyper Page Mode deb ham atashadi. EDO turidagi xotiralar Micron Technology firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va patentlashtirilgandir. FPM turidagi xotiralardan farqli ravishda, EDO turidagi xotiralarda xotira kontrolleri adres ustunini o`chirayotganida mikrosxemadagi ma`lumotlarni chiqarish drayverlari o`chmaydi. Bu esa oldingi va keyingi sikllarni ulashni ta`minlaydi va har bir siklda taxminan 10 ns vaqtni tejashga yordam beradi.
    SDRAM (Synchronous DRAM) - bu DRAM xotiralarining turi bo`lib, uning ishi shina bilan moslashtiriladi (sinxronlashtiriladi). SDRAM yuqori tezlikli sinxronizatsiya interfeysini ishlatuvchi ma`lumotlarni yuqori tezlikli paketlarda uzatadi. SDRAM asinxron DRAM uchun shart bo`lgan ko`pgina kutislarni chetlab o`tishga imkon beradi, chunki unda ishlatiladigan signallar sistemali platalarning takt generatori bilan moslashtiriladi. SDRAM xotiralarining samaradorligi FPM yoki EDO xotiralarining tezligidan ancha katta. SDRAM - dinamik xotiraning turi bo`lgani uchun uning boshlang`ich sikli FPM va EDO larniki bilan bir xil, lekin umumiy sikllar vaqti. ancha qisqa. x-y-y-y sxema bo`yicha SDRAM 5-1-1-1 sxemada ishlaydi, yani to`rtta o`qish amali sistemali shinaning 8 siklida tugaydi. Bundan tashqari SDRAM 100 MGts va undan yuqori chastotalarda ishlaydi. SDRAM xotiralari DIMM modullari sifatida yetkaziladi va uning tezkorligi nanosekundlarda emas balki megagertslarda o`lchanadi.

    5. RDRAM va DDR xotira turlarining xarakteristikalari.


    RDRAM yoki Rambus DRAM qolgan xotira turlaridan tubdan farq qiluvchi xotira turi bo`lib, u 1999-yildan boshlab yuqori tezlikli kompyuterlada ishlatiladi. Oddiy turdagi xotiralar (FPM/EDO va SDRAM) odatda keng kanalli sistema deb ataladi. Xotira kanali kengligi protsessorning ma`lumotlar shinasi kengligiga teng. SDRAM xotiralarining DIMM ko`rinishidagi maksim al samaradorligi 800 Mbayt/s dir. RDRAM mikrosxemalari o`tkazish qobiliyatini oshiradi - ularda ikkilangan ma`lumotlar shinasi ishlatilgan, chastota 800 MGts gacha oshirilgan, o`tkazish qobiliyati esa 1,6 Gbayt/s ni tashkil etadi. Samaradorlikni oshirish uchun ikki va to`rt kanalli RDRAM lardan foydalanish mumkin, bunda ma`lumotlari uzatish tezligi mos ravishda 3,2 yoki 6,4 Gbayt/s ni tashkil etadi
    DDR (Double Data Rate) -ma`lumotlarni uzatishning ikki martali tezligi xotirasi. Bu SDRAM xotirasining yanada mukammallashgan standartidir. Bu turdagi xotiralarni ishlatishda ma`lumotlarni uzatish tezligi ikki barobargacha ortadi. Bu narsaga takt chastotasini orttirish xisobiga emas balki har bir siklda ikki marta ma`limotni uzatish xisobiga amalga oshiriladi, birinchisi sikl boshida, ikkinchisi - oxirida. Shu tufayli o`tkazish tezligi ikki marta ortadi.

    6. OXQ ning strukturaviy sxemasi haqida tushunchalar





    • Boshqaruv shinasi bo’ylab bajarilishi kerak bo’lgan amalni aniqlovchi signal uzatiladi.

    • Berilganlar shinasi bo’ylab xotiraga yoziluvchi yoki undan o’qilishi kerak bo’lgan axborot uzatiladi.

    • Adres shinasi bo’ylab almashinuvdv qatnashuvchi xotira elementlariadreslari uzatiladi. Berilganlar mashina so’zlari ko’rinishida uzatiladi.

    Download 1,02 Mb.




    Download 1,02 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Masshtablashtirish Masshtablilik protsessorlarning soni va quvvatini, operativ va tashqi xotiralar hajmini va hisoblash tizimlarining boshqa resurslarini oshirishni o`zida aks ettiradi

    Download 1,02 Mb.