|
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqich-lardan iborat
|
bet | 1/2 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 15,66 Kb. | | #156511 |
Bog'liq Kurs ishini yozisga tavsiya
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqich-lardan iborat:
1. Mavzu tanlash.
2. Foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni izlab topish va ularning ro‘yxatini tuzish.
3. Kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig‘ish.
4. Kurs ishi rejasini tuzish.
5. Rejaga mos bo‘lgan savollarni batafsil o‘rganish ma’lumot-larni tahlil qilish.
6. Olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish va tahlil natija-sida batafsil, mantiqan to‘g‘ri bayon qilish.
7. Kurs ishida keltirlgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish.
8. Ilmiy rahbar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni barta-raf etish va takliflarni e’tiborga olish.
9. Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirish.
10. Kurs ishini himoya qilish.
Mavzu tanlash
Kurs ishi yozishdagi asosiy masalalardan biri, talabalar tomonidan uning mavzusini to‘g‘ri tanlashdir. Hamma fanlarda bo‘lganidek “Differensial tenglamalar va matematik fizika tenglamalari” fanidan ëziladigan kurs ishi mavzusi ham talabalar tomonidan mavzular ro‘yxatidan tanlanadi (1-ilovaga qarang).
Talabalarning tanlagan mavzulari bir xil bo‘lib qolmasligi lozim.
Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega. Mavzu tanlangandan so‘ng, kurs ishi ëzish masalasida albatta ilmiy rahbar bilan maslahatlashib olish kerak.
Kurs ishini yozish tartibi
Kurs ishining umumiy hajmi qo‘l yozmada 25-30 varaqdan kam bo‘lmasligi kerak. Ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi. Titul varag‘i belgilangan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi (3-ilovaga qarang).
Masalan, talaba “Bir jinsli bo‘lmagan tenglama uchun Dalamber formulasi” mavzusida kurs ishi tanladi.
Talaba mavzu bo‘yicha reja tuzish uchun avvalo unga mos adabiyotlarni o‘rganishi kerak. Misol uchun, ushbu mavzu bo‘yicha quyidagicha reja tuzilishi mumkin (4-ilovaga qarang).
Tuzilgan reja bo‘yicha kurs ishini yozish tartibi tushuntirib beriladi. Kirish qismi – kurs ishining boshlang‘ich qismi bo‘lib, ishning asosiy ma’nosini bayon qiladi.
Kirish qismdan so‘ng, asosiy qism keladi, ya’ni u bir nechta savollardan iborat bo‘lib, bunda asosan ushbu mavzuni asosiy mohiyati to‘liq va batafsil ochib beriladi.
|
| |