• 1) Ma’lumotlarning bir qismi
  • 2) Firma operatsiyalari haqidagi
  • 3) Boshqarishning yuqori darajalarida
  • AKTga doir O’zbekiston Respublikasi qonuniy – me’yoriy hujjatlari
  • 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi




    Download 257,28 Kb.
    bet10/36
    Sana13.01.2024
    Hajmi257,28 Kb.
    #136546
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
    Bog'liq
    1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org

    Ma’lumotlar bazasi. U qarorlarni qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida muhim rol o’ynaydi. Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob ‒ kitoblar uchun foydalanilishi mumkin. Ma’lumotlar manbalari va ularning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

    1) Ma’lumotlarning bir qismi axborot tizimidan operatsiyaviy darajaga kelib tushadi. Ulardan samarali foydalanish uchun bu ma’lumotlar oldindan qayta ishlanishi lozim. Buning uchun ikki imkoniyat mavjud:
    • firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimi tarkibiga kiruvchi ma’lumotlar bazasi­ning boshqaruv tizimidan foydalanish lozim;
    • ma’lumotlarning maxsus bazasini yaratgan holda qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash tizimidan tashqarida qayta ishlashni amalga oshirish.
    Bu variant ko’p miqdorda tijorat operatsiyalarni amalga oshiruvchi firmalar uchun to’g’ri keladi. Firma operatsiyalari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar fayllarini hosil kiladi, ular kirishga ishonchlilik va tezlikni oshirish uchun qarorlarni qabul qilishni qullab-quvvatlash tizimidan tashqarida saqlanadi.


    2) Firma operatsiyalari haqidagi ma’lumotlardan tashqari, qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash ti­zimi ishlashi uchun boshqa ichki ma’lumotlar, masalan, xodimlarning harakatlanishi haqidagi ma’lumot­lar, muhandislik ma’lumotlari va hokazolar talab etiladi, ular o’z paytida to’planishi, kiritilishi va ishlanishi lozim. .

    3) Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash uchun tashqi manbalardan olinadigan ma’lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Raqobatchilar, milliy va dunyo iqtisodiyoti haqidagima’lumotlarni zarur tashqi ma’lumotlar qatoriga qo’shish mumkin. Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda, tashqi ma’lumotlar odatda ularni yig’ishga ixtisoslashgan tashkilot tomonidan sotib olinadi.
    AKTga doir O’zbekiston Respublikasi qonuniy – me’yoriy hujjatlari

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» 2002 yil 30 maydagi PF–3080–son Farmoni
    Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab – ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart –sharoitlarni yaratish maqsadida:

    1. Quyidagilar kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:


    zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almaShuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma – bosqich o’tish;


    real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo’lishlari uchun shart – sharoitlar yaratish;
    maktablar, kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo’llanishga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini kiritish;
    axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot – kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
    axborot – kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda tutgan holda mamlakatning barcha hududida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, Shu jumladan ko’chma aloqa, IP texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
    milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g’oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi punktlari, Shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini ta’minlash;
    sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni rag’batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
    mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga ko’maklashish.
    2. Kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilsin.
    Belgilab qo’yilsinki, Muvofiqlashtiruvchi Kengash kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida yuqori muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
    3. Muvofiqlashtiruvchi Kengash zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
    kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalarga va mamlakatni ijtimoiy –iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi ustuvor yo’nalishlarini belgilash;
    kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun qulay shart – sharoitlar hamda iqtisodiy omillarni vujudga keltirish yuzasidan Hukumatga takliflar kiritish;
    kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasiga oid dasturlar, loyihalar, me’yoriy – huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan o’tkazilishini tashkil etish;
    axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan mutaxassislarni chet ellarda o’qitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
    axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobat muhitini shakllantirishga ko’maklashish, innovatsiya biznesini, Shu jumladan mahalliy dasturiy vositalar va kompyuter texnikasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni qo’llab – quvvatlash, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini kompyuterlashtirish uchun shart – sharoitlar yaratish;
    axborot – kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar, homiylik mablag’lari va grantlarni jalb etishga, ta’lim muassasalarining axborot tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga ko’maklashish.
    4. Muvofiqlashtiruvchi Kengash 2002 yilning 1 oktyabriga qadar:
    2003 – 2010 yillarda telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish milliy tarmog’ini rivojlantirish dasturini;
    2003 – 2010 yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarini joriy etish dasturini;
    2010 yilgacha bo’lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi taqdim etsin.
    5. O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etilsin hamda unga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin;
    mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon–telegraf va pochta aloqasi, matbuot tarqatish, ma’lumot uzatish tarmoqlari, Shu jumladan Internet, radioaloqa, radio eshittirish va televidenie tarmoqlarini barpo etish, faoliyatini yo’lga qo’yish va xizmatlar ko’rsatish sohasidagi strategik ustuvor yo’nalishlarni ro’yobga chiqarish;
    pochta aloqasi tizimi faoliyatini boshqarish, telekommunikatsiyalar va axborot uzatish tarmoqlarini rivojlantirishni davlat tomonidan boshqarish, ushbu sohalarda raqobat muhitini vujudga keltirish, tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash;
    axborot tizimlari, telekommunikatsiyalar va ma’lumot uzatish tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoit yaratish;
    zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalariga oid mahalliy standartlarni, texnik shartlar va talablarni ishlab chiqib, ularni tasdiqlash;
    axborot resurslari bozorini rivojlantirish, davlat boshqaruvi, biznes, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim sohalarida, Shuningdek jamiyat hayotining boshqa sohalarida axborot almaShuvning elektron shakllariga o’tish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qilish.
    O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning ishchi organi etib belgilansin.
    O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi 2002 yilning 1 avgustiga qadar yirik xorijiy va mahalliy kompyuter hamda axborot kompaniyalari bilan birgalikda Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazini tashkil qilsin.
    6. Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash byudjetdan tashqari jamg’armasining nomi Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg’armasi deb o’zgartirilsin.
    Byudjetdan tashqari jamg’armaga ma’lumot uzatish tarmoqlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi ustuvor loyihalari va ilmiy–tadqiqot ishlarini mablag’ bilan ta’minlash vazifasi yuklansin.
    1. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirilsin.


    2002/2003 o’quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, tarmoq texnologiyalari, ko’chma radiotelefon aloqasi, elektron tijorat va axborot xavfsizligi sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanishi nazarda tutilsin.


    1. 2006 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan muddatga:


    respublikaga olib kelinayotgan kompyuter ma’lumotlarini uzatish tarmoqlarini barpo etishga mo’ljallangan asbob – uskunalar, kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar, Shuningdek dasturiy vositalar bojxona to’lovlarini (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig’im bundan mustasno) to’lashdan;


    kompyuter va axborot texnologiyalariga o’qitish bo’yicha xizmatlar, dasturiy vositalarni sotish, Shuningdek ularga servis xizmatlari ko’rsatish qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etilsin.

    1. 2002 yilning 1 iyulidan boshlab dasturiy vositalar ishlab chiqarish, kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarga servis xizmatlari ko’rsatish, aholiga kompyuter texnikasida va axborot texnologiyalari bilan ishlashni o’rgatish yuzasidan xizmat ko’rsatish bo’yicha ixtisoslashgan tashkilotlarga (ularning katta–kichikligidan qat’i nazar) yagona soliq to’lash tartibi tatbiq etilsin.


    2. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


    3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin. 12. Mazkur Farmon matbuotda e’lon qilinsin.





    Download 257,28 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




    Download 257,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi

    Download 257,28 Kb.