|
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
|
bet | 12/36 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 257,28 Kb. | | #136546 |
Bog'liq 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.orgVazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
O’zbekiston Respublikasi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida» 2002 yil 12 dekabrdagi 439–II–son Qonuni
1 – modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash xuquqlari ro’yobga chiqarilishini, Shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
2 – modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3 – modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
axborot mulkdori – o’z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo’l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi Yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;
axborot resurslari – alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari;
|
| |