|
1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi
|
bet | 15/36 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 257,28 Kb. | | #136546 |
Bog'liq 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org10 – modda. Axborot berishni rad etish
Agar so’ralayotgan axborot maxfiy bo’lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar etishi mumkin bo’lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin.
So’ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to’g’risidagi xabar so’rov bilan murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi.
Rad etish to’g’risidagi xabarda so’ralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi ko’rsatilishi kerak.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotai so’rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to’g’risida xabardor etishi shart.
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, Shuningdek o’z so’roviga haqqoniy bo’lmagan axborot olgan shaxslar o’zlariga etkazilgan moddiy zararning o’rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi xuquqiga ega.
11 – modda. Axborotni muhofaza etish
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo’lish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar etkazishi mumkin bo’lsa, muhofaza etilmog’i kerak.
Axborotni muhofaza etish:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga taxdidlarning oldini olish;
axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishining oldini olish;
axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
12 – modda. Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagn davlat siyosati
Axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligani ta’minlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo’nalishlarini, Shuningdek fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolarning o’rni va ahamiyatini belgilaydi.
|
| |