|
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki
|
bet | 1/3 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #245589 |
Bog'liq Baxromova Diloromn
Termiz Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o'qitish o'zbek tili fakulteti 123-guruh talabasi
Baxromova Diloromning
O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan
taqdimoti
O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilot va ularning siyosiy va ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlarda tutgan o'rni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda ijtimoiy hayotni faollashtirishga doir keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, fuqarolarga davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqi berilgan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilmoqda, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanmoqda. Bu, o‘z navbatida, NNTlarni jadal rivojlantirish, ularning demokratik qadriyatlar, inson huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishida muhim omil bo‘lmoqda. ISLOHOTLAR Konstitutsiyamizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga oid qoidalariga amal qilgan holda, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchil amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy asosi bo‘lgan ikki yuzdan ziyod qonun, davlat dasturlari qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Homiylik to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir. TADBIRLAR Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mustaqil NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizni yanada sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan.
|
| |