• FAKTLAR
  • STATISTIKA
  • Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki




    Download 1,46 Mb.
    bet2/3
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,46 Mb.
    #245589
    1   2   3
    Bog'liq
    Baxromova Diloromn

    TADBIRLAR

    2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining qabul qilinishi natijasida bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga muvofiq mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi.

    FAKTLAR

    “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan dunyo mamlakatlarida korruptsiya holatlarining yillik reytinglari tuziladi. Tashkilotning joriy yil noyabr oyida e’lon qilingan reyting so‘rovnomasida 119 ta mamlakatdan 160 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

    STATISTIKA

    • 2016 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston korruptsiyalashgan mamlakatlar ro‘yxatida 100 balldan 21 ball to‘pladi (ball qancha past bo‘lsa, korruptsiya darajasi shuncha yuqori bo‘ladi).
    • 2013 yilda bu ko‘rsatkich 17 ballni tashkil qilgan edi. Ushbu reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda, bor-yo‘g‘i, 18 foiz respondent davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganda u yoki bu ko‘rinishda poraxo‘rlik holatlariga duch kelganini ma’lum qilgan

    STATISTIKA

    • Bu MDHda birinchi o‘rin, ya’ni eng yaxshi natija, degani. “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, tegishli davlat dasturi hamda davlat tomonidan mazkur illatni tag-tomiri bilan yo‘qotish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizning reytingdagi mavqeini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi.

    Bu fikrlarni “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori o‘rinbosari Marat Hojimuhammedov ham tasdiqladi. Uning aytishicha, sotsiologiyada u yoki bu holatni baholash uchun savolni to‘g‘ri tanlay bilish lozim. Bunday xalqaro tadqiqotlar o‘tkazilganda, savollar odatda standart xususiyatga ega bo‘ladi. Ularning mohiyatini har bir mamlakat uchun moslashtirish juda mushkul. “Maqsad reytingda mamlakatning mavqeini oshirish emas, balki korruptsiyaga qarshi kurashishda real natijalarga erishish hisoblanadi. Yaqinda markazimiz tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qatnashgan yurtdoshlarimiz 96,5 foizi korruptsiya holatlarini balo sifatida ko‘radi va o‘z muammolarini hal qilishda ushbu illatdan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi”, dedi u.

    Download 1,46 Mb.
    1   2   3




    Download 1,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki

    Download 1,46 Mb.