|
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov
|
bet | 34/36 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 257,28 Kb. | | #136546 |
Bog'liq 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.orgO’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov
O’zbekiston Respublikasi «Elektron tijorat to’g’risida» 2004 yil 29 apreldagi 613–II–son Qonuni
1 – modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2 – modda. Elektron tijorat to’g’risidagi qonun hujjatlari
Elektron tijorat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining elektron tijorat to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3 – modda. Elektron tijorat
Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
4 – modda. Elektron tijorat ishtirokchilari
Elektron tijoratni amalga oshiruvchi Yuridik va jismoniy shaxslar, Shuningdek tegishli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari bo’lgan Yuridik va jismoniy shaxslar elektron tijorat ishtirokchilaridir.
Elektron tijoratda axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatuvchi Yuridik va jismoniy shaxslar axborot vositachilaridir.
5 – modda. Elektron tijorat ishtirokchilarining huquqiy holati
Elektron tijorat ishtirokchilari ushbu Qonunda, boshqa qonun hujjatlarida, Shuningdek tuzgan shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar.
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, uning ishtirokchilariga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qo’shimcha talablar yoki cheklashlar belgilanishi uchun asos bo’la olmaydi.
|
| |