Teskari bog‘lanishli gammalash




Download 0,75 Mb.
bet15/20
Sana05.02.2024
Hajmi0,75 Mb.
#151679
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-mavzu. Axborotlarni stenografik himoyalash

Teskari bog‘lanishli gammalash algoritmi gammalash algoritmidan faqat shifrlash jarayonining birinchi qadamidagi harakatlar bilan farqlanadi.
Imitovstavka noto‘g‘ri axborotni zo‘rlab kiritilishidan himoyalashda ishlatiladi. Imitovstavka dastlabki axborot va maxfiy kalitni o‘zgartirish funksiyasi hisoblanadi. U k bit uzunlikdagi ikkili ketma-ketlikdan iborat bo‘lib, k ning qiymati noto‘g‘ri axborotning zo‘rlab kiritilishi ehtimolligi Rzk bilan quyidagi munosabat bilan bog‘langan.
Rzk=
Imitostavkani shakllantirish algoritmi quyidagi xarakatlarning ketma-ketligidan iborat. Ochiq axborot 64 bitli T(i) (i=1,2,3,....,m) bloklarga ajratiladi, bu erda m-shifrlanuvchi axborot xajmi orqali aniqlanadi. Birinchi blok T(1) oddiy almashtirish algoritmining birinchi 16 iterasiyalariga binoan o‘zgartiriladi. Kalit sifatida dastlabki axborot shifrlanishda ishlatiladigan kalit olinadi. Olingan 64 bitli ikkili so‘z ikkinchi blok T(2) bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. T(1) blok ustida qanday iterasiya o‘zgartirishlari bajarilgan bo‘lsa jamlash natijasi ustida ham shunday o‘zgartirishlar amalga oshiriladi va oxirida T(3) blok bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. Bunday xarakatlar dastlabki axborotning m-1 bloki bo‘yicha takrorlanadi. Agar oxirgi T(m) blok to‘liq bo‘lmasa, u 64 xonagacha nollar bilan to‘ldiradi. Bu blok T(m-1) blok ishlanish natijasi bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi va oddiy almashtirish algoritmining birinchi 16 iterasiyalari bo‘yicha o‘zgartiriladi. Hosil bo‘lgan 64 xonali blokdan k bit uzunlikdagi so‘z ajratib olinadi va bu so‘z imitovstavka hisoblanadi.
Imitovstavka shifrlangan axborotning oxiriga joylashtiriladi. Bu axborot olingandan so‘ng, u rasshifrovka qilinadi. Rasshifrovka qilingan axborot bo‘yicha imitovstavka aniqlanadi va olingani bilan solishtiriladi. Agar imitovstavkalar mos kelmasa, rasshifrovka qilingan axborot noto‘g‘ri deb hisoblanadi.

Download 0,75 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 0,75 Mb.