Shaxsiy hisobvaraqdagi barcha ma'lumotlar qat'iy maxfiydir va buning uchun bank qonuniy javobgar hisoblanadi. Bank giyohvand moddalar to'g'risidagi ma'lumotlarni faqat egasining o'ziga yoki vakolatli organlarga taqdim qilishi mumkin (Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida belgilangan hollarda).
Xulosa
Shaxsiy hisob qaydnomalari rossiya banklari oddiy fuqarolar ham, yuridik shaxslar ham bo'lishi mumkin. Har bir bunday hisob raqamlarning asl birikmasidir va uning bir qismi hisoblanadi buxgalteriya hujjatlari bank. Preparat ozgina miqdordagi to'lovlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda (nafaqat bunda bo'lsa ham) u joriy hisob raqamidan juda farq qiladi. Joriy va shaxsiy bank hisobvarag'i - turli xil tushunchalarva ular aralashmasligi kerak.
Shaxsiy hisob - bu keng qo'llaniladigan tushuncha turli sohalar inson faoliyati. Maqsad va mansublikka qarab, shaxsiy hisobvaraqlar shaxsiy jamg'armalar, ish haqi o'tkazmalari, har qanday kelishuv bo'yicha hisoblash faktlari, to'langan soliqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zaro bog'lashi mumkin.
Biz uchun eng tanish atama mijoz-bank munosabatlari nuqtai nazaridan shaxsiy hisob nima ekanligini tasvirlaydi. Unga ko'ra, ostida shaxsiy hisob trafikni hisobga olish registrini anglatadi pul ushbu yuridik yoki jismoniy shaxs uchun ushbu kompaniyaning yoki jismoniy shaxsning barcha operatsiyalarini aks ettiruvchi.
28-mavzu: Faoliyatning alohida turlari uchun zaruriy litsenziya va ruxsatnomalarni olish
Reja:
Litsenziya tushunchasi
G‘ayriqonuniy tadbirkorlik bilan bog‘lik jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning ayrim masalalari
Litsenziya (lot. licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchun shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, L. patent olingan yoki patent olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga, texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin. L. beruvchi litsenziar, L. oluvchi litsenziat deb yuritiladi. Yangi texnika va texnologiyaga oid L.lar 3 xil boʻladi: oddiy L. — litsenziar ixtirodan shartnomada belgilangan doirada foydalanish huquqiga ega boʻladi, ayni bir L.ni maʼlum hudud doirasida faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi; maxsus L. — litsenziat ixtiro, texnika yoki texnologiyani ishlatishga tanho huqukli boʻladi, litsenziar esa uni shu hududda koʻllay olmaydi va oʻz nomidan boshqalarga sota olmaydi; toʻliq L. — bunda L. obʼyektini ishlatish toʻla-toʻkis litsenziatlar qoʻliga beriladi, litsenziar esa undan mustaqil foydalana olmaydi. Bunday qoida L. berilgan muddat ichida amal qiladi. L. muayyan narxda sotiladi.
L. haqi shartnoma muddati davomida L. boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan mukofot shaklida toʻlanadi (royalti). Bir necha bor toʻlangan royalti yigʻindisi L. narxini tashkil etadi. L. xaqi uni qoʻllab, iqtisodiy samara olishdan ilgari, bir yoʻla toʻlansa paushal toʻlovi deb yuritiladi. L. narxi L.ni qoʻllashdan olinadigan qoʻshimcha foyda bilan birga L. bozoridagi talab va taklifga ham bogʻliq. L. narxining past boʻlishi texnik-texnologik yangiliklarni ommalashtirish sharti hisoblanadi.
Shuningdek, L.ning vakolatli davlat organlari beradigan savdo, hayvonlarni ovlash, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish, bank harakatlarini olib borish va boshqa koʻrinishlari uchraydi.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi, bozor iqtisodiyotining o‘rnatilishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi va ularni davlatning qonunchiligiga muvofiq tartibga solinishini ko‘zda tutadi. Ijtimoiy taraqqiyot asosi sifatida iqtisodii va siyosiy erkinlik zarurati inson huquqlarini muhofaza qilishni va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan fuqarolik jamiyatining yangi tuzilmalarini himoya qilishni ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni regulatorlar tizimini sanab o‘tadi.
Bugungi kunda dunyoda tadbirkorlikka yagona ta’rif berilmagan. Masalan Amerikalik professor Robert Xizrich tadbirkorlikka "Qiymatga ega yangi narsani yaratish" deb, tadbirkorga esa — shunga barcha kerakli vaqt va kuch sarflayotgan, o‘ziga butun moliyaviy, psixologik va ijtimoiy tavakkal qilib, pul oladigan va yetishganidan qoniqish hosil qiladigan odam"1 deb ta’rif berdi.
A.V.Busigin o‘zining "Tadbirkorlik" kitobida quyidagi ta’rifni beradi: "Tadbirkorlik deb, muayyan rasmiy asoslarda aniq ish g‘oyasini amaliyotda amalga oshirish bo‘yicha mustaqqil ish faoliyatini mustaqil yuritishga intilish va harakatlariga aytiladi"2.
Tadbirkorlikni u "xususiy biznesni tashkil etish mahorati va xususiy ish yurituvi bilan bog‘liq funksiyalarni amalga oshirish qodirligi" ni tushunadi.
Bunday faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyatini erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi
Tadbirkorlik sohasidagi munosabatlar fuqarolik huquqi sohaviy institutlar chegarasida bo‘lib, o‘zining aniq turdosh belgilariga ega.
Birinchidan, tadbirkorlik sohasidagi munosabatlar haq baravarlik xususiyatiga ega. Tovarlar bilan ayriboshlash tadbirkorlik munosabatlari ishtirokchilari o‘rtasida ayirboshlanayotgan boyliklar tengligi, mosligi bilan tavsiflanuvchi nisbatlarda sodir bo‘ladi.
Ikkinchidan, tadbirkorlik munosabatlari ishtirokchilari moddiy boyliklariga egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishi bu boyliklarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu tadbirkorlik munosabatlari xo‘jalik munosabatlarini boshqa xo‘jalik munosabatlaridan farqlaydigan jihati bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchidan, tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarning ishtirokchisi doim tadbirkor (jismoniy yoki yuridik shaxs) fuqarolik huquqi subyekti sifatida o‘z xo‘jalik oborotidagi mulkdan foydalanuvchi bo‘ladi.
Tadbirkorlikda hamma narsa iqtisodiy shaklga ega ishlab chiqaruvchining aniq tahliliy-manfaatlarini aks ettiradi. Bunday manfatni aniqlash tadbirkorning imkoniyati bozor talabi bilan uyg‘unlashtirish orqali amalga oshirishi mumkin va aksincha.
"Tadbirkorlik" tushunchasiga faoliyatning barcha turlari taalluqli bo‘lib, ishlab chiqarish, xo‘jalik, tijorat, savdo-sotiq vositachilik, investitsion, konsultatsion moliyaviy faoliyat, xizmatlar ko‘rsatish kabi sohalarni qamrab oladi.
Aytish joizki, tadbirkorlik xo‘jalik yuritishning alohida turi emasdir. Har qanday iqtisodiy faoliyat ayrim holatlarni istisno qilganda tadbirkorlik bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlik asosan mustaaillik, tashabbus, javobgarlik tavakkal, izlanish kabi belgilar bilan tavsiflanadi. Yuqorilarning jami iqtisodiy faoliyatni tadbirkorlik deb atash uchun kifoya. Tadbirkorlikka odatda harakatlarning ma’lum taktikasini bitish operatsiyalarning nisbatan qisqa muddatligi xosdir. Asosiysi, foyda xarajatlardan yuqori bo‘lishi kerak.
Davlatimizning yangi siyosiy va iqtisodiy sistemaga o‘tishi ish faoliyatining ayrim sohalarida inqirozni vujudga keltiradi. Uning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri — iqtisodiy jinoyatchilik. Aynan u uyushgan jinoyatchilikning poydevori hisoblanadi, o‘ziga xos shartlari oqibatida, unga barqarorlikni berib davlat apparati va huquqni himoya qiluvchi organlarga korrupsiyani oshiradi. Aynan u ko‘pchilik aholi uchun ma’qul bo‘lmagan ya’ni hayot standartni namoyon etadi. Buning hammasi iqtisodiy sistemaga huquqqa qarshi tajovuz qilishni aralashtirmaslikning yangi yondoshuvlarini ishlab chiqish ehtiyojini ko‘rsatadi.
Ko‘pincha faqatgina ommaviy axborot vositalarida emas, balki ilmiy nashrlarda iqtisodiy jinoyatchilik iqtisodiyotning kriminalizatsiya tushunchasi bilan aynan bir deb hisoblanadi.
Shuningdek, yetarli darajada aniq bir ma’lum holatni bildiruvchi har xil tushunchadir.
“Huquqiy o‘lchash” nuqtai nazaridan iqtisodiy jinoyatchilik jinoyat va jazo to‘g‘risidagi qonunlarning atamalaridan bayon qilingan xodisadir, shuningdek, kriminallashtirilgan iqtisodiyot sifatida jinoiy ko‘rinishlarning tajovuz qilishning shunday majmuasini o‘zining ijtimoiy xavfsizlik kuchiga ko‘ra kriminalistikaga muhtojdir, shuningdek jinoiy aktivlikning u yoki bu darajada jinoiy faoliyatini nazorat qiladi.
Barcha (uchita) shu uchta hodisalar davlat tomonidan maqsadga qaratilgan ta’sirga muhtojdir.
Iqtisodiy yo‘naltirilgan jinoyatchilikda sifatli siljishlar sodir bo‘lmoqda. O‘tish davriga xos yangi huquqbuzarliklarning paydo bo‘lishi, iqtisodiyotning ayrim segmentlarining jinoiy, yarim rejimga (kredit-moliya munosabatlar sohasi) tushib ketishi, o‘ta ko‘lay muhitini tozalovchi mulkiy va zuravonlik oqibatida qilingan jinoyatlarning chigallanishi.
Savdo banklari faoliyatida huquqiy asoslarning mukammal bo‘lmaganligi nodavlat moliya institutlarning sug‘urtali, trest, kompaniya ko‘rinishida bo‘lishi, davlat tomonidan kerakli nazoratning yo‘qligi, qalbaki hujjatlarni ishlatish orqali pul vositalarini, mablag‘larini ommaviy ravishda talon-taroj qilishga olib keldi. Ulkan, katta miqdorlar kreditdan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy ravishda olishga olib keladi.
Kredit-moliya sohasidagi jinoiy faoliyatning natsionalizatsiya qilinishi noqonuniy bankli operatsiyalarida «bozor narxlarini» paydo bo‘lganligi haqida tasdiqlandi. Masalan, bank qarzini berishi uchun, qaytarib berishi atayin haqiqiy emas bo‘lib, oldindan so‘rashgan miqdorning 10-14% to‘lanadi.3
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-moddasiga ko‘ra fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir.
Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun bilan taqiqlannagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni 188 va 190-moddalari mazmuniga ko‘ra qonunga xilof tadbirkorlik deganda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish va litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanish tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 190-moddasiga ko‘ra litsenziya olinishi shart bo‘lgvn faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanish ham jinoyat deb topiladi. Ushbu modda blanket dispozitsiyali jinoyat hisoblanadi, chunki ushbu modda bilan shaxsni jinoiy javobgar qilish uchun litsenziya munosabatlariga oid talablar buzilgan bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida litsenziya va maxsus ruxsatnoma olish tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlariga:
O‘zbekiston Respublikasi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 2000 yil 25 may qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab kilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida» 2001 yil 12 maydagi qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 20 avgustdagi «Litsenziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va O‘zbekiston Rsepublikasining ichki bzorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 295-sonli qarori;
Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 28 iyundagi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 236-sonli qarorlariga murojaat qilish lozim bo‘ladi.
Ushbu qonun hujjatlarida qaysi faoliyat uchun maxsus litsenziyalar talab kilinishi va uni kaysi organlar tomonidan berilishining tartibi, muddatlari, shartlari belgilab qo‘yilgan. Demak, bu qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘llanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 2000 yil 25 may kungi qonunining 7-moddasiga ko‘ra Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘ligiga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari kirishi belgilangan. Qonunga ko‘ra litsenziya bu litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga suzsiz rioya etilgani holda, Faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq) hisoblanadi.
Agar tadbirkorlik faoliyati belgilangan tartibda ro‘yxatdan utkazilmasdan yoki litsenziyalash talab kilinadigan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish qonunga xilof hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 190-moddasiga ko‘ra litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishni jinoyat deb topish uchun qilmishda jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud bo‘lishi lozim.
Ushbu jinoyatlarning obyekti qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlangan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardir.
Shuningdek ushbu jinoyatning obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 2000 yil 25 may kungi qonunining 7-moddasiga binoan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, sog‘ligi, jamoat xavfsizligini kiritish mumkin. Bu haqda rossiyalik olimlar professor N.I.Vetrova va YU.I.Lyapunovalar ham yuqoridagidek fikr bildirishgan.4
Jinoyatning obyektiv tomoni — litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishda ifodalanadi.
Ushbu modda ma’muriy pereyuditsiyaga ega bo‘lib, qilmishni jinoyat deb topishning zaruriy belgisi aybdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan sung, bir yil davomida o‘sha qilmishni qayta sodir etgan bo‘lishi shart. (JK 190-modda, 1-qismi).5
Agar bu harakat xavfli retsedivist yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa, bu qilmish to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘irlashtiruvchi holat sifatida jinoyat deb topiladi (190 modda, 2-qismi).
«Mazkur jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning motiv va maqsadi har xil bo‘lishi mumkin, ammo ular qilmishning kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi»6.
Qonunda litsenziya olmasdan faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan, lekin litsenziya tartib-qoidalarini buzgan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganlik uchun jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rsatilmagan. Masalan: litsenziya muddati tugagan, litsenziyaning amal qilishi muddati vaqtincha to‘xtatilgan (shaxslarning arizalari bo‘yicha), litsenziyadan mahrum qilingan, litsenziyada belgilanmagan faoliyat bilan shug‘ullanganlik, litsenziyada belgilangan joyda faoliyat yuritishayotgan shaxslarning biron bir faoliyat yuritishi kabilar.
Shuning uchun yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasidagi «Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish» so‘zlari «Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki litsenziyalash talablarini buzgan holda shug‘ullanish» so‘zlari bilan almashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa ushbu turdagi jinoyatlarni sud-tergov xodimlari tomonidan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga yaqindan yordam bergan bo‘lar edi.
|