1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Protestantlik 
- bu ham xristianlikdagi yana bir yo‘nalish bo‘lib, katolitsizm 
va pravoslaviyedan farqli o‘laroq, diniy qarashlar hamda, cherkovlar orasidagi 
munosabatlar jihatidan bir xil bo‘lmagan yo‘nalishlarni faqatgina kelib chiqishi 
jihatidan bir-birlari bilan, XVI asrdagi yangilanish harakati bilan bog‘liq bo‘lgan 
kupgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazhablar yuzaga keldi. 
Protеstanizm tarixi Martin Lyutyerdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib 
katolik chеrkovi bilan aloqani uzdi va protеstant chеrkovining asosiy qoidalarini 
ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bеvosita 
muloqoti mumkin. Lyutеrning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, 
katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi 
sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik 
tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi. 
Protеstantizmning mohiyatiga ko‘ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga 
chеrkovning vositasisiz, bеvosita in'om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy 
e'tiqodi va Isoning vositasi orqali ro‘y bеradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, 
ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. 


Protеstantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bеkor qildi, faqatgina 
lyutеranlikda non va vino bilan cho‘qintirish sahalanib qoldi. 
o‘lganlarga bag‘ishlangan duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, muqaddas 
murdalarga, sanamlarga topinish bеkor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, 
mеhroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik 
shartlari bеkor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir 
xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi. 
Asrorlardan faqat cho‘qinish va mansublik (chеrkovga) e'tirof etiladi. Ibodat 
va'z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo‘ldi. 
Protеstantlar Bogoroditsa shaxsiyatini, a'rofni tan olmaydilar. 
Lyutеr tomonidan tuzilgan rеformatsiya bosh taomillari 95 tеzis shaklida yozib 
bеrgan. Ular Vittеnbеrgning Nasriy chеrkovining shimoliy eshiklariga yozib 
qo‘yilgan. Mana shu tеzislardan biri: Iso payg‘ambar: «Tavba qiling, chunki 
samoviy shohlik yaqinlashib qoldi» dеb jar solganida shuni ta'kidlaydiki, imon 
kеltirganlar hayoti boshdan-oyoq to‘xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo‘lmog‘i 
darkor. 
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi 
to‘rt tеzisda, Lyutеr ta'kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina 
xatti-harakat bilan ro‘yobga chiqmaydi. 
Papa faqat o‘zi bеlgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Chеrkov hеch qaysi 
samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun 
joriy qilinadi (bеlgilanadi). Bu yerda va kеyingi bir qancha tеzislarda papaning a'rof 
ustidan hukmronligi rad etiladi. 
«Ruhlar uchun indulgеnsiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab 
qilinmaydi», dеgan ta'limot Iso ta'limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarni Xudo 
gunohlarini kеchadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig‘isiz ham 
bunday mag‘firatdan umid qilishi mumkin. 
Lyutеr bir nеcha tеzislarda ta'kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat chеkkan 
xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya'ni unga samoviy jazo joriy 
etilmaydi». 


Chеrkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. Lyutеrning 
ta'kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag‘allar uchun emas 
boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o‘z amallari 
bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mеhrini qozonmoqni Lyutеr 
sarob dеb ataydi. 
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog‘i zarur. Najot yo‘li 
ruxsatnoma yorlig‘ida emas, balki chin yurakdan nadomat chеkmoq va tavba 
qilmoqdadir. 
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tеzislar shundan 
iborat. Kеyinchalik bu kun protеstantlar bayrami bo‘lib qoldi. 
Protestantlik umumxristianlik asoslari va qarashlarini e'tirof etish bilan bir 
qatorda, u gunohdan xalos bo‘lishning yangi usullarini ilgari surdi. Iso Masihning 
kishilar gunohini yuvishga qaratilgan o‘zini-o‘zi qurbon qilishiga ishonch, dinga 
ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo‘lishi mumkinligiga ishonch, Bibliyaning 
oliy nufuziga ishonch orqali xalos bo‘lish ana shular jumlasiga kiradi. Shunday qilib 
protestantlik xudojo‘ylikning asosiy talabini dinda odamning tashqi ko‘rinishidan 
ichki hayotiga olib o‘tdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan bog‘ladi. 
Protesttantchilik Bibliyaga sig‘inishning o‘ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan 
protestant islohotchilari dastlabki xristianlikning oliy maqsadlarini, dindorlarni 
axloqiy jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni ma'naviy jihatdan sog‘lomlashtirish 
uchun ko‘maklashishlarga alohida e'tibor bermoqda. Shuningdek, u ilohiyotchilikka 
oid bo‘lgan qarashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslaviedagi boshqa, 
shu qatorda islom bilan bir-biriga tutash bo‘lgan umumiy aloqalarni izlamokdalar; 
fan namoyandalari va jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. 
Ular pravoslavlar bilan musulmonlar diniy boshqarmalari o‘rtasidagi mulokotlarni 
rivojlantirishga qaratilgan ko‘pgina yirik tantanali anjumanlar chaqirilishining 
tashabbuskori bo‘lmoqdalar. 
Protestantlik diniy marosimlarning ko‘pchiligini bekor qilgan (faqatgana 
lyuteranlikda non va vino bilan cho‘qintirishlar saqlanib qolgan). O‘lganlarga 
bag‘ishlab duo o‘qish, aziz-avliyolarga sig‘inish, ular sharafiga turli-tuman 


bayramlar o‘tkazish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinishlar bekor qilingan. 
Ibodat uylari ortikcha bezaklardan, mehrob, sanam, haykallardan xoli qilingan, 
monostirlar va monaxlikdan ham voz kechilgan, ruhoniylarning uylanmaslik sharti 
bekor qilingan. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi va uni sharhlash har bir 
xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi. 
Lyuteranlik, 
anabaptizm, 
anglikanlik, 
kalvinizm, 
tsvingchilik 
protestantlikning ilk shakllari bo‘lgan. Keyinchalik "so‘ngti protestantlik" umumiy 
nomi bnlan ma'lum bo‘lgan bir qancha diniy oqimlar, tashkilotlar paydo bo‘ldi. 
Markaziy Osiyoda ham protestantlik muxlislari uchraydi. Lyuteran jamoalari 
a'zolari Qirg‘izistonda, Qozog‘istonda va Tojikistonning Janubiy tomonlarida, 
Turkmanistonda, O‘zbekistonda, chunonchi Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida 
yashaydilar. Bular asosan nemis millatiga mansub bo‘lgan dindorlardir. 
Toshkentdagi lyuteranlarga, diniy toat-ibodatlarini bajarishlari va umumiy diniy 
ehtiyojlarini qondirish uchun ular ixtiyoriga 30-yillarda qurilgan Kirxa berilgan. 
Dushanbada ana shunday diniy maqsad uchun dindorlarning mablag‘lari xisobiga 
va keng jamoatchilikning, jumladan xorijiy mamlakatdagilarning ishtirokida yangi 
Kirxa qurilgan. Bu jamoada diniy hayot bilan bog‘liq cho‘qintirish, marhumga 
janoza o‘qish, balog‘at yoshiga yetganlarni dindorlar safiga qo‘shish va nikoh 
o‘qitish marosimlari o‘tkaziladi. Diniy bayramlar muntazam nishonlanadi, diniy 
targ‘ibotlar, va'zlar o‘qiladi, diniy muloqotlar tashkil qilinadi. 
Markaziy Osiyoda boshqa protestant yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lib, ular 
baptistlar, adventistlar, iegovistlar, pyatidesyatniklar, menonitlar deb ataladi. Bu 
sektalar hozirgi sharoitdagi tarixan o‘zgarishlar ta'sirini o‘zida muayyan tarzda ifoda 
etgan diniy jamoalar va guruxlardan iborat. Ular kelib chiqishi jihatidan eski rus 
sektantchilik shakllariga, protestantchilik harakatiga, pravoslaviyadagi eskicha 
marosimchilik va boshqa yo‘nalishlarga, ya'ni 1917 yildan oldingi cherkovlar 
orasida ziddiyatlar kuchaygan sharoitlarga borib taqaladi. 
Eski an'anaviy rus sektantchiliga Rossiyadagi krepostnoy sharoitlariga, uning 
g‘oyaviy himoyachisi bo‘lgan hukmron pravoslav cherkoviga, chorizmga nisbatan 
keng dehqonlar ommasining ijtimoiy noroziliklarini o‘zida ifoda etuvchi diniy 


harakatlar asosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida vujudga kelgan duxobarlar, 
molokonlar, xristoverlar, subbotniklar, yekopchilar, iegovist-ilьinchilar va 
boshqalar kiradi. Ular sektantchilikning birinchi toifasini tashkil qiladi. 
Аn'anaviy rus sektantchiligining muxlislari ularni chor hukumati va pravoslav 
cherkovi ta'qib etishi natijasida Stavropolь o‘lkasiga (keyinchalik u yerdan 
Kanadaga), Sibirga, Kavkaz ortiga, Markaziy Osiyoga) ko‘chib ketganlar. Markaziy 
Osiyoda xristian sektantchiligining paydo bo‘lishi va tarqalishi bu yerlarni Rossiya 
chorizmi bosib olishi va pul-tovar munosabatlarining rivojlanishi bilan uzviy 
bog‘langan. Hozirgi kunlarda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, 
Turkmaniston hududlarida son jihatidan uncha ko‘p bo‘lmagan molokan, duxobar, 
xristoverlar mavjud. Toshkentdagi molokan birodarlari jamoasi va Jizzaxdagi 
jimturmas (prigun) molokanlar jamoalari respublikadagi eng katta jamoalar 
hisoblanadilar. Molokanlarning katta bo‘lmagan guruxlari Samarqand, Xorazm, 
Farg‘ona viloyatlarida ham bor. 
Sektantchilikning ikkinchi toifasiga G‘arb mamlakatlarida kapitalizm 
taraqqiyotining turli bosqichlarida vujudga kelgan va Rossiya imperiyasi hududida, 
jumladan, Turkistonda ham burjua munosabatlari shakllanish jarayonida va faol 
missionerlik harakatlari natijasida qaror topgan sektantchilik kiradi. O‘z 
muxlislarining soni jihatidan eng kattasi - baptistlar (yunon. suv bilan cho‘qintirish) 
birlashmasidir. O‘zbekistondagi xristian sektalarining 65 foizdan ko‘prog‘ini 
baptistlar tashkil qiladi. Diniy ta'limot va marosimchilik borasida baptizm an'anaviy 
protestantchilik asoslariga tayanadi va o‘zining yangi asoslarini ham yaratadi, ular 
balog‘at yoshiga yetganlarni yangitdan cho‘qintirishadi va o‘z saflariga qo‘shishib, 
bu marosimni tabiiy suv havzalarda bajaradilar. Cho‘qintirish, non va vinoni tatib 
ko‘rish kabi sirli marosim sifatida emas, balki ramziy marosimlar, harakatlar sifatida 
qabul qilinadi. Ibodat uylarini jihozlashda xristianlikning ramziy belgilari 
ishlatilmaydi. Ibodat Bibliyani o‘qish va sharhlashdan iborat bo‘lib, targ‘ibot va 
ashula aytishlar bilan qo‘shib olib boriladi.
1944 yili sobiq SSSR dagi baptistlar jamoalari injilchi-xristianlar bilan 
birlashganlar. 1945-1947 yillarda bu birlashma ittifoqiga pyatidesyatniklar jamoasi, 


1963 yili esa mennonitlar jamoalari ham qo‘shildilar. Injilchi-xristian-baptist 
jamoalari sobiq SSSR da Injilchi-xristian baptistlar kengashi tomonidan boshqarilib 
turildi. (Bu 1990 yilda injilchi-xristian baptistlarning ittifoqi degan nom oldi). 60-
yillarda bularga qarshi bo‘lgan markaz tashkil topdi va injilchi-xristian baptistlar 
cherkovining kengashi degan nom oldi. Uzoq yillardan buyon bu markaz norasmiy 
ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
O‘zbekistonda baptizm XIX asrning oxirlaridan beri mavjud bo‘lib, uning 
Toshkentdagi jamoalari, shu jumladan, "Ettinchi kun" adventistlari Islohchi-
adventist, pyatidesyatniklar, menonchilik, injilchi-xristian baptistlar kengashi, 
iegova shohidlari kabi protestantchi jamoalari mavjud. 
Protestantlik boshqarmalarining Markaziy Osiyo rahbariyati o‘z diniy 
faoliyatlarini yanada faollashtiradigan vositalarni muntazam tarzda izlamokda, 
shuningdek jamoalarning tuzilishlarini mustahkamlaydigan jidtsiy tadbirlar bilan 
shug‘ullanib targ‘ibot-tashviqot ishlariga alohida e'tibor qaratib, diniy g‘oyalarni, 
ibodatlarni hozirgi sharoitga moslashtirib, zamonaviylashtirmoqda. Bu hol 
Markaziy Osiyo protestantlik yo‘nalishlaridagi jamoalar va ularning muxlislari soni 
jihatidan birmuncha ko‘payishiga, dindorlar orasidagi muayyan boshboshdoqlik 
kayfiyatlari yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lmokda. 
Hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi protestantlik birlashmalari yangi mustaqil 
respublikalarda demokratik o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga intilayaptilar va 
islohot 
jarayonlarining 
rivojlanish 
to‘lqinlarida 
targ‘ibot 
ishlarini 
faollashtirmoqdalar, qolaversa dindorlarning ijtimoiy jarayonlardagi faol 
ishtiroklarining o‘zlariga ma'qul shakllarini belgilamoqdalar. 
Ma'lumki, dinlar va dindorlar orasidagi o‘zaro xamfikrlik va muloqotlar 
jamiyat taraqqiy etgan sari rivojlanib boradi. Dinlar orasidagi muloqotlar, hozirgi 
davrning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan 
masalaga aylanmoqda. O‘rta Osiyo dindorlari orasidaga aloqalar, munosabatlarning 
yanada chuqurlashuvi ular rahbariyati va oddiy dindorlarning eng dolzarb ma'naviy-
axloqiy muammolarini, tabiatni asrash va uni muhofaza qilish, bolalar va qariyalar 
haklda g‘amxo‘rlik, tinchlikni saqlash va xayriya ishlari, jamiyatiing demokratik 


jarayonlariga va uning ijtimoiy, siyosiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish bilan 
bog‘liq masalalarni hal qilishga qaratilgan hamkorliklar asosida rivojlanmoqda. 
Xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi, O‘zbekistonda xristian 
cherkovining tutgan o‘rni. XI asrning oxirida xristianlikniig Sharqqa tomon harakati 
va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar 
Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Merke) 
da xristian cherkovlari qurilgan bo‘lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 
yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa 
shaharlarida yepiskoplik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Marvda 
(430 yillar), Hirotda (558 yillar) 6-12 yepiskopliqtsan iborat diniy hududiy jamoalar, 
birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar, 
moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga 
qaram yerlarda ta'qib qilinganlar. 
O‘rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik 
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha 
Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo‘lgan. 
Haggo Beruniy yashagan davrda ham (973-1050) Marvda pravoslav mitropoliyasi 
bo‘lgan. 
Аna shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan. Аrmaniston (301 
yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Аlbaniyasi hududida esa 
(hozirga Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston xududi) IV-VIII asrlarda hukmron din 
hisoblangan. 
O‘sha davrdagi ko‘pdan-ko‘p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar 
orasidaga Sharqning hukmronlari tomonidan eng ko‘p homiylik ko‘rsatilgan din 
xristianlikning sharqiy yo‘nalishi bo‘lmish nestorianlik bo‘lgan. Xalif saroylarida 
nestorianlik patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi sifatida qaralgan, 
patriarxning qarorgohi esa Konstantinopoldan Bag‘dodga ko‘chirilgan. Nestorianlar 
xristianlikni Turkistonda, Аmurgacha bo‘lgan Shimoliy va g‘arbiy Xitoyda targ‘ib 
qilganlar. Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga qarshi 


kurashdagi markazi 1257 yildan so‘nggina o‘z faoliyatini to‘xtatgan Samarqand 
mitropoliyasi bo‘lgan. 
Hozirgi mustaqil O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular 
orasidagi dindorlar 17 konfessiyaga, ya'ni diniy uyushmaga e'tiqod qilishadi. Bular 
doirasida islomdan so‘ng 2-o‘rinni xristianlikning pravoslavie oqimi egallaydi. 
Uning bir necha cherkovi va markaziy uyushmasi, chunonchi baptist, iegovist, 
adventist kabi sektalari bor. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi yangi tahrirda e'lon qilingan konunga 
asosan respublikadagi barcha diniy uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda 
faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu huquq va erkinliklar qonun bo‘yicha kafolatlangan. 
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvlik. hamjihatlilik 
mavjud bo‘lib, xalqimizni tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik 
jamoalari ham salmoqli hissa qo‘shmoqdalar. 

Download 1,35 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish