1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Xristianlikdagi oqimlar.
Xristianlikning shakllanib turli mamlakatlarga 
yoyilishi, ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, maьnaviy 
siljishlarga ham duch kela boshlagan. Boshqa jaxon dinlari kabi unda ham turli 
yo‘nalishlar, mazhablar, sektalarga bo‘linish jarayoni sodir bo‘lgan. 
Eng birinchi ajralish xristianlikda IV-V asrlarda ro‘y bergan, ya'ni Iso masihni
talqin qilishda farklanadigan ikkita diniy-aqidaviy yo‘nalishlar - monofizitlar va 
nestorianlar yuzaga kelgan. 
Ko‘pchilik xristian ilohiyotchilari Iso masihni ham xudo, ham odam 
mohiyatiga ega deb bilsa, Konstantinopolь arximandrati Yevtaxiya ta'limotining 
tarafdorlari bo‘lgan monofizitlar u faqatgina xudo mohiyatining birligidan iborat deb 
hisoblaganlar. Kostantinopol patriarxi Nestor qarashlari tarafdori bo‘lgan 
nestorianlar esa u xudo insonlar hayoti kabi yashashi uchun vujudga kelgan odamdir, 
deb targ‘ib qildilar. 
Efes soborida (431 yil) iestorianchilikka bid'at deb karalib, uning 
tarafdorlarini ta'qib qilish boshlangan. Natijada ommaviy harakatlar boshlashlariga 
sabab bo‘lgan. 
Hozirgi kunda monofizitlikka Yaqin sharkdagi Yakobitchilar, Janubiy 
Hindiston va Efiopiya xristian aholisining 96 foizi amal qiladi. 


471 yildan e'tiboran yuqorida qayd etilgan cherkovlar qadimgi Sharq 
cherkovlari deb atala boshlangam. Nestorianlar, eng avval, Ossuriylar orasida 
tarqalgai. Bularning diniy jamoalari xozirda ham Suriyada, Iroqda, Eronda va 
Hindistonda bor. 
1054 yilga kelib xristianlikning pravoslav va katolik cherkoviga bo‘linishi 
rasman tan olingan. Bu bo‘linish Rim imperiyasining Sharqiy va g‘arbiy qismlari 
orasidagi feodal munosabatlarning tafovutlarini o‘zida aks ettirgan. Rim papasi bilan 
Konstatinopol patriarxi o‘rtasidagi barcha xristian cherkovlari ustidan yakka 
hokimlik o‘rnatish uchun shiddatli kurashlar bo‘lgan. Xristianlikning alohida va 
mustaqil g‘arbiy tarmog‘i Rim katolik cherkovi, ya'ni umumiy, jahon Rim cherkovi 
deb atala boshlagan. Dunyoviy hokimiyatga tobe bo‘lgan Sharqiy xristianlik grek-
kefilik (grekcha - butun dunyo) yoki izchil, sobitqadam (ortodoksal) xristianlik deb 
atala boshlangan. Pravoslavie va katolitsizm yerlarida umumiylik ham, bir-biridan 
farklanadigan jihatlari ham bor. 
XVI asrdagi reformatsiya jarayonida feodalizm va kapitalizmga qarshi keng 
quloch yozgan harakatlar Yevropadagi burjua revolyutsiyalarining eig birinchi 
ifodalari edi. Katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib chiqishi 
patijasida xristiailikda protestantlik harakatlari vujudga kelgan. Buning doirasida 
lyuteranlik, anabaptizm, anglikanlik va kalьninizm cherkovlari shakllangan. Har bir 
chsrkovning asosiy marosimlari jihatidan o‘zlariga xos bo‘lgan tomonlarga ega 
bo‘lishi bilan bir qatorda, bular ham o‘z navbatida bir necha yo‘nalishlar, mazhablar 
va oqimlarga bo‘lindi. 
Hozirgi zamon xristianligida turli yo‘nalish va oqimlar orasidagi 
kelishmovchiliklarning kamaytirilishi bugungi kun uchun xosdir. Bunga 1948 yilda 
tashkil topgan Jahon cherkovlari kengashining faoliyatlari va ekumenik xristianlar 
ko‘maklashmoqda. 

Download 1,35 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish