«Dinshunoslik» fanining vazifasi –
talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning
ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish,
ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati
to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga:
dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;
ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot
berish;
dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy
bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini
yoritish;
dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;
diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini
yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi,
xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng
tasavvur hosil qilish.
«
Dinshunoslik
»
fanining amaliy ahamiyati
shunda ham ko‘rinadiki, u
talabalarda barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash
madaniyatini tarbiyalaydi.
Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va
boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqligi uning nazariyasini boyitishga
xizmat qiladi.
Dinshunoslikning qator fanlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi natijasida
uning turli sohalari yuzaga keldi. Ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘tgan yillar davomida ijtimoiy tuzum,
siyosiy o‘zgarishlar kishilar ma'naviyatida o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Sovet
totalitar tuzumi yemirilgandan keyin inson ma'naviy kamolotining omillaridan biri
bo‘lgan din mamlakatimiz hayotida o‘ziga xos munosib o‘rinni zgalladi. Ko‘pgina
millat, turli diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashayotgan O‘zbekistondagi
barcha dinlarning tengligini ta'minlash, fuqarolarning e'tiqodiga hurmat bilan
qarash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirishning muhim shartlaridandir.
Ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirish, rivojlantirishda esa
dinshunoslik fanining tutgan o‘rni benihoyadir. Hozirgi kunda Oliy o‘quv yurtlarida
o‘qitilayotgan «Dinshunoslik» fanining vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada
chuqur bilim berish orqali fan doirasiga kirgan masalalarni tahlil qilishda ilmiylik
va ob'ektivlik uslubini qo‘llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson
kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali
ilmiy- falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e'tiqodni shakllantirishdan iborat.
Dunyoviy demokratik va huquqiy jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan
jamiyatda diniy e'tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri
idrok etishda mazkur fanning ahamiyati kattadir. Jamiyat shakllanishining dastlabki
davrlarida paydo bo‘lgan din xalqlar hayoti bilan bog‘liq holda rivojlangan,
moslashgan, asta-sekin diniy tuzimni vujudga keltirgan. Natijada, ma'lum ijtimoiy-
siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Bunday
funksiyalar jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Dinshunoslik fani insonshunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida
ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rniga, ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayiiqsa dinning
mohiyatini, jamiyatda, tarixda, ma'naviy madaniyatda tutgan o‘rniga oid ishlangan
mavzularda o‘z aksini topdi.
Din inson tarbiyasiga adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga
imkon beradigan ma'naviy e'tiqoddir. Hozirgi murakkab va mas'uliyatli mustaqillik
davrida turli dinlarga e'tiqod qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish,
xalqlarni diniy ziddiyatlar girdobiga tortish, xokimiyat uchun kurash maqsadida
dindan foydalanish adolatsizliklarga, nohaq qon to‘kishga olib keladi.
«Dinshunoslik» fani dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, bir shakldan
ikkinchi shaklga o‘tishini o‘rganuvchi fandir. Shuningdek, dunyoviy davlat qurish
yo‘lidan izchillik bilan borib, demokratiya va qonun ustuvorligini
mustahkamlayottan O‘zbekistonda dinga bo‘lgan munosabatning asosiy mezonlari
ham aniq belgilab beriladiki, amaliy o‘zgarish ham dinshunoslikning asosiy
vazifalaridan hisoblanadi.
Hurfikrlilikka xos dastlabki fikrlar hurfikr mutafakkirlar Forobiy, Beruniy,
Ibn Sino, Umar Hayyom, Аmir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi
bobokalonlarimizning ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan boyiganki, ular izchil
xulosalarni ham keltirib chiqarishgan - birinchidan, har qanday din jamiyatda
vujudga kelib, jamiyatda shakllanganki, shu sababli din ijtimoiy ong shakllaridan
biridir: ikkinchidan, diniy tasavvur va e'tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan
ijtimoiy sharoitlar ta'sirida turli-tuman shakl va ko‘rinish kasb etgan: uchinchidan,
ibtidoiy din tasavvurlaridan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar taraqqiyoti
evolyutsiyasini e'tirof etish dinshunoslik haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish
imkoniyatini beradi.
Dinshunoslik fani Falsafa, Tarix, Аdabiyot, Pedagogika, Psixologiya,
Etnografiya, Etika, Sotsiologiya kabi fanlar bilan bog‘liq.
Fan chiqargan ilmiy xulosalarni talabalar ongiga yetkazish, ularda falsafiy
dunyoqarashni kengaytirish, din muammosi bo‘yicha ilmiy erkin fikr yuritish, diniy.
manbalarni o‘rganish va ular bo‘yicha ob'ektiv xulosalar chiqarishda dinshunoslik
fanining ahamiyati kattadir.
Ma'lumki, falsafa va boshqa fanlar singari dinshunoslik ham dunyoqarash
bilan bog‘liq. U shaxsda diniy e'tiqodni paydo bo‘lishi, yashashdan boshlab, jamiyat
taraqqiyotidagi evolyutsiyasi va uning hissiyotiga ta'sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Dinshunoslik o‘ziga xos ilmiy ta'rif berish bilan birga uning ijtimoiy, gnoseologik
va psixologik ildizlarini ochadi.
Inson doimo turli dunyoqarash va e'tiqod bilan yashaydi va yashagan. Har
kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e'tiqodi bo‘ladi. Lekin, bunday xilma-xillik, qarama-
qarshi aqida va g‘oyalarning mavjudligi murosasiz ziddiyatlarga, jiddiy
to‘knashuvlarga olib kelmasligi, odamlar, dinu mazhablar mamlakatu davlatlar
o‘rtasida ijobiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga to‘siq, sun'iy g‘oya
bo‘lmasligi kerak. Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z
e'tiqodlaridan qaytarib, dinni ma'muriy tarzda, ta'qiqlab qo‘yishning har qanday
nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. Kursning amaliy ahamiyatidan yana
biri shundaki, qonunlarni mukammal o‘rgangan, tahlil qilgan holda uning
mohiyatini, mazmunini ochib berishga xizmat.qiladi.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi printsiplarini tiklash va unga og‘ishmay
amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. Din va Qonun
o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish esa dеmokratik jamiyat poydеvorini
mustahkamlaydi. O‘bekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa
a'zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to‘la ma'lumot beradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z yechimini
topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me'yoriy talablarga
to‘la javob beradi. Har qanday dinga e'tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e'tiqod
qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta'minlovchi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod
qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Bu vijdon erkinligini kafolatlash bilan bir qatorda o‘quvchilarda qonunga hurmat
hissini, o‘zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish,
tushunishga harakat qilish, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan
o‘tkazish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda
zo‘ravonlik, tajovuzkorlikka yo‘l qo‘ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.
O‘zbekiston Rеspublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda
uning fuqarolri turli konfеssiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak
madaniyatiga ega bo‘lishi ham juda muhimdir.
Fuqaro, jamiyat, davlat o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatni o‘rnatishda
«Dinshunoslik» predmetining ahamiyati benihoyadir. Konstitutsiyada dinniig
tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor berish lozimligi ko‘rsatilganki, predmet yoshlarga din
va hurfikrlilik xaqida ilmiy bilimlar berish orqali dinning ijtimoiy mohiyatini, u
tarixiy xodisa ekanligini tushuntirish bilan jamiyat rivojlanish borasida
zamonaviylashuvini, ba'zan esa yangi diniy guruhlar paydo bo‘lishi mumkinligini
ham tushuntiradi.
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan,
ota-bobolarimizning muqaddas e'tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy
fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar
mobaynida boy ma'naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi.
O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma'naviy merosini tiklash va yangi
sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud
dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini
chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini
shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini bilish
respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning
asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta'kidlash zarur.
Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar
va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy
birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”.
Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan.
Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat'i nazar, bir xil
huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Ikkinchidan, diniy birlashmalar
faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning
jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta'kidlash zarur. Zero, biror dinga e'tiqod
qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik
jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi.
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga
aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma'naviy-axloqiy jihatni o‘z
ichiga oladi.
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan
iboratki, davlat dinni xalq ma'naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan
kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
Shuning uchun ham yurtimizda dinshunoslik fanni o‘rganishga katta e’tibor
qaratildi va mazkur masalada bir qator ijobiy natijalarga erishildi.
Dinshunoslik fanining quyidagi bo‘limlari mavjud:
|