1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Din falsafasi.
Din sotsiologiyasi, psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» 
bo‘lgan din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot 
asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir yaratuvchi kuch 
e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi 


sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi 
masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini 
ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan 
bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki 
asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi.
Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm 
berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat 
bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; din falsafasi, ular 
yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar 
sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan 
ilm turlari qo‘lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo‘llagan 
metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin.
Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan 
bog‘liqligini o‘rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo‘lgan mavzularning boshida 
Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning 
yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda 
metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm-
imon, ilm-din, din-madaniyat (din-san’at, din-til-adabiyot) diniy tajriba, diniy his 
kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi. 
Din antropologiyasi.
Dinlarning inson bilan aloqasining turli jabhalarini 
o‘rganuvchi soha. U din psixologiyasi va sotsiologiyasi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Uning asosi qadimgi miflarga borib taqaladi. 
Jumladan, barcha dinlar va diniy tasavvurlarda birinchi odamning paydo 
bo‘lishi Xudo yoki xudolar tomonidan yaratilish g‘oyasi bilan bog‘lanadi. Masalan, 
qadimgi Bobilda yaratilgan «Enum Elish» dostonida dastlabki inson xudolar 
o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urushdan so‘ng loy va qondan paydo bo‘lgani, Qadimgi 
Misrdagi afsonalardan birida esa Xnum nomli iloh odamni kulolchilik charxi 
yordamida loydan yasagani aytiladi. Shu bilan birga, islom, xristianlik va yahudiylik 
dinlarida ham insoniyat yagona Xudo tomonidan tuproqdan yaratilgani aytilib, ilk 


inson Odam yoki Adam deb nomlanadi. Umuman olganda, din antropologiyasi 
barcha dinlardagi inson haqidagi g‘oyalarni o‘rganib, tizimlashtiradi. 
Din antropologiyasini o‘rganishda qator metodlar mavjud bo‘lib, falsafiy, 
materialistik maktab vakillari Dinshunoslikning bu sohasini ham evolyusion 
nazariyaga moslashtirishga harakat qilganlar. Jumladan, ko‘plab adabiyotlarda 
Jahon dinlari o‘zlarining aksar e’tiqodlarini qadimgi Bobil, Misr, Mesopotamiya, 
fors va hind afsonalaridan o‘zlashtirgani aytib o‘tiladi. Bu, bir yoqlama yondashuv 
bo‘lib, teologik metod tarafdorlari dinlardagi bu o‘xshashlikni ularning bir o‘zakdan 
kelib chiqishi bilan bog‘laydilar. Dinshunoslikda esa, barcha dinlarning 
antropologik qarashlari, hech qanday shaxsiy fikr bildirmagan holda, boricha 
o‘rganish nazarda tutiladi. 
Dinshunoslik yuqoridagi fan sohalaridan tashqari, boshqa bir qancha ilm 
turlari bilan ham bog‘liq. Ularning ichida birinchilardan bo‘lib tarix o‘rin oladi. 
Tarix, makon va zamon ta’yin qilgan holda o‘tmishdagi voqea-hodisalarni 
o‘rganuvchi bir ilm turi bo‘lishi bilan birga moziy va hozirdagi dinlarning tarixiy 
shakllanishi jihatidan Dinlari tarixiga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi.

Download 1,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish