1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Dinning ijtimoiy funksiyalari
. Dinning vazifalari uning alohida shaxs va 
jamiyatga ta'siri va tabiatidan kelib chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, 
jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma'naviyatni boyitishga qo‘shgan 
hissasini ko‘rsatib berishdir. 


Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta'limotni funktsionizm rivojlantiradi. 
Funktsionizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir 
element muayyan funktsiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy
ma'naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
Birinchidan, har bir din o‘z e'tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli 
beruvchilik – 
kompensatorlik
vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj 
hosil qilish hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan 
bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib 
ko‘ringanida, unda qandaydir ma'naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy 
ehtiyoj bo‘lib, u ma'naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini 
bajargan va bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ‘ib qiladi, xristianlikda esa, har bir 
xristian Iso masihning qaytishiga umid qilib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. 
Islom dinida har bir musulmon dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-
istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda yashaydilar.
Ikkinchidan, din o‘z ta'limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e'tiqod 
qiluvchilar jamoasini, shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham 
shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik – 
integratorlik
vazifasi deb ataladi. Din 
doimo ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma'naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni 
ta'minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, 
adabiyoti va san'atiga bog‘langan. 
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir mafkura atrofida bir millat va 
yagona maslak egalari bo‘lib, yagona xudo Yahvening sevimli bandalari ekanligi 
uqtiriladi.
Xristianlikda diniy me'moriy, tasviriy, musiqa san'atidan foydalanib ikona 
chizuvchilar maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat 
qiluvchilik – 
regulyatorlik
vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlari, marosim va 
bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat'iy tartibda amal qilishini shart 
qilib qo‘yadi. 


Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma 
namozini jome' masjidlarida ado etish va hokazolar. 
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik – 
kommunikativlik
vazifasini ham 
bajaradi, ya'ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o‘zaro 
aloqalari, o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib 
bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi. 
Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik – 

Download 1,35 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish