Fetishizm
- (fetish - frantsuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam
degan so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga
ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy
buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati,
tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo
bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar.
Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalqlarda diniy tasavvurlar
shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik)
dinlarida hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga)
sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok,
achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va
boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta'siri
yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni
tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan.
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba'zi soddadil,
mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari,
daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish,
ularning mo‘'jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e'tiqoddagi eng xarakterli
ko‘rinishi va qoldig‘idir.
Shomonizm
- ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo‘lgan
animistik e'tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e'tiqodlardan
biri. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda
bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga, shuningdek,
kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda
xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O‘tmishda
shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘'jizaviy musiqa
ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha
bajarilgan. Shomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba'zi bir holatlarda uchrab
turadi.
Magiya
(sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy
yo‘l bilan ta'sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil
sohalarida qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish
magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha
keng tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar
hayotida alohida o‘rin egallagan, ya'ni ular tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni
topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik harakatlarni
bajarganlar.
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar
orasidagi, ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi
munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob'ekti va sub'ekti
diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan
kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning boshlang‘ich elementidir.
Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha:
1) diniy e'tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan
tashqaridagi faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a'zolari
orasidagi o‘zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning birligi.
Diniy jamoalarning tuzilishi an'analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy
dasturlar, qoida, fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy
va norasmiy guruxlarga: -"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va'zxonlar"
ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi.
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik
jamoasiga mos kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi.
Jamiyatning taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda
shaharning mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va milliy guruxdardan tashkil
topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va ko‘payib borgan sari diniy
jamoalar mustaqil tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki
musulmon jamoasi 622 yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil
topgan. Ko‘p hollarda diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos
kelgani uchun din etnik milliy birlik ma'nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud
qonunlarga binoan 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro diniy jamoa a'zosi bo‘la oladi.
Bunday jamoa kamida 100 mo‘mindan iborat bo‘lishi lozim, aks holda diniy guruh
deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar faoliyati o‘z a'zolarining yashayotgan joyi
bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil tashkilot bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-
o‘zini ta'minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk va pul mablag‘lari
bilan bog‘liq vazifalarni bajarish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun diniy
uyushma a'zolari o‘z orasidan ijroiya organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga
ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir.
Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalqdar e'tiqod qiladigan dinlar
tushuniladi. Bunday dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-
biridan farqlash lozim. Dastlabki milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan
bo‘lib, odatda, politeistik, ya'ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek
dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo)
hisoblanib, bir ukasi dengaz xudosi, ikkinchi ukasi- yer osti podsholiganing xudosi
hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‘zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh
xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Xuddi shunga
o‘xshash kadimgi yahudiylar dinning xudosi - Yahve ham ko‘p xudolilikning yaqkol
namunasidir.
Quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir
xususiyati oxirat to‘g‘risvdagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishdir.
Аmmo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‘la shakllanmagan edi. Ular keyingi
davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik kilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy
marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne'matlardan
tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar
ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‘ngti davrlariga kelib
odamlar o‘rniga hayvonlar kurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi
tasavvurlar keng targ‘ib kilinardi.
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila
dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida
vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning
shakllanishini o‘zlarida aks ettirgan.
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-
marosimlar asosan muayyan elat yeki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin,
bu xildagi qadimga dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bnlan boshqa din
shakllaridan ajralib turagan.
Eng so‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm,
sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik).
Vedalar
(Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar o‘rtalarida
Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari xalqlar
bostirib kelganlar. Ular Eronga ko‘chib kelgan qo‘shni qabila tillariga yaqin hind-
evropa tillarida so‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she'riyatda usta bo‘lib, o‘zlari
bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib kelganlar.
Hind adabiyoti boy bo‘lib, uning anchagina qismi yo‘qolib ketgan. Uning
boshlanishi Vedalardir.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda
ibodat, marosimlar, falsafiy ta'limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to‘rt
yirik to‘plamdan iborat:
1.
Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);
2.
Samaveda (“Qo‘shiqlar vedasi”);
3.
Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”);
4.
Аtxarvaveda (“Аfsun va jodular vedasi”);
Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to‘plami, diniy
yodgorliklar bo‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari
xudolarni oriy tomonga og‘dirish bo‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas
kitobi “Аvesto” bilan o‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind
havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lgan. Unda Shimoliy
Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida
ma'lumot beriladi.
Samaveda. Rigvedaga ko‘proq bog‘liq bo‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda
yetib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya
(Ranayaniya).
Kautxuma to‘plami 1810 she'rdan iborat bo‘lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada
uchramaydi. Undagi she'rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bo‘lib,
tantanali qurbonlik marosimi paytida o‘qiladi. To‘plam ikki qismdan iborat: birinchi
qism hajmi Аgni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Somaga qurbonlik keltirish
marosimida aytiladigan qo‘shiqlardan iborat. Samovedaning maqsadi diniy
marosimlarda aytiladigan qo‘shiqlarni o‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham
vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar saqlanib, ularning maktablari
mavjud.
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bo‘lib,
uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda to‘lin
oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Аgni uchun qurbonliklar o‘tkazilgan.
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo‘lingan. Qora
yajurvedaning turli maktablarga xos bo‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa,
Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli
birgina tahriri bor.
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus
va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Аtxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy
hind afsunlarini o‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bo‘lgan barcha
taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o‘zida aks ettirgan. Аtxaravaveda afsonaviy
ruhoniy Аtxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, afsun va jodular
o‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Аtxarvaveda 6 ming she'rdan iborat bo‘lib, 371
madhiyani o‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan.
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta'limot ilgari suriladi.
Hindistonda ko‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug‘i, eng
kichigi, eng qarisi, eng yoshi bo‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo
ba'zida butun borliqning hukmdori bo‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga
tobe bo‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‘lishi
mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo‘ysunadilar. Bu Veda
ilohiyotchiligiga xos bo‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir.
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, yer
xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib
ketgan.
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon
bo‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so‘z yuritiladi. Mitra (do‘st) –
qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bo‘lgan ko‘rinishidir.
Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‘ladi. Pushan muruvvatli
bo‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar
orasida abadiy bo‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi.
Yana Аshvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qo‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir xudosi
Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra bilan
jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qo‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar o‘qiganlar. U
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi.
Yer xudolari. Аgni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan
tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga yetkazuvchi
ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma'budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi,
keyinchalik so‘z xudosi sifatida tasvirlangan.
Veda ibodatlari ikki turga bo‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga
atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bo‘lgan. Duo
kitoblari bo‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan.
Keyin Rigveda, Аtxarvaveda kabi madhiya va duolarni o‘zida jamlagan kitoblar
paydo bo‘lgach, ibodatning ikkinchi ko‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab
o‘qish odat tusiga kirgan.
Braxmanlik (Braxmanizm): ta'limoti va tarixi
Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. O‘z hayotlarini ibodat qilish,
ilohiyot ilmini o‘rganish, murakkab marosimlarni o‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini
boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy
tilni o‘zgartirib bo‘lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi
braxmanlikning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Oriylar ko‘chmanchilikdan o‘troq hyotga o‘tib davlatdagi hukmron sinfga
aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bo‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib,
boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi.
Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini,
mavqeini ko‘tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bo‘ldi.
Keyin o‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Braxmanlikda ko‘proq
ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli
sutralardir. Sutralar san'atning alohida ko‘rinishi bo‘lib, sanskrit tilida yozilgan.
Unda ma'lum tabaqaga yuqori o‘rin berilgan.
Braxmanlar o‘zlarining kelib chiqishini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari
bo‘lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom
ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar)
tabaqasi e'tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta'siri kuchliroq bo‘lgan
tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi
sohalaridan ham xabardor edilar.
Braxmanlarning hayoti to‘rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog‘at yoshiga yetib,
muqaddas bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin
boshlanadi. Braxmanning yoshligi birorta donishmand braxman xuzurida vedalarni
yodlash, uning uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini
bajarish, uning uchun sadaqa yig‘ish bilan o‘tadi. Braxman bu bosqichda
“braxmacharin” deb atalgan.
Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xo‘jayini vazifasini bajarib,
uylanishi, oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani
yeyish, nimani yechish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday
kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga
munosabat)ni qonun asosida fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.
Uchinchi bosqich “vanaprastha” (o‘rmon zohidi) davri bo‘lib, unda oilasi yoki
yolg‘iz holda o‘rmonga ketishi kerak. Braxman u yerda “o‘z nafsini jilovlab”
ildizlar, mevalarni yeb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda
bir qator mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi.
To‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi”
davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga yetishish, u bilan
qo‘shilib ketish, bu dunyo va o‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi.
U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir
marta ovqatlanib kun kechiradi.
|