1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Jaynizm 
(sanskritcha “jina” - “muzaffar” so‘zidan olingan). Jaynizmning 
kelib chiqishi haqida ko‘plab afsonaviy rivoyatlar mavjud. Rigveda kitobida 
jaynizmning ikki tirtxakarlari (yo‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) Rishabxa va 
Аrishtanem haqidagi rivoyat keltirilgan. Ulardan birinchisi – Rishabxa jaynizm 
ta'limotining asoschisi hisoblanadi. Bu rivoyatlarda Rishabxa shaxsida ilohiyot 
Naroyana, ya'ni Vishnu mujassam bo‘lgan. Bu ma'lumotlar jaynizmning veda 
dinlaridan ham qadimiyroq ekanligini ko‘rsatadi. 
Jaynizm dini vakillarining e'tiqod qilishicha, bu ta'limotga 24 tirtxakar 
(payg‘ambar yoki avliyo) asos solgan. Ularning barchasi kshatriylar xonadonidan 
bo‘lgan. Ushbu tirtxakarlarning 22 tasi haqida ma'lumot deyarli yo‘q, 23-si – 
Vardxamana Maxaviradan 250 avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi 
Аshvasanning o‘g‘li bo‘lgan. Biroq rohiblik yo‘lini ixtiyor etib, otasining saroyini 
tark etgan. U o‘zidan keyin juda ham chiroyli nizomga solingan diniy ko‘rsatmalar 
qoldirgan. Vardxamananing ota-onasi, oila a'zolari Parshvanadxaning dinida 
bo‘lganlar. Vardxamanada yoshligidan jaynizm ta'limotiga kuchli qiziqish paydo 
bo‘lgan. Shunday qilib, Vardxamananing o‘zi jaynizmning navbatdagi va so‘nggi 
tirtxakari bo‘lib yetishgan. 
Vardxamana mil. av. VI asrda Hindistonning Bixar shtatida boy kshatriy 
oilasida tug‘ildi. Otasi Siddxardxa Jnatrik qishlog‘ining kshatriylar sulolasi 
boshlig‘i edi. Onasi Trisala Lichchxavi sulolasidan bo‘lgan mashhur podshoh 
Vayshali hukmdori Chetakining singlisi edi. Magadxi podshohi Bimbisara 
Chetakining qizi Chillanaga uylangach, Vardxamana qudratli Magatxi sulolasi bilan 
qarindosh bo‘ldi. Buning natijasida uning oldida oliy darajada ta'lim olish, ilm va 
san'atning barcha sohalari bilan tanishish imkoni paydo bo‘ldi. 
Maxavira Yashoda ismli qizga uylandi va undan qiz farzand ko‘rdi. Аynan 
mana shu qizining eri Jamali Maxaviraning birinchi shogirdi, keyinchalik esa 
jaynizm ibodatxonasining hinduizmdan ajralib chiqishining tashabbuskori bo‘ldi. 
Vardxamana o‘ttiz yoshigacha oddiy dunyoviy kishilardek hayot kechirgan. Keyin 
esa barcha mulkidan voz kechib, ko‘p yillar sayohat qilgan. Doimiy o‘y-fikrga 
cho‘mib, o‘zini ichki iztiroblar domiga tashlagan. 13 yildan keyin Parshvanadxa 


tepaligida go‘yoki, “botiniy” bilimga ega bo‘ladi. Bu eng oliy bilim bo‘lib, 
Vardxamanani 42 yoshida shodlik va qayg‘ulardan butkul ozod qilgan va uni yuqori 
darajadagi diniy ustozlarga beriladigan Jina nomi bilan mashhur qildi. Keyinchalik 
unga Maxavira (“ulug‘ qahramon”) unvoni berildi. Maxavira ko‘p yillik sayohatlari 
davomida ko‘plab insonlarni o‘ziga ergashtirdi. Uning shogirdlari nigrantxa 
(“kishandan ozod qilinganlar”) deb atala boshlandi. 
Vardxamana Maxavira rohiblar, oddiy erkak va ayol insonlar barobar e'tiqod 
qila oladigan diniy ta'limotga asos soldi. Maxavira mil. av. 527 yili 73 yoshida vafot 
etdi. Jaynizm adabiyotida keltirilishicha, u nirvana – so‘nggi ozodlik holatiga 
erishgan. 
Jaynizm ta'limotining asosiy g‘oyasi deyarli barcha hind dinlari uchun 
umumiy bo‘lgan karmalar va nirvana haqidagi ta'limot hisoblanadi. Nirvanaga 
erishgan inson qayta tug‘ilishdan ozod bo‘ladi. Bunga esa faqat tarkidunyo 
qilganlargina erishishi mumkin, xolos. Shuning uchun ham ushbu ta'limotda 
tarkidunyochilikka alohida e'tibor beriladi. Inson dunyoda o‘zining barcha 
ehtiroslaridan voz kechgach, o‘z nafsini tiyishi, o‘z-o‘zini yengishi – yangi karma 
hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada karmaning kuchi yemirilib, uning ruhi 
kishanlardan ozod bo‘ladi. Kishining karmasi qanchalar zaiflashsa, uning ichki 
dunyosi shuncha boyib boradi. Bu jarayon ruhning to‘la ozod bo‘lgunigacha davom 
etadi. Va, nihoyat, ruhning butunlay ozod bo‘lishi – nirvana holati yuz beradi. 
Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma'lum axloqiy 
qoidalarni bajarish talab qilinadi. Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon karmadan 
saqlash, yangi karmaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, borini ham asta-sekin 
yo‘q qilib yuborishdan iborat. Buning uchun dunyoviy odam besh narsaga amal 
qilishi kerak: birinchisi – zarar yetkazmaslik (axinsa), ikkinchisi – rost so‘zlash 
(satya), uchinchisi – o‘g‘irlik qilmaslik (asteya), to‘rtinchisi – zino qilmaslik 
(braxmacharya), beshinchisi – tamagirlik qilmaslik (aparigraxa). Mana shular 
insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos – chin 
e'tiqod va to‘g‘ri bilim tamoyillariga ham amal qilishi lozim. Ularning birinchisi – 
jaynizm diniga e'tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi – ruhning abadiy ozodligi va 


hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar uchun bir muncha 
murakkab qoidalar ishlab chiqilgan. 
Jaynizm ta'limoti borliqning ilohiyot tomonidan yaratilgani va uning borliq 
ustidan nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga ko‘ra, ruh – abadiy mavjudot, olam 
esa azaliydir. Ruh moddiy tanani yengib o‘tib, abadiy hayotga yetishi mumkin. 
Maxaviraning fikricha, dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bo‘lishidan 
qat'i nazar, qandaydir darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning uchun 
jaynizmda axinsa – zarar yetkazmaslik qoidasiga ko‘proq e'tibor beriladi, ya'ni jonli 
yoki jonsiz narsalarga ozor yetkazmaslik talab qilinadi. 
Maxavira vedalarning ulug‘ligini inkor etdi va veda urf-odatlariga 
braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi. U insonni ma'naviy yuksaklikka olib 
boruvchi hayot qonunlarini, ashaddiy rohiblikni, ruhni ozodlikka olib chiquvchi deb 
hisoblangan nafsni tiyish fazilatini keng targ‘ib etdi. 
Maxaviraning ashaddiy rohiblik tamoyillari va sodda bayon qilingan ta'limoti 
ko‘pchilikni o‘ziga jalb qildi. Uning ganadxara (“maktab boshliqlari”) nomi bilan 
mashhur bo‘lgan 11 shogirdi bo‘lib, ular Maxavira vafotidan keyin uning ta'limotini 
davom ettirganlar. 
Jaynizmning asosiy qoida-tamoyillarini o‘z ichiga olgan 45 ta asar mavjud 
bo‘lib, ular Maxavira tomonidan bitilgan. Biroq mil. av. III asrda og‘zaki matnlarni 
kitob holatiga keltirish maqsadida qilingan harakatlar oqibatida jaynizm ikki oqim – 
shvetambarlar yoki svetambarlar (“oq kiyim kiyganlar”) va digambarlar (“moviy 
kiyim kiyganlar”)ga bo‘linib ketgan. Digambarlar jaynizmning asl holatini saqlab 
qolishga ko‘proq ahamiyat berganlar. Ular Rishabxaning qadimiy qonunini 
yo‘qolgan deb hisoblab, shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas deb e'lon 
qildilar. Jaynizmning ikki oqimga bo‘linishi har ikki oqimning o‘ziga xos urf-
odatlari, kiyinishi va boshqa hayotiy qirralarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. 
Vaholanki, ular asosiy diniy qoidalarda o‘zaro farqlanmaydilar. 
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynizm dini tarafdorlari 
mavjud. Ular, asosan, Hindistonning Rajputan, Gujarot va bir qator janubiy 
mintaqalari, Madxya, Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar. 



Download 1,35 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish