1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Hinduiylik
(Induizm) murakkab din bo‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar 
qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik 
o‘rtasida kasta ta'limoti bo‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu 
dinga Hindiston aholisining 83% e'tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi 
kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.
1. 
Vedalarning muqaddasligi; 
2. 
Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi; 
3. 
Muqaddas joylarga ziyoratga borish; 
4. 
Sanskrit muqaddas til ekanligi; 
5. 
Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan. 
Hinduiylikda braxmanlar asosiy o‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” 
muqaddas yozuvlar qatoriga qo‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga 
javob bermasligini ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga 
keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq 
qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she'riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind 
tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar 
nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo‘lishi 
mumkin.


Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy 
bo‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. Shunga qaramay
hinduiylikda asosan Vishnu va Shivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga 
bo‘linadi: 
1. 
Shivaga sig‘inuvchilar oqimi. 
2. 
Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi. 
Shiva –kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra 
nomi bilan zikr etilgan. U Ishana, Shivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan 
ham ataladi. Shivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar 
tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bo‘lib, 
xalq orasida Shivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.
Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. 
Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni 
Savitar Roxita, Surya, Аudita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qo‘shilib 
yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”.
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Аvatara” – insonning Vishnuga 
qo‘shilib ketishi haqida so‘z yuritiladi. Vishnu ba'zida to‘rtqo‘lli qilib tasvirlanadi. 
Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, 
osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas 
qahramon sifatida ta'riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha kunlarga cho‘zilib 
ketadi. Ular duolar o‘qish, ta'zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda 
qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi 
hovuzlarda cho‘milish kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar 
boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar 
qatorida e'zozlanadi. U keyinchalik “tirik but”ga aylanib, Shivaning ma'budlik 
o‘rnini to‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bo‘lib Rigvedada 
“Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz 


mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-
xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb 
e'tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi 
murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga 
sig‘inish davom etmoqda. 
Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning 
evolyutsiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalarnga kelib 
shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm 
sinkretik din bo‘lib, turli e'tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e'tiqod 
va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voke bo‘lib, urug‘-qabila dinlari 
elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab 
algan. Hinduizm o‘zining yagona tashkilotiga ega emas. 
Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bo‘lgan huquq va 
vazifalarini belgalab va cheklab qo‘yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng 
o‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligani oklaydi va 
abadiylashtiradi, ruhning bo‘lmasligi va ko‘chib aylanib yurishi (sansara ta'limoti), 
qayta tug‘ilishi (karma ta'limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do‘zax 
kabi aqidalarni o‘z ichiga oladi. 
Hinduizm politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqdangan. 
Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng 
oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi 
uch yuzli xudoga o‘xshaydi. 
Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo‘lib, yemirilib, yo‘q bo‘lib turadi, ya'ni 
olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr 
olamning yuksak rivojlangan cho‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan 
tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yo‘qoladi. 
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo 
(karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da'vo kilinadi: 
1) dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish, 


zarur materiallarga ega bo‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-
tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - o‘zgarish zanjiridan butunlay xalos bo‘lish. 
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab 
minglab katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e'tiqod kiluvchilar 
"muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi 
orasida yovuz ruhlarga e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - ho‘kiz, 
sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. 
Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va go‘zal ayol timsoln deb 
hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni so‘ymaslik va go‘shtini yemaslikni targ‘ib 
kiladilar. Аmmo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xo‘jalikda ish hayvoni 
sifatida foydalanishni ta'qiqlamaydi. 
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga 
e'tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga 
ko‘ra, go‘yo Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi dunyodagi 
hayoti ancha yengillashar, jannatga yo‘l olar degan diniy fikr bor. 
Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd kilingandek
jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga - kastalarga ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni 
tabaqalarga bo‘lish taqiqlangan. Аmmo tabaqalarga bo‘linish minglab yillar davom 
etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu masalada 
muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" yozuvlariga 
Veda ,
Upanishadlar kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga 
o‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, 
hikmatli so‘zlar, epik dostonlar paydo bo‘la boshladi. 
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta 
ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e'tiqodlarni targ‘ib 
qilgan bir qator oqimlar ham paydo bo‘lgan. 
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, 
Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan. 



Download 1,35 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish