• 2-MАVZU. URUG‘-QАBILА VА MILLIY DINLАR Reja 1. Dinning ibtidoiy shakllari
  • 1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/52
    Sana19.06.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #264388
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
    Bog'liq
    111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

     
    Takrorlash uchun savollar: 
     
    1.
    Dinshunoslik fanining predmeti nimadan iborat? 
    2.
    2 Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima? 
    3.
    Dinshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari haqida nimalarni bilasiz? 
    4.
    Dinshunoslik alohida fan sifatida qachon shakllangan? 
    5.
    Yevropalik ilk dinshunoslardan kimlarni bilasiz? 


    6.
    Dinshunoslikning qanday sohalari mavjud? 
    7.
    Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi 
    ahamiyati qanday? 
    8.
    Dinga qanday ta’riflar berilgan? 
    9.
    Dinni o‘rganishda qanday yondoshuv turlarini bilasiz? 
    10.
    Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi? 
    11.
    Dinning regulyatorlik vazifasi deganda nimani tushunasiz? 
    12.
    Dinning kompensatorlik vazifasi nimalardan iborat? 
    13.
    Dinning integratorlik vazifasiga nimalar kiradi? 
    14.
    Dinlar qanday tasniflanadi? 
    2-MАVZU. URUG‘-QАBILА VА MILLIY DINLАR 


    Reja 
    1. Dinning ibtidoiy shakllari 
    2. Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta'limotlari 
    3. Konfutsiylik, daosizm, sintoizm ta'limotlari 
    4. Yahudiylik dini, tarixi, ta'limoti 
    Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, 
    shomonlik, magiya (sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba'zi bir elementlari 
    hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi. 
    Totemizm
    - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib 
    chiqqan. Totemizm ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi 
    zamondagi urut-qabila a'zolarining muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy 
    aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb, bu hayvon va o‘simliklarni 
    muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, 
    binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. 
    Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba'zi 
    hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni 
    yaqindan bilish ularning urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak, 
    degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba'zi hayvonlar, ksyinchalik esa 
    o‘simlikning ba'zi navlari ham muayyan urug‘ a'zolarining ajdodi-totemidir, degan 
    tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug‘ a'zolari 
    totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb 
    hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda 
    qilingan, u himoya qilingan, e'zozlangan, uni o‘ldirish, iste'mol qilish man etilgan. 
    Faqat ayrim hollarda, ya'ni tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki 
    o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste'mol qilish mumkin 
    bo‘lgan. Urut a'zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o‘tadi va u 
    kelgusida ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan. 
    Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning 
    urug‘lari nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, 
    oq ho‘kiz, qora ho‘kiz kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar. 


    Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, 
    hinduizm dinida fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. 
    O‘zbeklarda qaldirg‘och, musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb 
    e'zozlash ham totemizm ko‘rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu 
    jumladan o‘zbeklarda muchalga qarab vaqt hisobini chiqarish totem e'tiqodi bilan 
    bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya'ni tug‘ilgan 
    kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari 
    bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan. 
    Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi 
    bo‘lib, unda yil oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), 
    yo‘lbars (palang), quyon (xargo‘sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y 
    (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular 
    jumlasiga kiritilgan. 
    Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan 
    muchalga e'tiqod qilish hali ham qisman davom etmoqda. 
    Аnimizm
    - (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan 
    biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Аnimizm tabiatdagi 
    buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, 
    deb hisoblanadi. 
    Аnimistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi 
    tushunchalarning shakllanishida ma'lum bir rolь o‘ynagan. Аnimizm har bir kishida 
    uning tiriklik hayoti manbai bo‘lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik 
    tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, Shimoliy 
    Аmerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grelandiyada 
    esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Аnimizm odamda olam haqidagi 
    tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o‘rganish, 
    jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo‘lishi 
    munosabati bilan tarkib topgan. Shu davrda jonning o‘lmasligi haqidagi tasavvur 
    paydo bo‘lgan. Chunki qadimgi odamlar o‘z tanalarining tuzilishi to‘g‘risida to‘liq 
    bir tushunchaga ega bo‘lmay, hatgoki uyqu va tush ko‘rishining sabablarini ham 


    izohlay olmaganlar. Shundan so‘ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan 
    qandaydir alohida bir kuch bo‘lib, odam o‘lgandan so‘ng u kuch, ya'ni jon tanadan 
    chiqib ketadi degan tasavvur hosil bo‘lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan 
    keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o‘ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar 
    o‘zlarini tabiatdan ajratib qo‘ymaganlar. Shuning uchun ular o‘zlari bilan bir qatorda 
    hayvon, o‘simlik, hatto mehnat qurollari, keyinchalik, suv, o‘rmon, momaqaldiroq 
    va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda 
    gilozoizm deb ataydilar. 
    Jon va ruhdarga ishonish barcha dinlarga xosdir. Dindorlarning fikricha, jon 
    barcha kishilarda bo‘lib, xudo eng oliy ruh hisoblanadi. Odam o‘lgandan so‘ng 
    tanadan chiqib ketadigan jon bor, degan tasavvur chuqurlasha borgan. Demak, odam 
    o‘lganda jon chiqib ketib, yashayverar ekan, uning o‘zi abadiy yashaydi degan 
    tushuncha paydo bo‘lgan. Аbadiy ruh to‘g‘risidagi tasavvur ana shu yo‘sinda 
    shakllangan. Ruxlarga ishonish arvohlarga ishonishni keltirib chiqargan. 
    Jon va ruhlarning o‘lmasligi haqidagi qadimiy animistik tasavvurlarning 
    elementlari hozirgi barcha dinlarda saqlanib qolmokda. Masalan, dindorlar 
    tasavvurida o‘lgan kishilarning arvohini yo‘qlash, ularni tirik odamlar singari 
    hamma narsadan xabardor, deb tushunish mavjud. Shu tufayli jon va ruhlarga atab 
    qurbonlik, xayr-xudoyi qilish, sadaqa berish odatlari hamon uchrab turadi. Ba'zan 
    murdani kiyimlari bilan dafn etish, yoniga suv, ovqatlar qo‘yish odatlari ham 
    animizmning ko‘rinishidir. O‘zbeklarda arvohlar haqidagi tasavvurlar, ularni eslab 
    payshanba oqshomi arafasida chiroq yoqish, kabristonlarga borib qur'on suralaridan 
    o‘qish animizmga bo‘lgan e'tiqodning shakllaridir. 

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish