2. Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorligini tushuntirish Referat haqida to'liq ma'lumot




Download 214,12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2024
Hajmi214,12 Kb.
#136071
TuriReferat
Bog'liq
2-mavzu



2.Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining axborot 
kompetentligi kasbiy tayyorligini tushuntirish Referat haqida to'liq ma'lumot:
Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari
Ta`lim 
jarayonida 
ilg‘or 
pedagogik 
texnologiyalar
Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar O‘quvchilarning fikr 
doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin 
ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi 
o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda 
innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich ta`lim 
umumta`lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda 
o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor berish lozim. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas`uliyatlari cheksizdir. Ular maktab 
ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, 
zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga 
munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini ko‘rsatadi. Pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish 
metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar 
bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini 
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga 
erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki 
yaqinlashuvidir. Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish 
motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim 
jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. 
Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish 
lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin 
mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit 
bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, 
bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi. 
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi 
shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga 
oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga 
oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga 
bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish, 


o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, 
ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos 
bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
Darsning oldindan loyihasi, ya`ni texnologik xaritasi tuziladi.
Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga 
oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv 
bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani 
amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada 
albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini 
tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni 
tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va 
o‘quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. 
Dars texnologik xaritasining mukammal tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga 
oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta`minlash, 
vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. “Baliq skeleti” texnologiyasi Ushbu 
texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga 
tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti 
chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo 
yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l 
harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” 
muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar. 
Pedagogik texnologiyalarning mazmuni va mohiyati. Ta’lim jarayoni nihoyatda 
murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi 
faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, 
metodik mukammalligiga bog‘liq. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodiy tuzilmalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni 
amalda qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va 
tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. 
Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol 
g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama 
rivojlangan, sog’lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada 
raqobatbardosh, ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual 
salohiyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogining o’z 
kasbiga bo’lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida 
o’qituvchilarning o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini yuqori 


baholab shunday degan edi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-
tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu hamqda gap ketsa, ajdodlarimiz 
qoldirgan bebeho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng 
yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi murabbiylarnining olijanob mehnatini 
hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini 
tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli 
kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning 
ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini 
o’zimizda yaxshi tasavvur qilamiz4”. Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida 
maqsad qo’yilgan. Bu o’quvchilarga ijodiy jihatdan o’z-o’zlarini namayon qilishlari 
uchun imkoniyat yaratish va ularda ijobiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishiga 
ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham, bugungi kunda o’quvchilarning 
faolligini oshirish, bilimlarini yaxshilash maqsadida ta’lim samaradorligini 
oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi shakl, 
vositalarni qo’llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko’zlovchi 
pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi. Nima uchun bugungi kunda pedagogik 
texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati 
tug’ildi? «Pedagogik texnologiya» nimani anglatadi? Pedagogik texnologiyalar 
ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga 
tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan 
yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning 
mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari 
va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy 
sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o’z ichiga 
oladi. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga 
chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. 
Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va 
bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni 
o’quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy 
etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya 
jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos 
xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani 
yaratish milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya 
prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi Bugungi kunda fan-
tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi 
tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat bеradiki, 


endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas 
qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan 
yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‘lib, ular 
zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi. Pеdagogik 
tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda turadi, 
chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, mеtodlari va vositalariga 
egadir. Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida 
murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pеdagogik jarayonni ifoda etishi 
bilan ishlab chiqarish va axborotli tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos 
xususiyati – tarbiya komponеntlarini mujassamlashtirganidir. 
Pedagogik 
texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va 
an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi 
imkoniyatlarini egallab oladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llash avvalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni 
talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik 
texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish 
va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga 
qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim 
oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod 
bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik 
muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi 
va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya 
vazifalarini hal etadi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini 
oshiradi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda 
bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan 
amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. An’anaviy 
o’qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi 
tufayli ”axborotli o’qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina 
o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga 
aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baxolanmoqda. Birinchidan, pedagogik 
texnologiya ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat 
shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma`lum 
pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z 
ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi. 
«Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash 
zarurligini keltirib 
chiqaradi. 
Ikkinchidan, ilmiy 
texnik taraqqiyotning 
rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko’payib, fan va texnikaning 


rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayotganligi va 
o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib 
kelayotganligi, o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, 
shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi 
texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Yangi metodikalarni talab etadigan 
va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining 
ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli 
vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka 
aylantirdi.Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz 
kirib kelishi va jonli o’quv ob’ektlariga aylanishi o’qituvchining an’anaviy metodika 
doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo’llashga 
ehtiyojni tug’dirmoqda. Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, 
yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni 
o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar 
asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati, samaradorligini oshirishda o’z hissasini 
qo’shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi lozim. 
"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-
yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan texnos- san`at, hunar va logos-fan, 
ta`limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda 
texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim 
zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) 
muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan 
bo’lsak, texnologik jarayon, bu – mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom 
ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi 
ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi 
asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu 
tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning 
ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar 
majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq 
belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani 
o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining 
xatti-harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil 
qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.

Download 214,12 Kb.




Download 214,12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2. Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorligini tushuntirish Referat haqida to'liq ma'lumot

Download 214,12 Kb.
Pdf ko'rish