1-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH. DINNING MOHIYATI,
TUZILISHI VА FUNKSIYALАRI
Reja:
1. “Dinshunoslik”
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
3. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash,
diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta'minlashdagi ahamiyati.
4. Dinning mohiyati va unga berilgan ta'riflar.
5. Dinning ijtimoiy funksiyalari hamda dinlarni tasniflash.
Tayanch tushunchalar:
Din, e’tiqod, yo‘l, «religio», «relegere», dinshunoslik,
din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi,
regulyatorlik, kompensatorlik, integratorlik, kommunikativlik, legitimlovchilik.
Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, Dinshunoslik fanining
yuzaga kelishi tarixi, Dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari,
dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish.
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan
bog‘liqligi.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng barcha o‘quv maskanlarida
"Dinshunoslik" fani fan sifatida o‘qitila boshladi. Dinshunoslik – din, uning kelib
chiqishi,
tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari,
kishilar va jamiyat
hayotida tutgan o‘rni, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o‘zaro munosabatlari
kabi masalalarni o‘rganuvchi ilmiy – falsafiy o‘quv predmeti sanaladi.
Dinshunoslik XIX asr o‘rtalarida G‘arbiy Yevropada alohida fan tarmog‘i
sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosseder.
Dinshunoslikning eng yirik sohalaridan biri islomshunoslik, hurfikrlilikdir.
Dinshunoslik XIX sar 30-yillarida O‘zbekistonga tarqaldi. Bu yerda oldin
islomshunoslik bor edi, xolos.
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini,
urf-odatlari va an'analari mavjud. Ana shu qadriyatlar
xalqlarning yurish-turishi,
kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e'tiqod va
diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani
ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi.
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan
birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma'lumot olish, ularning
qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada “Dinshunoslik” fani
izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-
ma'naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga
qadar chet ellarda amalga
oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati
paydo bo‘di.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida
emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini
ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
“
Dinshunoslik
”
fanini o‘qitishdan maqsad –
talabalarga
diniy va milliy
qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan
uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan
to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni
tayyorlashdan iborat.
Bundan tashqari talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari
bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini
zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish.
Shuningdek,
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan
o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik
madaniyatini
shakllantirish yo‘lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy
ma'lumotlarni berish ko‘zda tutilgan.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida
emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini
ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.