• Buddaviylikning vujudga kelishi.
  • 1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/52
    Sana19.06.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #264388
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
    Bog'liq
    111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

    Takrorlash uchun savollar: 
    1. Dinning ibtidoiy shakllariga qasi dinlar kiradi va ularning o‘ziga xos 
    xususiyatlari nimada? 
    2. Milliy dinlar deb qanday dinlarga aytiladi? 
    3. Milliy dinlarga qaysi dinlar kiradi? 
    4. Milliy dinlardagi o‘xshashlik va farqli jihatlari nimalarda ko‘rinadi? 
    4. Braxmanlikda nechta kasta mavjud? 
    5. Hinduiylikning vujudga kelish davridagi tarixiy shart-sharoitlar qanday 
    edi? 
    6. Jaynizm ta’limoti asosini nimalar tashkil etadi? 
    7. Sikxizm qachon va qayerda vujudga kelgan? 
    8. Xitoy milliy dinlariga qaysi dinlar kiradi? 
    9. Sintoizm qaysi millat dini hisoblanadi? 
    10. Yahudiylik asoschisi kim? 
     


     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    3-MАVZU: BUDDIZM
    Reja: 
    1. Buddaviylikning vujudga kelishi, ta'limoti 
    2. Buddizmdagi oqimlar 
    3. Buddaviylik manbalari 
    Buddaviylikning vujudga kelishi.
    Buddaviylik (Buddaviylik) – uchta dunyo 
    dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, miloddan avvalgi VI-V asrlarda 
    Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-
    Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, 
    Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya
    Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit'alarida, 
    Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqiyada istiqomat qiladilar. 
    Hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 750 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga 
    yaqini monaxlardir. 
    Buddaviylikni din yoki falsafa, mafkura yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki 
    hayot tarzi deb baholash mumkin. 
    Buddaviylik asoschisi haqida habar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni 
    Siddxardxa Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djinna, Bxagavan kabi 
    ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxardxa - shaxsiy 
    ismi, Gautama - urug‘ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan 


    donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib, shunday ketgan, Djina 
    - g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi 
    bo‘lib, uning ismidan dinga buddaviylik nomi berilgan. 
    Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma'lumdir: “Maxavostu” – 
    milodning II asrida yozilgan, “Lalitavistara” - milodning II-III asrlarida yuzaga 
    kelgan, “Buddaxacharita” - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan 
    milodning I-II asrlarida yaratilgan, “Nidanakatxa” – milodning I asrida yozilgan va 
    “Abnixishkramansutra”. 
    Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda 
    hisoblangan. U tarixiy shaxs bo‘lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar 
    mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma'noni 
    anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma'noda ko‘p marta ilohiy tug‘ilishlar 
    tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga ham diniy najot yo‘lini ko‘rsata 
    oladigan odam bo‘lgan. 
    Budda mil. avv. 563 yilda tug‘ilib, 483 yilda vafot etgan. Siddxardxa Shakya 
    qabilasining podshosi Shuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Ximolay tog‘lari 
    etagida Kapilavasti degan qishloqda bo‘lgan (hozirda Nepal hududida). Onasi - 
    malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu havaslar og‘ushida tarbiyalab, uni hech bir 
    kamchiliksiz katta qiladi. Siddxardxa ulg‘ayib qo‘shni podshohlardan birining qizi 
    Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. 
    Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda 
    Siddxardxa vafot etgandan so‘ng Budda -"haqiqatga erishgan" deb atalgan. U ushbu 
    oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug‘idan bo‘lgan eng obro‘li Shakya 
    qabilasini tanlagan. Аna shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng 
    tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko‘ra Gautama hind qabilasi hukmdorlaridan birining 
    o‘g‘li bo‘lib, u befarzand bo‘lgan, ammo uning xotini g‘oyibdan homilador bo‘lib, 
    45 yoshida o‘g‘il tuqqan. Bola tug‘ilganda mo‘'jiza yuz bergan. Tabiiy hodisalar - 
    yer qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan. Uning ovozini 
    Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib 


    turganlar. Chaqaloqqa Siddxardxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qo‘yganlar. U 
    7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan. 
    Siddxardxaning otasi o‘g‘lini din yo‘liga bag‘ishlashga rozi bo‘lmay, unga 
    yaxshi ma'lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday 
    qiyinchilik ko‘rmay o‘sgan. Sudxartxa o‘spirinligidayok o‘zining donoligi, 
    kuchliligi va epchilligi bilan xammani hayratga solar ekan. U kasal yotgan kishini, 
    o‘likni ko‘rgach hayotning mohiyati, maqsadi, og‘irliklari, kasallik va o‘lim bilan 
    bog‘liqligini o‘ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligani anglab, tarki 
    dunyo qilgan, darvesh yo‘liga kirgan. Bu bilan u kishilar boshiga tushadigan 
    kulfatlar, azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq yetib, ulardan qutulish 
    yo‘lini topmoqchi bo‘lgan. Nihoyat, 36 yoshida "haqiqiy bilim" egasi bo‘lganligi 
    ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng u Budda deb nom oladi. ("budda" so‘zi ilohiy 
    haqiqatga erishgan, degan ma'noni anglatadi). Shu tariqa unda ulug‘vor haqiqat siri 
    ochilgan, ular buddaviylik ta'limotiga asos qilib olingan. 
    Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan Siddxardxa bir kuni keksa 
    cholni, bemorni hamda og‘ir mehnatli rohibni uchratadi, va nihoyat, bir kishining 
    vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta'sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik 
    va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda 
    edi. U besh rohib bilan qishloqma - qishloq kezib yuradi. Ko‘p vaqt bu rohiblarga 
    hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma'lum maqsad yo‘qligini, bu yo‘l o‘z oldiga 
    qo‘ygan maqsadi – insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini 
    anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi. U chakalakzor o‘rmonlarda kezib, 
    charchab bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi, va o‘zicha, to haqiqatni 
    topmaguncha shu erdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o‘tirishning 49 kuni uning 
    qalbidan “Sen haqiqatni topding” degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida 
    butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilinch qayoqqadir intilishni 
    ko‘radi. hech bir joyda osudalik yo‘q edi. hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib 
    ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch. Trishna - yashash, mavjud bo‘lish umidi 
    barchani tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda 


    kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda – “nurlangan” deb 
    ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa – “nurlangan daraxt” - Botxa deb atala boshladi. 
    Budda o‘zining birinchi da'vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida, 
    o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va o‘shalar uning birinchi shogirdlari bo‘ldilar. 
    Shu kundan boshlab Budda o‘z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o‘z 
    ta'limotni tarqatib o‘ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o‘z 
    ta'limotini Hindistonning turli joylariga yеtkazadi va 80 yoshida Kushtnagara dеgan 
    joyda dunyodan o‘tdi. Uning jasadi hind udumiga ko‘ra u yerda kuydirilib, uning 
    xoki 8 ta budda jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida 
    ibodatxona barpo etdi. 
    Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to‘qilgan. Bu afsonalarda 
    aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida yеr yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida 
    qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta 
    savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil Shuningdеk 
    baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta 
    qayta tug‘ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi bеlgilagan.
    So‘nggi marta uni xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson 
    qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba'zilariga ko‘ra yеr yuzida Gautamaga 
    qadar 6 ta budda o‘tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba'zi muqaddas joylarida 
    7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba'zi afsonalar 24 ta 
    Budda avlodi o‘tgan dеsa, ba'zilari minglab Buddalar o‘tgan dеb da'vo qiladi. 
    Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini 
    xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy 
    munosabatlaridan izlash va topish lozim. 
    Qadimgi Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab sinfiy 
    munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga 
    braxmanlar, harbiylar, o‘rta tabaqaga - dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq, 
    xizmatkor, cho‘rilar kiritilar edi. 
    Buddaviylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida 
    paydo bo‘lgan. U braxmanlikni jonning ko‘chib yurishi, jannat va do‘zax haqidagi 


    aqidalarni saqlab qolgan. Buddaviylik Braxmanlikni jamiyatning tabaqalarga 
    bo‘linishi to‘g‘risidagi ta'limotga qarshi chiqib, barcha kishilar e'tiqodda teng 
    huquqli deb e'tirof etgan. Buddaviylikning diniy tenglik haqidagi goyasi 
    odamlarning kastalarga bo‘linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol' o‘ynagan. Аyni 
    paytda buddaviylik kishilar "azob-uqubat" chekishda va undan xalos bo‘lishda ham 
    tengdirlar deb hisoblangan. 
    Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddaviylik 
    muayyan o‘rin egallagan. U zardushtiylik dini ta'sirida va u bilan yonma-yon 
    shakllangan dinlardan biri bo‘lgan. Keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo 
    xamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind 
    jamoalarida ro‘y bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar - urug‘-qabilachilik 
    aloqalari va tartiblarining yemirilishi, sinfiy jamiyatning vujudga kelishi va yirik 
    quldorlik davlatlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi. III-asrga kelib dunyoviy 
    jamiyat (imperator Аshoka) ning faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik 
    darajasida yagona bo‘lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi-singxa) va diniy 
    aqidachilik shakllangan. 
    Buddaviylikning Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan 
    avvalgi II asrlarda bu yerlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan grek-baqtriya 
    podshohligining o‘rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga 
    to‘g‘ri keladi. 
    Kushon imperiyaoi o‘zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) 
    hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Аfg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, 
    ehtimol Uyg‘uristonni ham o‘z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddaviylik 
    Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Uzoq 
    Sharqqa tarqalgan. 
    Keyinga o‘n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning 
    natijalari va tarixiy ma'lumotlarni umumlashtirgan holda tahmin qilish mumkinki, 
    yaslomgacha bo‘lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyo g‘oyaviy hayotining 
    muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddaviylik faqat maxsus 
    ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag‘al 


    deqqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddaviylikni qabul 
    qilgan Markaziy Osiyo xalqpari diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar 
    kurganlar. 
    Buddaviylik bilan bog‘liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga 
    solingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim 
    o‘rin egallaydi. Buddaviylik bilan bog‘liq imoratlar, qurilishlar hozirda ham 
    Shimoliy Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonning Janubiy tumanlarida, 
    Tojikistonda va Qozog‘iston janubida mavjuddir. Bular orasida eng yirik inshoot 
    eski Termizdagi Qoratepa nomli g‘or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta 
    tepalik bo‘lib, unga qumtoshli g‘or binolar o‘yib solingan, yer ustida binolar barpo 
    etilgan, bularning hammasi bir butun uyg‘un bo‘lgan buddaning 20-25 
    ibodatxonasini tashkil qilib, Kushon podshohligida buddaviylikning muhim 
    ahamiyatga ega yekanligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, 
    haykallarni, toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg‘a qilingan sopol idishlarga 
    bitilgan har xil yozuvlarni o‘rganishlar qoratepaning milodning I asr oxiri va II 
    asrning boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar O‘rta Osiyoga kirib 
    kelganlaridan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan 
    dalolat beradi. 

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

    Download 1,35 Mb.
    Pdf ko'rish