1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Yahudiylik (Iudaizm)
- eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII 
asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‘zining asosiy 
aqidalarini bevosita o‘sha davrda mavjud bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning 
paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi 
markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik 
bilan shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din 
sifatida aiimizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga 
sig‘inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning 
nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas'' kitoblar to‘plamida hayvonlarni 
va o‘simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni 
e'zozlash izlari bor. 
Ruhoniylar iudaizmning obro‘sini ko‘tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz 
xalq.", unga dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham 
qisman shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan 
ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar iudaizm ta'limotiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmadi, u 
yagona milliy dinligacha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak 
ildizlari ham yo‘q, deb jar solmoqdalar. Аslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini bir 
necha bor o‘zgartirgan. 
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni 
boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga 
o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy 


qabilalarn ko‘p xudolarga e'tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto 
shaharning o‘z xudosi bo‘lgan, shuningdek moddiy olam hodisalarining har bir 
guruhi alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening shaharlaring qancha 
bo‘lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda 
mahalliy avliyolar xisoblanmish Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Аvraam), Ishoq (Isaak) 
Yoqub (Iakov), Yusuf (Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg‘ambar 
deb tan olingan. 
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy 
tabaqalanish ro‘y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida 
mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan. 
Аmmo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlanishi qabilalar o‘rtasidagi 
munosabatlar taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq edi. Chunki qabilaviy xudolar 
evolyutsiyasi natijasida yagona xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o‘sha 
davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning 
muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa qabila xudolaridan yuqori 
turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va 
Iuda singari eng mashhur qabilalar obro‘si ko‘tarila boshlagan. Bularning orasida 
Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro‘si juda oshib ketgan, uning xudosi Yahve esa 
barcha xudolardan yukori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. 
Bunga qadar politeizmda Yahve tog‘-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi 
sifatida tasvirlangan. quldorlik davlatining barpo etilishi va rivojlanishi yahudiy 
qabilalarini yaqinlashishi va birlashishiga olib kelgan. Yahudiy davlati vujudga 
kelishi bilan yahudiy qabilalari o‘zlarini yerda hukmdor deyish bilan 
cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida tan olishgan. 
Shu tariqa Yahvedan boshqa xudolarga e'tiqod qilishga barham berilgan. 
Ilgarigi qabila xudolaridan biri bo‘lgan Yahve yakka deb e'tirof etilgan. qudus 
(Ierusalim) shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy-davlat dini 
vujudga kelgan. Yahudiylik monoteizm sinfiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq 
ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi tengsizlikni oqlagan. 


Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini 
mustaqkamlagan, hamda podshoning g‘oyaviy himoyachisiga aylanganlar. Yahudiy 
ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni, urf-
odat, marosimlarni hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab, yangi monoteistik din 
talablariga moslab qayta ishlash orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta'limotlarini 
o‘zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar. 
Shunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta'limotining vujudga 
kelishi uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan. Shulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. 
Bibliya tekstlari bir necha yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan - 
qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va Yangi axdnoma (Novьy zavet) dan iborat. 
Iudaizm ruhoniylari Yangi axdnoma tannax deb ataydilar. Iudaizm tarafdorlarining 
fikricha, tannaxni xudo - Yahve "muqaddas yozuvlar" sifatida yahudiylarga 
yuborgan. Аslida esa Yangi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi Sharq 
xalqlarining turli diniy e'tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va 
diniy-falsafiy qarashlar, muhabbat kissalari va boshqa shunga o‘xshash manbalardan 
foydalanganlar. 
Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Аssiriya, Vaviloniya va yunonlar 
tomonidan bir necha bor bosib olinishi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga 
majbur bo‘ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi 
Quddus sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum 
bo‘lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy yig‘ilishlar - sinagoglar tashkil etdilar. 
Yahudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. 
Yahudiy dinida muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida 
shakllangan 5 ta kitobdan iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so‘ng 
Gemara paydo bo‘lgan. Ularni qo‘shishdan vujudga kelgan risolalar to‘plami 
Talmud deb atalgan. U yaxudiy jamoalarida diniy urf-odat, marosim me'yorlari, 
ijozatlar, taqiqlar, fukarolik munosabatlari, oilaviy hayot va boshqalarga oid 
ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. 
Yahudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo - Yahvega e'tiqod qilishdir. Diniy 
aqidalardan birida zamona oxir bo‘lgach, Yahve o‘z elchisi Mahdiy (Messiya) ni 


yuborib, "mumtoz xalq"ni dunyoga hukmron qilarmish. Iudaizmda mahdiylik 
g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso xudoning amrini yerga yetkazib turuvchi 
payg‘ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni yovuzlikdan, gunohdan saqlash 
maqsadida xudo yerga yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan. 
Iudaizmda murakkab urf-odat va marosimlar bo‘lib, uni ta'limotining muhim 
aqidalaridan biri kishilarni azob-uqubatlardan qutqarish bilan yurtda adolat o‘rnatib, 
olamni yangilovchi Maxdiyning kelishini kutishdir. Iudaizm ta'limoti inson hayotini 
600 turdan zied toat-ibodat, urf-odat bilan bog‘laydi. 
Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo‘nalishari paydo 
bo‘lgan. Iudaizmda XX asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom 
ettirayotgan islohotchilar dinni zamonaviylashtirishga intildilar va Turli tangliklar 
iudaizmni o‘z sistemasiga ba'zi tuzatishlar kiritishga majbur etdi. 
Iudanizmning asosiy aqidalari orasidagi eng muhimlari -monoteizm - yagona 
xudo bo‘lmish Yahvega e'tiqod; xaloskorlik - xudo tomonidan yuboriladigan 
xaloskor Mahdiga ishonch; bu xaloskor dunyoni qayta qurar va butun yahudiylarni 
Falastindan Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofiga to‘plashi va ularning 
dushmanlarini jazolashi, narigi dunyoga ishonch, oxiratda har kimning o‘z 
qilmishiga yarasha ajrini topishi, jannat va do‘zaxlarning mavjudligiga, dunyoning 
oxiri borligiga, muqaddas kitoblarning benuqsonligiga ishonishdir. 
Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliya ning birinchi besh kitobi bo‘lmish 
Tavrot (aynan tarjimasi qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga yetkazish uchun 
Muso payg‘ambarga xudo Yahvening shaxsan o‘zi Sinion tepaligida bergan. 
Bibliyaning boshqa qismlari esa (Qadimgi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita 
pand-nasihatlari ta'siri natijasida yahudiylarning boshqa turli payg‘ambarlariga 
yuborilgan deb tushuniladi. Shunday qilib Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o‘z 
ichiga oladi. 
Odatda iudaizm shartli ravishda ikki davrga bo‘linadi. Birinchisi, qadimiy 
(quldorlik davri bo‘lib, u milodning II asrigacha bo‘lgan bu davrda Bibliyaning 
qadimiy ahd qismi yuzaga kelgan. Ikkinchisi, XIX asrgacha davom etgan O‘rta asr 
feodal, ravvin, talmud, an'anaviy davrlarga bo‘linadi. Shu davrlarda diasporalarda 


(yun. tarqoq falastindan tashqaridagi yahudiy masqanlarining nomi) Tavrotni talqin 
etish natijasida iudaizmning yangi bir mukaddas kitobi Talmud (qadimgi yahudiy 
tilida o‘rganish) shakllangan. Unda iudaizmning aqida va marosimlari batafsil 
yoritilgan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarvda iudaizmda yangi bosqich- 
isloh qilingan iudaizm vujudga kelgan. Bu davrlarda yangi burjua sharoitiga 
moslashish maqsadida aqidalarni yangilash va Talmudda belgilangan bir qator yo‘l-
yo‘riqlardan, ibodatlardan voz kechishlar ro‘y bergan. 
Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal 
(sof) fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida 
mavqega ega bo‘lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan 
muhofazakor yo‘nalishdagi iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm 
ittifoqining tarafdorlaridir. Utgan asrning 20-30-yillarida g‘arbda rekonstruk-
tsionizm deb nom olgan, go‘yoki shaxsiy milliy mansubligini belgilaydigan iudaizm 
"yahudiylar revolyutsiyasidir" deb e'lon qilgan yangi yo‘nalishlar ham kiradi. 
Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal 
shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko‘rinishlar tartibiga 
muvofiq to‘rt xil, bo‘lib ular yevropalik, buxoro, gruzin, tog‘li yoki tat yahudiylariga 
bo‘linadi. 
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro 
yahudiylari nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib 
kelgan bo‘lsalar kerak. Bunga ularning qadimgi Fors lahjalarining tojik shevasidan 
biri bo‘lmish tili, shuningdek, ayrim eroniy odatlari va hozirgi kungacha saqlanib 
qolgan elatlar madaniyatining birgina obidasi - yahudiylarning lug‘ati 1327 yil 
Urganchda yozib tugatilgani bundan dalolat beradi. Buxoro yahudiylari o‘zlarining 
etnik xislatlarini hammadan ko‘proq anik saklab qolgan yahudiylardir. Bularga 
Bibliya iudaizmining asoslari oilaviy-maishiy tartibdagi patriarxal odatlar bo‘lmish 
"xalitso"-"to‘rt tirsak", "ketuba", "kadish" o‘n kishidan kam bo‘lmagan dindoshlar 
ishtirokida vafot etgan ota-onaga bag‘ishlangan xotira ibodatlari kiradi. Ehtimol, 
ko‘p asrlar mobaynida ular yo‘qotgan asosiy narsa, faqatgina diniy ibodatlarda 
saqlanib qolgan va juda oz, tor darajadagi kishilar -ravvinlargina biladigan, qadimgi 


yahudiy tili bo‘lsa kerak. Tat yahudiylari yoki ular, ilgari aytilganidek, Dog‘iston, 
Shimoliy Kavkazda yashovchi "tog‘lik yahudiylar" Eron lahjalari shevasidan biri 
bo‘lgan tat tilida so‘zlashganliklari uchun ham eroniy tilda so‘zlashuvchi xalq 
hisoblanadi. Chamasi, ular V-VI asrlarda Darbantga Erondan ko‘chib kelgan bo‘lib, 
avval zardushtiylikni, keyin esa (VIII asrlardan boshlab) ikki asrlik Hazar 
kogonlarining hukmronlik davrida iudaizm ta'siriga o‘tganlar. Iudaizmda markaziy 
diniy tashkilot yo‘q, Moskvadagi xoral sinagogi va shibatda (o‘quv yurti) ruhoniy 
xodimlar; ravvinlar, kantorlar va boshqalar tayyorlanadi. 

Download 1,35 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish