1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/52
Sana19.06.2024
Hajmi1,35 Mb.
#264388
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Konfutsiylik
(Konfutsianizm) falsafiy g‘oya sifatida maydonga kelgan. 
Uning asoschisi Konfutsiy (Kun Tszi) mil. av. 551 yilda tug‘ilib mil. av. 479 yili 
vafot etgan. 
Konfutsiy otasidan erta ajragan va onasi qo‘lida tarbiyalangan. Onasi ham 
ko‘p o‘tmay dunyodan o‘tgan. Konfutsiy ta'lim olib, ilm o‘rgangach, 19 yoshida 
uylanadi. Yoshlarga ta'lim berishga kirishadi. Yangi ustozning ong haqidagi fikrlari, 
chuqur ma'noli so‘zlari mamlakat bo‘ylab keng tarqaladi. Konfutsiy huzuriga 
mamlakatning turli mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib kela boshlaydilar. 
Konfutsiyning 3000 ga yaqin shogirdlari orasida yetmish ikki eng ko‘zga ko‘ringan 
izdoshlari mamlakatning obro‘li xonadonlaridan bo‘lishi bilan bir qatorda 
kambag‘al, oddiy kishilardan ham iborat bo‘lgan. Konfutsiy maktabi qadimgi 
Xitoyda asta-sekin katta ta'sir doirasiga aylana bordi. Uning ko‘plab shogirdlari 
qadimgi Xitoy podshohliklarida nufuzli mansablarni egalladilar. Konfutsiy yoshlar 
tarbiyachisi va ustozi sifatida keng shuhrat qozonib, ilk Xitoy ma'rifatparvari nomiga 
sazovor bo‘lgan bo‘lsa, u tomonidan taklif qilingan islohotlarning amalga 
oshirilishida uning aksi bo‘ldi.
Konfutsiyning asosiy e'tiborini tortgan narsa o‘z zamonasining kamchiliklari 
va aybu nuqsonlari edi.
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning cheksiz zulmi, hukmdorlar 
o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar, qadimgi ma'naviy an'ana va qadriyatlardan 
uzoqlashish – bularning hammasi Konfutsiy keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga 
kelishiga turtki bo‘ldi. Uning fikrlari jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi uchun 
hamma e'tirof qilgan obro‘ga ega bo‘lish kerak edi. Konfutsiy xuddi ana shu obro‘ni 
uzoq o‘tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfutsiy vafotidan bir necha 


asr o‘tgach, uning o‘zi orzu qilganidek, podshohlar dono, amaldorlar fidoiy, xalq esa 
farovon bo‘lgan paytda uning ta'limoti xalq hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib 
ulgurdi. 
Konfutsiy “komil inson” (Tszyunь-tszu) xaqidagi g‘oyasini yaratdi. Tszyunь-
tszi yuksak ma'naviyatli inson – ikki asosiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak: 
insoniylik va mas'uliyat (ajdodlar oldidagi qarzni)ni his qilish. Komil inson, eng 
avvalo, ishonchli va fidoiy bo‘lishi kerak. U o‘zini ayamasdan o‘z ishonchiga, o‘z 
hukmdoriga, o‘z otasi va barcha o‘zidan kattalarga xizmat qilishi kerak. Bunday 
inson doimo kamolot sari intilishi zarur.
Konfutsiylikda markaziy o‘rinni axloqiy masalalar egallagan. Diniy 
masalalar, aqidalarga konfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda bo‘lgan. 
Konfutsiyning o‘zi qadimgi Xitoyda keng tarqalgan turli ruhlarga bo‘lgan ishonch 
masalasiga shubhali munosabatda bo‘lgan. "Lunьyuy" (Konfutsiyning falsafiy 
fikrlari va suhbatlari majmuasi, u konfutsiylikning asosiy manbasi)da keltirilishicha, 
Konfutsiy g‘ayritabiiy narsalar va ruhlar to‘g‘risida gapirishni yoqtirmagan. 
Shuningdek, u taqdir, inson umri, o‘lim xaqida so‘z yuritishdan qochgan. Undan 
"o‘lim nima?" - deb so‘raganlarida, u "Biz tiriklik nima ekanligini bilmaymiz-u, 
o‘lim nima ekanligini qaerdan bila olar edik"- deb javob bergan ekan. 
Biroq o‘sha davrda qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-
odatlarga Konfutsiy ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan. 
Konfutsiyning yana bir asosiy ta'limoti – "Syao" ta'limotidir. Mazkur 
ta'limotga ko‘ra inson o‘z ota-onasiga munosib bo‘lishi haqidagi g‘oyani o‘zida 
mujassamlashtirgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun "Syao"dan muhimroq narsa 
yo‘q. "Syao" va "di" (ukaning akaga, kichiklarning kattalarga xurmati) 
insoniylikning asosidir" degan. Undan "Syao"ning asosiy ma'nosi nima, farzandlik 
xizmati qanday bo‘lishi kerak, degan savolga Konfutsiy shunday javob bergan: 
"aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bo‘lishingdir. Zero, odamlar uylaridagi itlar 
va otlarini ham boqadilar-ku, agar insonlar ota-onalariga ortiq ehtirom 
ko‘rsatmasalar hayvonlarni boqishlaridan nima farqi qoladi?". 


"Syao" ta'limotining "Li qonunlari"ga ko‘ra farzand ota-ona hayotlik chog‘ida 
mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan o‘tgunicha o‘ziga-o‘zi egalik 
qilishga haqli emas. Аgar ota-onasi vafot etadigan bo‘lsa, farzand qanday ish bilan 
mashg‘ul bo‘lishidan qat'i nazar, qanday lavozimni egallagan bo‘lmasin, barcha 
ishini tashlab 3 yil davomida aza tutishi shart. Konfutsiylikning "Syao" ta'limoti 
asrlar mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy normalariga katta ta'sir o‘tkazib keldi.
Konfutsiylik ta'limotiga ko‘ra, oila nikohdan, yoshlarning kelishuvi bilan 
boshlanmaydi. Balki, oila ehtiyojlari uchun nikoh amalga oshiriladi. Konfutsiy urf-
odatlariga ko‘ra, avlodlar o‘z ajdodlari ruhi oldida qilishlari zarur bo‘lgan barcha 
marosimlarni o‘z o‘rnida, muntazam ravishda bajarishlari lozim.
Konfutsiy ta'limoti buning aksini, ya'ni “tiriklar o‘tganlar oldida 
qarzdordirlar”, degan g‘oyani ilgari surdi. Konfutsiy o‘zidan oldin jamiyatda mavjud 
o‘tganlar ruhlari haqidagi aqidalarni tamoman o‘zgartirib yubordi.
Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi o‘tganlarni rozi qilish, ularga xizmat 
qilish ekan, butun oila mana shu asosiy g‘oyaga xizmat qiluvchi bir jihozni tashkil 
qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o‘z ajdodlari oldidagi 
qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom ettirishlari kerak. Konfutsiy 
fikricha, dunyodan befarzand o‘tish va o‘zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu 
insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir. 
Konfutsiylik juda tez muvaffaqiyatga erishmadi. Konfutsiyning o‘zi esa, 
zamondoshlari tomonidan tan olinmay vafot etdi. Keyinchalik uning shogirdlariga 
ham oson bo‘lmadi.
Garchi konfutsiychilar o‘z ta'limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga bog‘liq 
urf-odatlar, marosimlar, axloqiy me'yorlar asosiga qurgan bo‘lsalar-da, ular mazkur 
aqidalar orasida o‘z munosabatlari, qolaversa, har bir masala yuzasidan o‘z 
xulosalarini ham berib bayon qilardilar. Mana shu narsa konfutsiylikning 
muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘ldi. Undan tashqari, uning muvaffaqiyatiga 
sabab bo‘lgan omillardan yana biri – konfutsiychilarning o‘zlari foydalangan 
qadimgi kitoblar, she'rlar, risolalarni yig‘ib o‘quvchilariga o‘rgatganliklaridir. Bu 
ishning asosiy qismi Konfutsiyning o‘zi tomonidan bajarilgan edi. U turli 


podshohliklarda mavjud bo‘lgan 3 mingdan ortiq qadimiy qo‘shiqlar, yozuvlarni 
jamlab, ularni qayta tahrir qilgan. Konfutsiy va uning shogirdlari tomonidan tahrir 
qilingan asarlar keyinchalik konfutsiylikning asosiy manbalariga aylandi.
Mil. av. IV-III asrlarga kelib Konfutsiy ta'limoti o‘z asoschisi davridagidan 
ko‘ra ancha keng tarqaldi va katta ta'sir doirasiga ega bo‘ldi.
Xanь sulolasi davriga kelib, (mil. av. III-II asrlar) Konfutsiylik davlat 
mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Xanь podshohlari Konfutsiy ta'limotini to‘liq qabul 
qilmagan bo‘lsalar-da, uning kuchini, jamiyatda egallab, ulgurgan mavqeini e'tirof 
qilgan holda undan davlat boshqaruvida foydalandilar.
Konfutsiy o‘zi yashab ijod etgan joy Tsuyfuda vafot etgandan keyin uning 
qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va 
yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk narsalari, unga taalluqli ashyolar - 
yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro‘zg‘or anjomlari, aravasi va boshqa narsalar 
keltirib qo‘yildi. Vaqt o‘tishi bilan faylasufning nufuzi oshib, ta'limoti keng 
tarqalgani sari ushbu ibodatxona ham asta-sekin doimiy ziyoratgohga aylanib bordi. 
Tsuyfu yaqinida Konfutsiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq 
barpo bo‘ldi. Lu podshohligi hukmdorining o‘zi Tsuyfuga kelib Konfutsiy 
ibodatxonasida uning xotirasiga qurbonlik qildi. Ibodatxonaning ahamiyati oshgani 
sayin uning yer mulklari ham kengayib bordi. Bu joy oddiy mahalliy ibodatxona 
shaklidan Xanь sulolasi davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas 
ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195 yilda birinchi Xanь podshohi Lyu Ban shaxsan 
o‘zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab "tay-lyao" (Xitoyda eng oliy qurbonlik - 
qo‘y, ho‘kiz va cho‘chqa) uchtalik qurbonligi keltiradi.
Mil.avvalgi 195 yildan boshlab Konfutsiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va 
unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo‘ldi. 
Xan sulolasi davrida Konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. X-XIII asrlarga 
kelib, Sun sulolasi davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni 
berildi. Keyinroq Yuanь va Min sulolalari (XIII-XIV asrlar) davrida unga yana ham 
yuksakroq unvon – "Eng haqiqiy donishmand", "Millatlarning ulug‘ ustozi" 
unvonlariga sazovor bo‘ldi.


Xitoy shaharlarida Konfutsiyga atab 1000 dan ortiq ibodatxonalar qurildi. Ilk 
davrlarda ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfutsiy nomi 
yozilgan lavha osilgan edi. Xitoyga buddaviylikning kirib kelishi oqibatida bu lavha 
o‘rnini Konfutsiyning haykali egalladi. Tsuyfudagi ibodatxonadan boshqa barcha 
ibodatxonalar bir xil shaklga ega edi. Unda Konfutsiy haykali yonida uning 
shogirdlaridan 86 tasining nomi yozilgan lavha yoki haykallari qo‘yilgan. 
Tsuyfudagi ibodatxonada ularning soni ko‘proq.
Har oyda ikki marta 1 va 15 kunlarda Konfutsiy haykali oldida odatiy 
qurbonliklar, yilda ikki marta — bahorda va kuzda alohida tantanali marosimlar 
o‘tkazilar edi. Tantanaga kelgan imperator va ularning mulozimlari donishmand 
timsoli oldida turib unga "Sen buyuksan, ey mutlaq donishmand, sening fazilatlaring 
ko‘p, ta'limoting beqiyos, o‘tganlar orasida senga tengi yo‘q!" kabi maqtovlar va 
olqish so‘zlari bilan murojaat qilishgan.
Konfutsiy nomi o‘rta asrlarda Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning timsoli hattoki 
podshohlar boshidagi tojlardan o‘rin oldi.
Daosizm
- eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan yarim 
falsafiy, yarim diniy, sinkretik ta'limot. Uning tub goyasi moddiy olamdagi buyum 
va hodisalar turli-tumanligining mohiyatini ta'minlovchi, ularning mavjudlik sababi 
va manbaini tashkil etuvchi "dao" to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II 
asriga kelib bu ta'limot asosida diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm 
nominn olgan. Bu din qadimgi dune faylasufi Dao Tszi nomi bilan bog‘liq "Dao de 
tszin" kitobidagi ta'limotga asoslangan. 
Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U 
dunyodagi barcha buyum va hodisalar o‘zgarishda, xarakatda, ba'zi narsalar tiklansa, 
boshkalari so‘nadi, deb g‘oyat to‘g‘ri ta'lim beradi. 
Аmmo kohinlar bu ta'limot asosiga diniy g‘oyalarni qo‘yib, g‘oyat ko‘p ruh 
va xudolarga ibodat qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari "daos" 
nomi bilan yuritilgan. Ular uchun rohiblik, darveshlik qilishdan tashqari, oila qurish 
ham man etilmagan. 


Shu tariqa daosizmda olamni boshqaruvchi uch xudolikdan iborat xudolar 
pantioni - qarorgohi (Shan di, Dao tszi, Pan gu) paydo bo‘lgan. 
Daolik bir jihatdan shamanizm va folbinlik bilan bog‘liq edi, chunki qadimgi 
davolash uslublari falsafa, ayniqsa, dao falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. 
Shamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy 
kuchlar, har xil ruhlar ta'siri bilan bog‘lab, jodugarlik va sehrdan keng 
foydalanganlar.
Dao nazariyasi mil. av. IV-III asrlarga kelib rivojlana boshladi. Ijtimoiy-
siyosiy masalalar va axloq daolik uchun unchalik muhim emas edi. Biroq daolik 
vakillari birinchi bo‘lib borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa 
boshladilar. Xitoydagi faylasuflar akademiyasida daolik nazariyotchilari Tyanь 
Penь, Sun Tszyanь, Inь Venь, Shenь Dao, Xuanь Yuanь va boshqalar to‘plangan 
bo‘lib, u yerda o‘z fikrlarini olg‘a surib, beto‘xtov munozaralar olib bordilar va 
risolalar yozdilar. Ularning yozgan asarlari hozirgi kungacha saqlanmagan bo‘lsa-
da, ularning fikrlari daolikning asosiy manbasi sanaladigan "Dao de tszin" risolasida 
o‘z aksini topgan. Mazkur risola muallifi, an'anaga ko‘ra, Lao-Tszi hisoblanadi.
Lao-Tszi mil.av. III asr o‘rtalarida yashagan deb taxmin qilinadi. Uning 
ta'limotiga ko‘ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi Buyuk Dao hisoblanadi. 
Dao – yo‘l, haqiqat, tartib demakdir. Dao haqidagi ta'limot konfutsiylikda bo‘lgan. 
Chunki dao to‘g‘risidagi fikrlar konfutsiylik va daolik shakllanishidan ancha oldin 
vujudga kelgan, shuning uchun ham har ikki ta'limotda bu narsa o‘z aksini topgan. 
Dao - ijtimoiy me'yorlar, intizom va axloqning yig‘indisidir. Daolik vakillari esa, 
daoga boshqacharoq qaraganlar. Ya'ni, ular uchun dao umumiy tabiat qonuni, 
boshlanish va tugashning asosidir. Dao to‘g‘risidagi fikrlar umumlashtiriladigan 
bo‘lsa, dao - butun borliq demakdir. Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar 
daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech kimga ko‘rinmaydi, sezgi a'zolari 
uni ilg‘ay olmaydi. Nimani ko‘rish, eshitish, sezish, anglash mumkin bo‘lsa, u dao 
emas.
Daolik ta'limotining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador 
tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik


hayot va o‘limning nisbiyligi va shunga bog‘liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga 
erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asri – Xanь davriga kelib, abadiy hayot 
masalasi daolik olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va so‘nggi 
masala u vey printsipidir. Daolik falsafasining mana shu uch ta'limoti Xanь asriga 
kelib daoliknining shakllanishiga asos bo‘ldi. 
Milodiy II asrga kelib daolikda yangi sektalar paydo bo‘ldi. Ulardan biri 
"Taypindao" (buyuk tenglik ta'limoti) bo‘lib, uning asoschisi Chjan Tszue 
hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha kasalliklarni tuzatuvchi hamda 
kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuhrat topdi. Uning atrofiga ko‘plab 
odamlar yig‘ildilar. Chjan Tszue odamlarni 36 jangovor guruhga bo‘lgan. Katta 
guruhlarga "da fan" katta sehrgarlar, kichik guruhlarga "syao fan" kichik sehrgarlar 
boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori boshliq Chjan Tszue (buyuk osmon 
rahnamosi) sanaladi. Uning ikki ukasi buyuk yer rahnamosi va buyuk inson 
rahnamosi deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmning osmon, yer va inson birligi 
ta'limotining ramziy ko‘rinishi edi. "Taypindao" sektasi ta'limoti "Taypintszin" 
kitobiga asoslanadi. 
"Udoumidao" (Besh dou guruch ta'limoti) sektasi ham mavjud bo‘lib, uning 
asoschisi mashhur daochi Chjan Dao Lin bo‘lib, doaolik ibodatxonasining asoschisi 
hisoblanadi. 
Daolik milodiy asrning birinchi ming yilligi davomida buddaviylik va 
Konfutsiylik bilan raqobatlashib keldi. Milodning VI asriga kelib, daolik 
konfutsiylikdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. XIII asrdan boshlab Daolik 
ta'limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi yuksak ta'limotlari turli 
xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib, Xitoyda turli daolik sektalariga qarshi kurash 
boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Dao tarafdorlari juda ozchilikni tashkil 
qildi. Ushbu kichik guruhlar monaxlar, targ‘ibotchilar va bashoratchilarni o‘z ichiga 
olgan. 
Daosizm dastlab mulkdorlar hokimiyatiga qarshi bo‘lib, kambag‘allar 
manfaatini himoya qilgan . Keyinchalik esa u hukmron sinflarning g‘oyaviy quroliga 


aylangan. Man'chjurlar sulolasi Tsin hukmronligi davrida (1644-1911) daosizm 
diniy ta'limoti inqirozga uchragan. Hozirgi vaqtda daosizm diniga e'tiqod qiluvchilar 
juda kamchilikni tashkil etadi. 

Download 1,35 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish